22.11.2024
Toshkentda IX Yevropa filmlari festivali boʻlib oʻtadi
Muallif
Shohzamon Shuhratov
29-noyabrdan 1-dekabrga qadar Milliy kino sanʼati saroyida IX Yevropa filmlari festivali boʻlib oʻtadi.
Tomoshabinlar Ukraina, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya, Sloveniya, Bolgariya, Latviya, Iroq, Finlyandiya, Estoniya, Islandiya, Lyuksemburg, Belgiya, Polsha va Italiya filmlarini koʻrishi mumkin.
Festival Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bagʻishlangan boʻlib, madaniy almashinuv va doʻstlik ramzi hisoblanadi.
Festival dasturida:
29-noyabr:
- 11:00 — “Mermaids Donʼt Cry” (Avstriya): oʻz-oʻzini izlash haqida zamonaviy ertak;
- 14:00 — “Imadʼs childhood” (Shvetsiya, Iroq, Latviya): urushdan aziyat chekkan bola haqida hujjatli hikoya;
- 19:00 — “The naked truth about band „Zhiguli“” (Bolgariya): muvaffaqiyat uchun ikkinchi urinish haqidagi taʼsirli komediya.
30-noyabr:
- 11:00 — “Luxembourg, Luxembourg” (Ukraina): ikki aka-uka haqida taʼsirli hikoya;
- 14:00 — “Lola” (Irlandiya): kelajakda boʻladigan radioeshittirishlarni tutib qolish qurilmasini ixtiro qilgan opa-singillar haqida hujjatli film;
- 19:00 — “The Man Without Guilt” (Sloveniya): kechirim va qutqarish haqida drama.
1-dekabr:
- 11:00 — “Any Day Now” (Finlyandiya): qolish huquqi uchun kurashayotgan qochqin oilaning hikoyasi;
- 14:00 — “Trained To See: Three Women and The War” (Germaniya): Ikkinchi jahon urushidagi urush muxbirlari haqida hujjatli film;
- 19:00 — “Niyebezpiyeczni dzentelmeni” (Xavfli janoblar) (Polsha): jinoyat haqida kulgili hikoya.
Filmlar asl tilida subtitrlar bilan namoyish etiladi. Kirish bepul.