Warner Bros. “Skubi-Du” huquqlari uchun SIga qarshi sudlashmoqda


Warner Bros. “Skubi-Du” va “Betmen” qahramonlaridan foydalangani uchun Midjourney sun’iy intellekt ishlab chiquvchilarini sudga berdi. Ma’lum bo‘lishicha, neyrotarmoq ular asosida faol ravishda tasvirlar yaratib, foydalanuvchilarga taklif qilgan.
Kompaniya vakillari fikricha, ushbu kontentdan foydalanish intellektual mulk huquqlarini buzadi. Hozirgi paytda prodyuserlar Midjorney kompaniyasidan har bir ishlatilgan asar uchun taxminan 150 ming dollar talab qilmoqda.
Da’vo arizasida jami 199 ta rasm tilga olingan bo‘lib, ular uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori 30 million dollardan oshadi.
Bu Midjorneyga qarshi birinchi da’vo emas — ilgari xuddi shu sabablarga ko‘ra Disney va Universal ham sun’iy intellektga qarshi sudga murojaat qilgan edi.