РУ
O’Z
UZS
/
/
Qulupnayni taom, murabbo va desertlar bezagi uchun qanday tanlash kerak?
10.07.2024

Qulupnayni taom, murabbo va desertlar bezagi uchun qanday tanlash kerak?

Qulupnayni taom, murabbo va desertlar bezagi uchun qanday tanlash kerak?

Xushbo‘y qulupnay — yozgi mavsumning asosiy debyutanti, chunki aynan u bozorlar va do‘konlarning peshtaxtalariga birinchi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Erta hosilni O‘zbekistonning peshtaxta va polizlarida may oyining oxirlaridayoq ko‘rish mumkin, lekin qulupnayning asosiy bayrami iyun oyiga to‘g‘ri keladi. Bugun uni tanlashni o‘rganamiz.

Yaxshi qulupnay tanlash bo‘yicha 5 ta layfxak

Rang bo‘yicha

Mevaning tashqi ko‘rinishidagi birinchi xususiyati uning rangidir. Sifatli qulupnayda esa u to‘q qizil rangda bo‘ladi. Buning uchun uning bir qismi bo'lgan o‘simlik pigmenti antosianiga rahmat. Qulupnaydagi xira qora yoki to‘q qizil dog‘lar uning ayniy boshlaganini bildirsa, yashil va sariqlari esa uning pishib yetilmaganini ko‘rsatadi. Xira tusdagi qulupnay aynigan, uni tashlab yuboring.

Agar do‘konda qulupnay xarid qilsangiz, ehtiyot bo‘ling — ichkaridan emas, balki tashqarisidan pishib yetilgan yorqin, chiroyli qulupnayni uchratishingiz mumkin. Bunday mevaning ta’mi bo‘lmaydi va suvli bo‘ladi. Undan shirinliklarni bezash uchun foydalanish mumkin, ammo jem va murabboga mos kelmaydi.

Hidi bo‘yicha

Yaxshi qulupnay aqldan ozdiradigan darajada xushbo‘y. Agar rezavorlar deyarli hidga ega bo‘lmasa, o‘ylab ko‘rish kerak. Ehtimol, u “kimyoviy moddalar” bilan to‘ldirilgan va shirinligi bilan ajralib turmaydi. Aytgancha, tabiiy mahsulot ham hidsiz bo‘lishi mumkin, ammo bu uning mutlaqo ta’msiz ekanini anglatadi.

Hajmi va tuzilishi bo‘yicha

Bir xil, yirik, chiroyli va yuzasi tekis qulupnaylar tabiiy emas va kimyoviy o'g'itlar bilan yetishtiriladi. Yaxshi qulupnay esa tuzilishi jihatdan bir xil bo‘lmaydi. Agar xarid qilayotgan qulupnayingiz turli o‘lchamlarda bo‘lsa, bu uni savdogarga qaytarib yuborish uchun sabab bo‘la olmaydi.

Aytgancha, kichik va o‘rtacha kattalikdagi mevalar eng xushbo‘y bo‘lib, konfetlar, murabbolar va boshqa ishtahani ochadigan shirinliklar tayyorlash uchun juda mos keladi.

Dumlari va barglari bo‘yicha

Qulupnay barglari va dumlari uning yangiligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Mevalar sifatli va yangi bo‘lsa — barglari egiluvchan va yorqin yashil rangda bo‘ladi.

Barglardagi oq chiziqlar ularni yetishtirish paytida paydo bo‘ladi — bu rezavorlar zararli kimyoviy moddalar bilan “sug‘orilgani” va uni xarid qilishning hojati yo‘qligini anglatadi.

Ustidagi doni bo‘yicha

Tabiiy qulupnayning o‘ziga xos xususiyati uning yuzasida ko‘plab sariq donlar mavjudligidir. Bu uning shirin va sersuv ekanligini anglatadi. Aytgancha, urug‘lar ham yomon emas va sog‘liq uchun juda foydali. Agar qulupnay yuzasidan ular kam bo‘lsa yoki rangi "porlamasa", meva muzlatilgan va muzxonadan olingan bo‘ladi. Ko‘pincha bu xorijdan keladigan qulupnaylarda kuzatiladi va mazali bo‘lmasligi mumkin.

Agar tanlovingizga asosan allaqachon qulupnay sotib olgan bo‘lsangiz, unda uy sharoitida saqlash qoidalarini bilishni xohlaysiz. Bordi-yu, hammasini birdaniga yeb qo‘ymagan bo‘lsangiz. Aytgancha, yangi rezavorlar uzoq saqlanmaydi — ko‘pi bilan 3 kun.

  1. Rezavorlarni yaxshisi sovutgichda — yog‘och yoki plastik idishda saqlash kerak;
  2. Qulupnayni sovuq joyga olishdan oldin uni yaxshilab saralash kerak. Bitta chirigan meva butun “poda”ni buzishi mumkin;
  3. Rezavorlarni porsiyalab, 200-300 grammdan saqlagan ma’qul. Agar ko‘proq sotib olgan bo‘lsangiz, yaxshisi, har xil idishlarga joylashtirish kerak;
  1. Qulupnayni faqat ishlatish yoki iste’mol qilishdan oldin yuvish mumkin, aks holda bir necha soat ichida buziladi;
  2. Agar rezavorlarning yaroqlilik muddatini uzaytirmoqchi bo‘lsangiz, qulupnayni paketlarga joylab (200-300 grammdan) muzlatgichga olib qo‘ying. Bunday rezavorlarni qishda bo‘tqa, pirog, smuzi va ko‘nglingiz tusagan boshqa narsalarga qo‘shish orqali iste’mol qilish yoqimli bo‘ladi.