Sevinchka: bloger, yosh ona. Instagram yulduzi haqida barcha ma’lumotlar va mojaro tafsilotlari
Sevinch Sadullayeva yoki Sevinchka — o‘zbekistonlik bloger. Yoshligiga qaramay, qiz ko‘p narsalarga erishdi, afsuski, ular orasida salbiylari ham bor. U Instagram orqali mashhur bo‘lib, ona bo‘ldi va qonun bilan muammolarga duch keldi. Quyida Sevinchning murakkab biografiyasi bilan tanishing.
Sevinch Sadullayeva: biografiyasi
Tug‘ilgan sanasi: 2001-yil 20-noyabr
Burji: Chayon
Tug‘ilgan joyi: Yangiyo‘l
Sevinch O‘zbekistonda tug‘ilgan, ammo oilasi bilan Turkiyaga ko‘chib o‘tgan. U yerda arab maktabining 7-sinfini tamomlagan. Keyin oilasi yana vataniga qaytishga qaror qildi va Sevinchni 62-maktabga o‘qishga qabul qilishdi.
Bolaligidan Sadullayeva qaysarligi bilan ajralib turardi: maktabda qo‘lidan kelgancha o‘qirdi, darslarni qoldirar va direktor oldida bobosi advokatligi, unga ozor bergan kattalardan himoya qilishi mumkinligini aytib, turli hikoyalar o‘ylab topardi.
Shu kabi holatlardan kelib chiqib, atrofidagilar uni oddiy qiz emasligi va kelajakda turli qiyinchiliklarga duch kelishini aytgan edi. Shunday ham bo‘ldi.
Sevinch Sadullayeva: shaxsiy hayoti
To‘y va homiladorlik
O‘zbek ommaviy axborot vositalari manbalariga ko‘ra, Sadullayeva sirli bir erkakka turmushga chiqqan, ammo uning shaxsi haligacha oshkor qilinmagan. Ushbu nikoh uzoq davom etmagan.
Shunga qaramay, blogger bir qiz farzand ko‘rishga ulgurgan. Sadia ismli qizaloq 2020-yilda tug‘ilgan. Qizaloqning otasi oilani mojaroli tark etgan va o‘shandan beri juftlik aloqada emas. Hozirda Sevinch qizini yolg‘iz tarbiyalaydi. Instagram yulduzi onalik mas’uliyati unga juda og‘ir tushayotgani, ota-onasi yordam bermaganida taslim bo‘lishini tan olgan.
Sevinch va Instagram
Sadullayeva Instagram’da 2021-yilda mashhur bo‘la boshlagan. O‘sha paytda u o‘zini turmush tarzi (layfstayl) blogeri sifatida ko‘rsatib, dunyo bo‘ylab sayohatlari haqida postlar qo‘ygan.
Bugungi kunda esa Sevinch model, vayner va videoroliklar muallifi sifatida tanilgan. Videoroliklarning bosh qahramonlari u va uning yigit do‘sti Asad bo‘lib, u ham bloger sifatida mashhur. Tomoshabinlar ikki guruhga bo‘lingan: ba’zilari juftlikni sevib kuzatsa, boshqalari ularning kontentini tanqid qilib, axloqqa zid deb biladi.
Lekin uning ijodiga befarq qolganlar yo‘q – Sadullayevaning Instagram sahifasida 500 mingdan ortiq, Telegram kanalida esa qariyb 10 ming obunachisi borligi bejizga emas. Bu raqamlar esa kun sayin oshsa oshmoqdaki, hech kamaygani yo‘q!
Sevinch Sadullayeva: qamoqqa olinishi
2022-yilda Sevinch katta mojaroning sababchisiga aylandi. Sabab — uning “vulgar” (ochiq-sochiq) videoroliklari bo‘ldi, bunday holat davlat idoralarining aralashuviga sabab bo‘ldi.
Bir videoda Sadullayeva shahar bo‘ylab ochiq kiyingan va oyoqlarini ko‘p qismini ko‘rsatgan holda aylanib yuradi, boshqa videoda esa yigitiga boshini jemper ichiga tiqishga ruxsat beradi. Ushbu kontentga qarshi bo‘lgan ota-onalar ko‘plab shikoyatlar yozishgan va yosh yulduzni jazolashni talab qilishgan.
Toshkent shahar sudi majlisida ushbu videolar mamlakat axloqiy qadriyatlariga zid deb topildi. Sadullayeva jamoat tartibini buzganlikda aybdor deb topilib, 183-modda asosida 5 sutka ma’muriy hibs jazosi tayinlandi.
Ammo Sevinch sud hukmidan norozi bo‘lib, apellyatsiyaga berdi. Bu safar o‘z uslubidan voz kechib, kechirim so‘radi va jazoni yengillashtirishni so‘radi. Sud blogerning arizasini ko‘rib chiqib, jazoni 5 kundan 4 kunga qisqartirdi. Shuningdek, unga psixologik terapiya, malaka oshirish kurslari va haqiqiy ish topish topshirildi.
Sevinch va Oydinaxon Qodiraliyeva bilan mojarosi
2023-yil sentabr oyida Sadullayeva yana yangiliklar sarlavhasi markazida bo‘ldi. Bu safar u boshqa bir bloger bilan kelishmagani sababli “duel” belgiladi. Sadullayeva va Qodiraliyeva Namanganda uchrashib, o‘zaro kelishmovchiliklarni hal qilishga harakat qilishdi.
Oqibatda internetda Sevinchning “kasbdoshi”ga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Bloger buni yolg‘iz emas, balki “qo‘llab-quvvatlovchi guruhi” bilan amalga oshirgan. Keyin esa, go‘yoki eng mashhur jangari filmlar qahramonlaridek, politsiyadan avtomobil yordamida yashirinmoqchi bo‘lgan.
Keyinchalik jabrlanuvchi Qodiraliyeva Sevinch bir necha marta kelib, unga jismoniy zarar yetkazganini aytib berdi. Birinchi safar bloger huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga qo‘rqdi, lekin ikkinchi safar jasorat topdi. Chunki bu voqeada uning onasi ham jarohat olgan edi.
“Sevinch kelganida, onam meni himoya qilishga harakat qildi. U bachadon miomasini olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan keyin edi, ammo sodir bo‘lgan hodisa tufayli uning choklari ochilib ketdi”, – deb shikoyat qildi jabrlanuvchi.
Sevinch Sadullayeva ustidan tergov boshlandi. U bir necha dugonalari bilan birga tergov izolyatoriga joylashtirildi.