Oziq-ovqat xarajatlarini kamaytirish va och qolmaslik uchun 5 ta tavsiya
Qizig‘i shundaki, biz kamdan-kam hollarda oziq-ovqat xarajatlarimiz haqida o‘ylab, kiyim-kechak, restorandagi kechki ovqat yoki avtomobil uchun navbatdagi detal sotib olganimiz uchun o‘zimizni ayblaymiz. Ammo oziq-ovqat savatiga diqqat bilan qarasangiz va barcha xaridlaringizni baholasangiz, u yerda organizmingiz uchun qanchalik keraksiz va ochiqdan ochiq zararli narsalar borligini ko‘rib hayron qolasiz.
Qisqacha aytganda, oziq-ovqat xarajatlarini to‘g‘ri optimallashtirishni o‘rgansangiz, nafaqat yaxshi tejashingiz, balki qomatingizni tartibga keltirishingiz ham mumkin. Qandayligini aytib beramiz.
Kamroq to‘lab, organizmga ko‘proq beramiz
Bozor yoki do‘konga borganingizda, salat aralashmalari, zamonaviy avokado va brokkoli xarid qilishga shoshilmang. Asosiy va ochiqchasiga arzon mahsulotlar – borsh uchun karam, sabzi va lavlagiga e’tibor bering.
Ular "chet el" tovarlariga qaraganda ancha arzon, ammo foydaliligi jihatidan organizmga katta foyda keltiradi. Bundan tashqari, ulardan ko‘plab taomlar: pyure, sho‘rva va hatto piroglar tayyorlash mumkin! Agar bu ‘‘to‘plam’’ unchalik ilhomlantirmasa, siz ularni qanday tayyorlashni bilmaysiz. Demak, pazandachilik chellenjini qabul qilish, taomlar retseptlarini izlash va ularning ta’midan hayratlanish vaqti keldi.
Konservalang va tayyorlang
Agar bog‘da rezavorlar mavsumi boshlangan bo‘lsa yoki siz hisob-kitob qilmasdan bozordan ko‘p sabzavot sotib olgan bo‘lsangiz, hosilni konservalashga harakat qiling. Bundan tashqari, shunchaki rezavorlar va meva bo‘laklarini muzlating. Bu oziq-ovqat mahsulotlari sizning pulingizni tejaydi, shuningdek, oilangizning oziq-ovqat ratsionini boyitadi. Tasavvur qiling, kuningizni yaqin oradagi ‘‘Korzinka’’ supermarketidagi ‘‘ximoz’’ murabbosi emas, balki o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlangan murabbo bilan tortilgan issiq quymoqlar bilan boshlash qanday yoqimli.
Och-nahor do‘konga bormaymiz
Psixologlarning ta’kidlashicha, agar siz och qoringa do‘konga borsangiz, keraksiz va yaroqlilik muddati cheklangan bir talay tovarlarga pul sarflashingiz mumkin. Mana nima uchun ‘‘mahsulot xarid qilish’’dan oldin somsa, yong‘oq yoki quritilgan meva ko‘rinishidagi yengil tamaddi sizning xaridlar ro‘yxatiga kiritilmagan narsalarga pul sarflashingiz xavfini kamaytiradi. Shuning uchun shokoladli batonchani qaytib peshtaxtaga qo‘ying, u sizga mutlaqo kerak emas.
Butun mahsulotlar sotib olamiz
Tayyor kotletlar o‘rniga tovuqning ayrim qismlarini yoki bir selofan qiyma emas, balki butun tovuqni sotib olishni odat qilib oling. Shu tariqa, siz turli xil taomlarni tayyorlashingiz yoki kelajak uchun mahsulotlarning bir qismini muzlatib qo‘yishingiz mumkin! Kamroq to‘lang – ko‘proq oling: bunday "mo‘jizalar" yaxlit mahsulotlarning narxi ko‘pincha pastligi va bunday xariddan keladigan foyda bir kishiga to‘g‘ri kelishi tufayli yuzaga keladi.
Bundan tashqari, bu plita ortiga o‘tib, yaqin atrofdagi qahvaxonadagi salatlar yoki ofis oldida pishirishadigan kaboblarni iste’mol qilishni to‘xtatish uchun motivatsiyadir. Shunda hamyoningiz ham, qomatingiz ham sizga rahmat aytadi.
Shunga qaramay, o‘zimizni xursand qilamiz
Tejamkorlik rejimi quvonchli lahzalarni istisno qilmaydi, buni yodda tuting! Belgilangan yo‘ldan chetga chiqib ketmaslik uchun sevimli konfetlar, holva yoki boshqa yoqadigan mahsulotlar bilan o‘zingizni erkalashni unutmang.
Shunchaki byudjetni qisqartiring va asosiy mahsulotlar uchun xarajatlarni shunday belgilangki, faqat shirinlik sotib olish bilan cheklanib qolmang. Buning uchun tasavvur qiling: siz qandolatxonadan shokolad va bulochkalarga (vijdoningiz qiynalmasligi uchun) oyiga necha so‘m sarflashga tayyorsiz, shundan keyin esa ‘‘rag‘batlantiruvchi shirinlik’’ uchun pul jamg‘arib qo‘yadigan alohida quticha ochasiz.