РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Pulni qanday tejab, birinchi million dollarga erishish mumkin? Ilon Mask, Bill Geyts va boshqa boylardan foydali layfhaklar
09.06.2024 (yangilandi 26.11.2024)

Pulni qanday tejab, birinchi million dollarga erishish mumkin? Ilon Mask, Bill Geyts va boshqa boylardan foydali layfhaklar

Pulni qanday tejab, birinchi million dollarga erishish mumkin? Ilon Mask, Bill Geyts va boshqa boylardan foydali layfhaklar

Pul to’plash qobiliyati boy bo’lish shartidan biri hisoblanadi. Boylik esa «Forbes» ro’yxatidan joy olish imkoniyatini beradi. Sizga yordami tegishi mumkin deb, Jahondagi eng boylarning maslahatlarini bir koyga to’pladik.

Jeff Bezos – $205,5 milliard

— Yirik xaridlarni ohiriga qoldiring

vogue.ua

«Amazon» asoschisining fikricha, iqtisod tanazzulga yaqin. Insoniyat har qanday vaziyatga tayyor bo’lishi kerak. Shuning uchun Bezos maishiy texnika, avtomobillar hamda ko’chmas mulk kabi yirik (lekin o’ta zarur hisoblanmaydigan) xaridlarni keyinroqqa qoldirib, kelajakdagi investitsiyalar uchun pul yig’ishni boshlashni tavsiya qiladi. «Iloji boricha ko’proq xavflarni hisobga oling. Eng yaxshisiga umid qilib, eng yomoniga ham tayyor turing», – deb maslahat beradi Bezos kichik biznes egalariga.

Bernard Arno – $212,1 milliard

– Hissiyotlarni o’chirib qo’ying

flickr.com/photos/nicogenin/

Eng zamonaviy va qimmatbaho brendlarni o’z ichiga olgan «LVMH» (Moët Hennessy Louis Vuitton) yetakchi mahsulot kompaniyasining asoschisi Bernar Arno pulni tejash va ongli ravishda yig’ish muvaffaqiyatli biznesning kalitlaridan biri deb hisoblaydi. U pulni «qizib ketmasdan», o’ylab, hissiyotlarsiz boshqarishni maslahat beradi.

Ilon Mask – $194,7 milliard

– «Rohat bermaydigan» narsaga pul sarflamang

Debbie Rowe

«Tesla» asoschisi uchta muhim harajatda – oziq-ovqat, turar-joy va kiyim-kechakda pulni tejashga qodir. Ushbu harajatlar unga zavq keltirmaydi. Shuning uchun kofeni o’zi bilan nonushta qiladi, fastfud yeydi, organizimini tozalash uchun hatto muntazam och yuradi. U hashamatli uydan ko’ra Texasdagi fermada yashashni afzal ko’radi. Brend kiyimlar o’rniga, yoqalari cho’zilgan futbolkalar hamda kiyilgan jinsi-shimlarda yuradi. Biroq krossovkalarning eng trend modellari uchun pulini ayamaydi: chunki aynan ular unga zavq keltiradi.

Mark Sukerberg – $165,8 milliard

– Oddiy mashinalar sotib oling

https://www.flickr.com/people/22882274@N04

«Meta» bosh direktori juda kamtarona va oddiy turmush tarzini xush ko’radi. U narhi 30 ming dollarga teng «Acura» avtomobilini minadi. Ko’zga tashlanishni yoqtirmaydigan Sukerbergga oddiy avtomobil e’tiborni jalb qilmasligi bilan qo’l keladi. Milliarderning rafiqasi Pristilla Chan ham qimmat do’konlarda kiyinmaydi, oddiy amerikalik uy bekasiga o’xshab yurishga harakat qiladi.

Bill Geyts – $129,6 milliard

– Xatolardan dars oling

European Union

«Microsoft» asoschisi Bill Geyts xato qilish odatiy hol deb biladi. U tajribani xatolar shakllantirishiga ishonadi. Uning fikricha moliyaviy muvaffaqiyatdan avval siz ko‘plab omadsizliklarni boshdan kechirishingiz va «tirik qolish uchun» kuchli tejamkorlikda yashab ko‘rishingiz zarur. Bu kelajakdagi pulni qiymatini to‘g‘ri baholashga imkon yaratadi.

«Muvaffaqiyatingizni nishonlash yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish ancha yaxshiroqdir», - deydi Geyts.

Uorren Baffet – $133,7 milliard

– «O‘z» uyingizni toping

USA International Trade Administration

Uy aynan sizning (va boshqa hech kimning) ehtiyojlaringizga mos kelishi kerak. Amerikalik tadbirkor va investor ko‘p yillar davomida Nebraskaning chekkasidagi eski uyda yashab keladi. Uorren beshta yotoqxona hamda tanish manzaraga qaragan kichik ayvoni bor uydan hashamatli uyga ko‘chib o‘tishga yaraydigan sabab ko‘rmagan.

Maykl Blumberg – $106,2 milliard

– Modaning ketidan quvmay, o‘zingizga sodiq bo‘ling

Gage Skidmore

«Bloomberg» axborot korporatsiyasi asoschisi hech qachon modani ortidan quvmagan. Uning bir necha juft qora mokasinasi bor xolos. Tadbirkor nima xohishini aniq biladi va modaga moslashishga harakat qilmaydi. Blumberg unga mos keladigan va yillar davomida sinalgan narsalarni tanlaydi. Kiyilmasdan chang bosib yotadigan poyabzalga pul sarflashning nima keragi bor?

Karlos Slim – $103,3 milliard

– Yoshlikdan tejashni o‘rganing

https://www.flickr.com/photos/culturacdmx/45680472234

Tadbirkor biznesda endi ish boshlaganlar uchun foydali maslahat beradi. «Pulni tejashni qanchalik tez boshlasangiz va daromadingizni nazorat qilishni o’rgansangiz, siz uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi». Ushbu tavsiya – har qanday kasb egasi uchun ham universal maslahat deb aytsa bo‘ladi.

Jim Uolton – $78,5 milliard

– «Eng» so‘zidan voz keching

https://www.flickr.com/photos/walmartcorporate/5793708224/

Eng yaxshi, eng yangi, eng tezkor… «Eng» so‘zi – marketologlarning tuzog‘i. Oddiy turmush tarzini olib boradigan «Wal Mart» tarmog’ining merosxo‘ri shunday deb hisoblaydi. U eski pikap haydaydi va mashinasi yangisidan hech qolishmasligiga ishonadi. Uning firicha mashina haydash kerak, odamlarning e’tiborini jalb qilish emas.

Li Ka-shing – $37,3 milliard

– Kamtarona yashang

https://www.flickr.com/people/21507031@N04

Osiyoning eng boy odami kamtarlik ham pulni tejash kabi insonga ko‘rk berishiga ishonadi. Uning muvaffaqiyati siri aynan kamtarlikda. Agar siz boyishni boshlagan bo‘lsangiz, o‘zingizni hamma narsaga tayyorlashingiz kerak, birinchi navbatda – ortiqcha narsalarsiz yashashni o‘rganishingiz kerak. Shunda har doim pulingiz bo‘ladi.

Jek Ma – $35 milliard

– Mijoz har doim haq ekanligini unutmang

https://www.flickr.com/people/49344088@N04

«Alibaba Group» asoschisi: qaysi sohada ishlashingizdan qat’iy nazar, mijoz birinchi o‘rinda turishi kerakligiga ishonadi. Har doim! Mijozdan keyin xodimlar turushi kerak. Shundan keyingina aktsiyadorlar. Boylik orttirish va tejashni o‘rganish esa ongli turmush kechirish hamda insonparvarlik yordam beradi.