РУ
O’Z
UZS
/
/
Qovoqdan tayyorlanadigan krem-sho‘rva va boshqa mazali retseptlar
07.07.2024

Qovoqdan tayyorlanadigan krem-sho‘rva va boshqa mazali retseptlar

Qovoqdan tayyorlanadigan krem-sho‘rva va boshqa mazali retseptlar

Qovoq nafaqat fotogenik, balki juda foydali mahsulot hamdir. Sabzavot tarkibidagi vitaminlar va minerallar immunitetni mustahkamlaydi, asab tizimini “xursand qiladi” va organizmdagi turli yetishmovchiliklarni to‘ldiradi. 

Agar uyda bir nechta qovoq bo‘lsa va ularni qanday ishlatishni bilmasangiz, qovoqli krem-sho‘rva, pirog va hatto quymoqdan iborat menyuni taqdim etamiz.

Nonushta:Qovoqli pankeyklar

Masalliqlar:

  • Qovoq – 200 gr
  • Tuxum – 2 dona
  • Un – 200 gr
  • Sariyog‘ – 40 gr
  • Sut – 200 ml
  • Qabatrma — 1 choy qoshiq
  • Ta’bga ko‘ra shakar va tuz

Tayyorlanishi:

  1. Qovoq tayyor bo‘lgunicha qaynatiladi va blenderda yoki sanchqi yordamida eziladi.
  2. Alohida idishda tuxumni shakar va tuz bilan ko‘pirtiramiz, keyin unga qovoq pyuresi va eritilgan sariyog‘ qo‘shamiz.
  3. Iliq sut quyib, yaxshilab aralashtiramiz. Ustidan elangan un va qabartma solib, yana aralashtiramiz.
  4. Pankeyklarni kichikroq olovda tovada qovuramiz (o‘simlik yog‘i surtish mumkin).
  5. Tabiiy yogurt, smetana va hatto asal bilan ham tortiladi (agar shirinliklarni yoqtirsangiz).

Tushlik: Qovoqdan krem-sho‘rva

Masalliqlar:

  • Qovoq – 800 gr
  • Sabzi – 3 dona
  • Kartoshka – 3 dona
  • Qaymoq 20% – 180 ml
  • Chorak limon sharbati
  • Ta’bga ko‘ra tuz
  • Qora murch

Tayyorlanishi:

  1. Qovoq, kartoshka va sabzini kubik qilib to‘g‘raymiz va pishguncha qaynatishga qo‘yamiz.
  2. Kastrulkadagi sho‘rvani solib, sabzavotlarni blenderda (yoki oddiy blenderda) ezamiz.
  3. Pyurega aylangan massaga iliq haroratdagi qaymoqni qo‘shib, aralashtiramiz. Unga ziravorlar, tuz va limon sharbati ham solib, aralashtiramiz.
  4. Sho‘rvani qovoq urug‘i, ko‘katlar va tvorogli pishloq bilan dasturxonga tortamiz. Bir qoshiq yog‘li smetana ham qo‘shish mumkin.
  5. Yumshoq, qotgan va qovurilgan non bo‘lagi taomni yanada mazaliroq qiladi.

Kechki ovqat: Qovoqli pirog (amerikacha)

Xamir uchun masalliqlar:

  • Un – 200 gr
  • Sariyog‘ – 100 gr
  • Sovuq suv – 6 stakan
  • Bir chimdim tuz
  • Nachinkasi uchun:
  • Qovoq – 500gr
  • Tuxum – 3 dona
  • Shakar – 150 gr
  • Apelsin po‘stlogi (qirg‘ichdan chiqarilgani) – 1 osh qoshiq
  • Qaymoq 20% – 150 ml
  • Maydalangan zanjabil, dolchin, muskat yong‘og‘i – ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Avval oshqovoq pyuresi bilan shug‘ullanamiz. Buning uchun qovoqni bo‘laklarga bo‘lib, patnisga qo‘yamiz va duxovkada 180 darajada taxminan 20 daqiqa pishiramiz.
  2. Pishirilgan qovoqni po‘stlog‘idan ajratamiz, blender bilan ezamiz va xona haroratida sovutishga qo‘yamiz.
  3. Endi hamiriga o‘tamiz. Unga tuz qo‘shib, qirg‘ichdan chiqarilgan sariyog‘ (oldindan muzlatgichdan olinadi)  solamiz va aralashmani qo‘l bilan uvalaymiz.
  4. Sovuq suv solib, cho‘ziluvchan xamir qoramiz va 30 daqiqaga sovutgichga olib qo‘yamiz.
  5. Bu vaqtda nachinkani tayyorlashni boshlaymiz. Buning uchun tuxumni shakar bilan ko‘pirtiramiz, sovutilgan qovoq pyuresi, apelsin po‘stlog‘i, ziravorlar qo‘shib aralashtiramiz. Keyin qaymoq qo‘shamiz.
  6. Xamirni sovutgichdan olib, yupqa qilib yoyamiz. Qolipga sariyog‘ surtib, unga un sepamiz, xamirni qolipga joylaymiz (ortiqcha chetlarini qirqib olamiz). Ustidan nachinkani quyamiz.
  7. Qovoq pirogni duxovkada 200 darajali haroratda 10 daqiqa pishiramiz, so‘ngra 180 darajagacha pasaytirib, yana 35-40 daqiqaga qoldiramiz. Vualya, hammasi tayyor!