Shahzoda kenja o‘g‘lining tug‘ilgan kuni munosabati bilan suratlarini e’lon qildi


Mashhur xonanda Shahzoda kenja o‘g‘li Xolidning tug‘ilgan kuni munosabati bilan suratlarini e’lon qildi. Bu tasvirlarni u o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.
“Qarab turib, shunchalik tez ulg‘ayayotganingga ishonolmayapman. Qiyofangda yetuklik, qandaydir yangi anglash, teranlik paydo bo‘lmoqda. Ammo shu bilan birga, ko‘zlaringda men hayotingning ilk kunidan ko‘rib kelayotgan o‘sha iliq, mehribon, samimiy yurak hamon mavjud.
Har bir nigohingda, so‘zlaringda va xatti-harakatingda ruhing namoyon bo‘ladi. Va men har safar senda shunday genlar borligidan, senda olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi fazilatlar mujassam bo‘lganidan quvonaman”, — deya post ostiga izoh qoldirdi xonanda.
Ta’kidlash joizki, 2013-yilning oktyabr oyida tug‘ilgan Xolid 12 yoshga to‘ldi. Bola Shahzodaning prodyuser Ravshan Yo‘ldoshev bilan turmushidan tug‘ilgan o‘g‘lidir. Xonandaning birinchi turmushidan katta o‘g‘li Solih ham bor.