РУ
O’Z
UZS
/
/
“Men musiqa bilan yashayman”. AbroBey bilan katta suhbat
02.01.2025 (yangilandi 02.01.2025)

“Men musiqa bilan yashayman”. AbroBey bilan katta suhbat

“Men musiqa bilan yashayman”. AbroBey bilan katta suhbat

“Qimmat dunyo” qo‘shig‘i bilan tanilgan AbroBey yaqinda “Bolalik” trekini e’lon qildi. Tarona 3 kun ichida YouTube’da 1 million martadan ko‘proq tinglandi. Biz ijrochi bilan katta intervyu tashkil qildik.

Ijodingizda sizni ilhomlantirgan asosiy voqealar yoki shaxslar kimlar bo‘lgan?

Men esimni taniganimdan buyon qo‘shiq aytaman. 4 yil Moskvada ishlaganimda, deyarli qo‘shiq aytmadim, tanaffus qildim. Bir necha marta san’at sohasini tark etish fikri ham kelgan, lekin qo‘limdan kelmadi.

Hayotimdagi men uchun eng qiziq va rohat bag‘ishlaydigan narsa bu albatta kuylashdir. Men musiqa bilan yashayman. Qo‘llab-quvvatlaydigan, doim dalda bo‘ladigan insonlarim talaygina. Men har doim ulardan kuch olaman.

“Qimmat dunyo” yoki boshqa qo‘shiqlaringiz orqali qanday messejni tinglovchilarga yetkazmoqchisiz?

Vaziyat, kayfiyatim va xohishimga qarab, istalgan mavzuda trek yozishni boshlashim mumkin. O‘z dunyoqarashimni qo‘shiqlarda aks ettirishga harakat qilaman.

“Qimmat dunyo” shunday ijod mahsullaridan biri deb ayta olaman. Yetkazmoqchi bo‘lgan messejim yozgan matnimda bo‘ladi. Qo‘shiqlarni tushunib tinglagan muxlislar maqsadimni osonroq anglaydi.

Ijodiy yo‘lingizning boshlanishida eng katta qiyinchilik nima bo‘lgan? Va uni qanday yengdingiz?

Muntazam ijod qilish uchun moliyaviy imkoniyatlar yetarli bo‘lishi kerak. Bu borada ko‘plab qiyinchiliklar bo‘lgan. Ammo har qanday vaziyatda tushunib, qo‘llagan yaqinlarim bor va ularga rahmat deyman.

Kelgusida qanday janrlar yoki mavzularda ishlashni rejalashtiryapsiz?

AbroBey janrini yaratishga harakat qilyapman (deya kuladi artist).

Qo‘shiqlar ijro etishda yoki so‘zlarini yozishda siz uchun eng muhim narsa nima?

Ijro etishda men uchun eng muhimi bu ovozimning texnika xarakteridir.  Miyada o‘ylangan g‘oyani ovozimda ijro qila olish, ovozimni xohlaganimdek boshqara olish eng muhimi. Shunga harakat qilaman, buni professional darajada qilish kerak deb o‘ylayman.

Faqat shundagina qo‘shiq matnidagi gaplar ma’nosi va kayfiyati tinglovchiga 100 foiz, ayni yuragigagacha yetib boradi. She’r yozishimda men uchun eng muhimi bu ma’no-mantiq, qatorlarim tanlagan mavzuimga qarab, bir-biriga bog‘liq bo‘lishi kerakligi va qofiyadir.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.