Pulni tejash bo‘yicha 9 ta oddiy usul, ularni negadir ko‘pchilik unutib qo‘yadi
Moliyachi Emili Belle uslubi bo‘yicha moliyaviy komadan qanday chiqish yoki pulni ongli ravishda ishlatishni o‘rganamiz.
Maoshingiz sizni xursand qilmay qo‘ygan, imkoniyatlaringiz kamayib ketyapti, siz esa yangi xonadon-mashina sotib olishni, butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib, aeroportdan avtobusda emas, taksida qaytishni xohlaysiz. Tanish holatmi? Unda moliyachi va “You’re Not Broke You’re Pre-Rich” kitobining muallifi Emili Bellening maslahatiga murojaat qilishni taklif qilamiz. U sizga pulni to‘g‘ri yig‘ish va shu bilan birga hayot zavqlaridan qolib ketmaslikni o‘rgatadi.
https://www.instagram.com/p/Cwx7u9eo4iZ/
1-maslahat: Vaziyatni nazoratga oling
Hamyoningizni boshqarish yo‘lidagi birinchi qadam – bu qancha pulingiz borligini anglashdir. Bank hisobvarag‘ingizni, ish haqi to‘g‘risidagi hisobotni, qishki palto cho‘ntaklari va matras ostidagi jamg‘armangizni tekshiring. Hammasini bir hisob-kitob qiling.
Endi qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlaringizni yozib chiqing. Ularga erishish uchun qancha vaqt ketishini o‘ylab ko‘ring va “kun ko‘rish minimumi”(oziq-ovqat, dori-darmonlar, yo‘lkira va boshqalar)ning real ro‘yxatini tuzing. Xarajatlarni yaxshiroq nazorat qilish uchun esa balansingizni tekshirishni amalga oshiradigan sanalarni tanlang va har oyning shu sanasida umumiy hisob-kitob qiling.
2-maslahat: Ijobiy fikrlang
Ha, pulga ijobiy munosabatda bo‘lish imkoniyati moliyachi amaliyotining asosiy nuqtalaridan biridir. Psixologlarning ta’kidlashicha, pul bilan munosabat tarbiya, ota-onalarning odatlari, shuningdek, fikr va his-tuyg‘ularingiz bilan bog‘liq. Shuning uchun, pul topganda va ko‘p miqdorda pulga egalik qilganda nimalarni his qilishingizni aniqlab olishingiz kerak. Umid qilamizki, ko‘p pul topganda faqat quvonchli tuyg‘ularni his qilasiz.
3-maslahat: kam bo‘lsa-da, tejashni boshlang
Pulni oz-ozdan tejash bo‘yicha maslahatlarga beparvo bo‘lmang. Ish haqingizdan yig‘ishga ajratilgan eng kichik miqdordagi pul ham bora-bora yaxshigina katta kapitalga aylanadi. Shuningdek, kirim va chiqimlarni qayd etish uchun maxsus ilovani yuklab olishingiz ham mumkin. Uning yordamida kirim-chiqimlarni nazorat qilib turish kabi foydali moliyaviy odatni o‘zingizda shakllantirasiz.
4-maslahat: keraksiz xaridlardan cheklaning
Agar siz oylikdan oylikka yashasangiz, sizda Faunning moliyaviy labirintida abadiy qolib ketish xavfi mavjud. Shuning uchun ham pul yig‘ishning asosiy “retsept”laridan biri hozirda bor narsamizni qadrlashdir. Bir kun tamoyili bo‘yicha emas, o‘z imkoniyatingiz doirasida yashang. Qisqa muddatli quvonch keltiradigan keraksiz xarajatlar, ortiqcha shopogolizmdan voz keching.
5-maslahat: Investitsiya qilish haqida o‘ylang
“Qora kun” fondi – har qanday moliyaviy rejaning asosidir. Biz o‘zimizni ishdan bo‘shatish, kutilmagan pandemiya yoki kvartirani suv bosishi kabi favqulodda vaziyatdan saqlay olmaymiz, ammo agar sizda uch (yaxshisi olti oy) oyga yetadigan pul zaxirangiz bo‘lsa, bemalol ichki xotirjam bo‘lasiz va har qanday vaziyatda och qilmasligingizga ishonch hosil qilib yashaysiz.
“Favqulodda vaziyat” jamg‘armasini yetarlicha to‘ldirganingizdan so‘nggina, sarmoya kiritish haqida o‘ylashni boshlang. Iloji boricha uzoq muddatga.
6-maslahat: Qarzlarni to‘laymiz va faqat kerakli joyga xarajat qilamiz
Kreditlaringiz borligidan hech ham uyalmasdan, o‘zingizni ayblamang. Buning o‘rniga o‘tirib, ularni qanday qilib tezroq yopishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, 4-maslahatga qaytib, “tushunarsiz” yoki keraksiz xarajatlarni qisqartirishingiz kerak. Striming xizmatlari, onlayn Xitoy kurslari yoki kunlik munajjimlar bashoratiga obuna kabilarga xarajatlarni ham qisqartiring.
7-maslahat : oddiy narsalarda ham tejang va yetkazib beriladigan ovqatlarga “yo‘q” deng
Arzonroq (lekin zarur) xizmatlarni tanlab ham tejashingiz mumkin. Masalan, narxlari yozilgan do‘konlar boring yoki bozordan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oling. Shu bilan birga, har qanday uy yetkazib beriladigan ovqatlarni unutish kerak. Uyda ovqatlanib qomatingiz sizga rahmat aytadi va bir necha ajoyib retseptlarni o‘rganib olasiz yoki (ehtimol) bir kun kelib Jeymi Oliverga aylanasiz.
8-maslahat : Keraksiz va eski narsalarni soting
Ha, keraksiz narsalarni sotib ham pul yig‘ishni boshlashingiz mumkin. “Garage sale” uyushtiring, Instagram’da narsalarni soting yoki ularni mahalliy onlayn eski-bozorda e’lon bering. Eski jinsi shimlar yoki likopchalar bilan to‘ldirilgan shkaf kuchsizlik va boshqaruvni yo‘qotish (shu jumladan, moliyaviy jihatdan ham) hissini keltirib chiqaradi. Keraksiz narsalarni sotib yig‘ilgan pulga esa foydali va kerakli yangi narsa sotib olish mumkin bo‘ladi.
9-maslahat: hamyonga qarab emas, chin dildan sovg‘a bering
Belle tanishlar va yaqinlaringizga minnatdorlik bildirish, shuningdek, chin dildan yoqimli sovg‘a berish boylik orttirish uchun ideal amaliyot ekaniga ishontiradi. Lekin bu pul yig‘ib, darhol hamma pulni xotiningizga olmos uzukka pul sarflashingiz kerak degani emas. Sovg‘a sifatida ta’sirli gaplar yozilgan tabriknoma, qo‘shni shaharga kichik sayohat, mazali kechki ovqat (axir siz endi deyarli Jeymi Oliversizku) yoki boshqa har qanday e’tibor va mehr singdirilgan amal bo‘lishi mumkin.