Yandeks Brauzerʼda matn bilan ishlash uchun SI-muharrir paydo boʻldi
Yandeks Brauzerʼda YandexGPT neyron tarmogʻiga asoslangan muharrir paydo boʻldi. U matn bilan bogʻliq turli masalalarni yechishga yordam beradi. Shuningdek, ishlab chiquvchilar aqlli tarjimani takomillashtirdi va qisqacha hikoya qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.
“Neyroredaktor” orqali yangi matnlar yaratish, mavjudlarini tahrirlash, shuningdek, ularning uslubini oʻzgartirish mumkin.
Vosita yordamida, masalan, taqdimot rejasini tayyorlash yoki quruq xabarni ijtimoiy tarmoqlar uchun oson materialga aylantirish imkoniyati mavjud. Matn bilan ishlash uchun “Rasmiyroq” yoki “Oddiy soʻzlar” kabi tayyor buyruqlar mavjud, lekin uni mustaqil ravishda chatga soʻrov yuborish orqali oʻzgartirish ham mumkin.
Muharrir rus va ingliz tillarini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, matnlar bilan ishlash tarixi va ishni smartfonda boshlash va kompyuterda davom ettirish imkoniyati mavjud. Funksiyadan foydalanish uchun istalgan sayt yonidagi “Tahrirlash” tugmasini bosish kifoya.
Muharrirdan tashqari, brauzerda yangilangan tarjimonning beta versiyasiga kirish imkoniyati paydo boʻldi. U matn mavzusini farqlashni va tegishli leksikadan foydalanishni oʻrgandi. Unga ixtiyoriy matnlar, rasmlar yoki saytlarga havolalarni yuklash mumkin. Tarjimon 100 dan ortiq tillar bilan ishlay oladi.
Shuningdek, Yandex Brauzer endi har qanday uzunlikdagi matnni, hatto katta hajmli romangacha aytib berishi mumkin. Qisqacha hikoya qilish va batafsil rejim mavjud. Asbob hosil boʻlgan hikoyani sarlavhalar bilan mazmuniy boblarga ajratishni biladi. Bu funksiya matn va video uchun, kompyuterlarda esa PDF, DOCX va TXT formatidagi fayllar uchun ham mavjud.