РУ
O’Z
UZS
/
/
Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi
29.01.2025

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

“Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yoʻlga quyish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi tashkil qilinadi.

Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, toʻplash va saqlash;
  • madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish;
  • yoshlarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida kulolchilik hunariga oʻrgatish;
  • kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;
  • ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
  • chet el muzeylari bilan koʻrgazmalar tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish.

Muzeyni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilandi.

2025-yil 1-aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga toʻliq moslashtiriladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.