РУ
O’Z
UZS
/
/
Soyaning foydasi va u rostdan ham go‘sht o‘rnini bosa oladimi?
09.07.2024

Soyaning foydasi va u rostdan ham go‘sht o‘rnini bosa oladimi?

Soyaning foydasi va u rostdan ham go‘sht o‘rnini bosa oladimi?

Soya eng mashhur o‘simlik mahsulotlaridan biri bo‘lib, uni vegetarianlar va ko‘plab to‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari targ‘ib qiladi. Shunga qaramay, u bahsga sabab bo‘luvchi mahsulotdir. Kimdir soya sog‘liq uchun foydali ekaniga ishonsa, boshqalar aksincha fikrlaydi. Soyaning foydasi haqidagi eng keng tarqalgan savollarga javob beramiz va afsonalarga chek qo‘yamiz.

 

Soya organizmga qanday foyda keltiradi va uning tarkibi qanday?

Soya foydali vitaminlar, aminokislotalar, makro va mikroelementlar xazinasidir. Masalan, u moddalar almashinuvini tiklaydigan, glyukozaning uglevodlardan emas, balki tabiiy yo‘l bilan ishlab chiqarilishiga yordam beradigan, shuningdek, teri, tirnoq va sochlar salomatligi uchun zarur bo‘lgan kollagenni sintez qiladigan noyob vitamin B7 ning kunlik me’yorini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, soya tarkibida kam uchraydigan germaniy va brom ham mavjud bo‘lib, ular immunitet tizimi zaiflashgan odamlarga ayniqsa jarrohlik aralashuvi, uzoq davom etadigan yuqumli kasalliklar, shuningdek, asab tizimi bilan bog‘liq muammolarga (faollikning pasayishi, tashvish, uyqusizlik) duch kelaganlar uchun zarur elementlardir.

Soyaga tarkibida boshqa vitaminlar ham mavjud: u E, R, K va boshqa ko‘pgina vitaminlarga boy. BUndan tashqari fosfor, magniy, kalsiy, rux va Omega-3ga ega. Eng muhimi esa oqsilning oshirilgan dozasi — 100 gramm mahsulotda 36 gramm! Shuning uchun ham soya go‘shti hayvon go‘shtiga muqobil deb ataladi.

Biroq, soya iste’molini haddan tashqari oshirmaslik kerak. Agar kamroq aktiv bo‘lsangiz,  harakatsiz turmush tarzini olib borsangiz va kamdan-kam sport bilan shug'ullansangiz, kuniga 70 grammdan ortiq oqsil tanangizga og‘irlik qiladi.

Soya go‘sht o‘rnini egallay oladimi?

Mutlaqo unday emas. Gap shundaki, go‘sht mahsulotlarida turli xil aminokislotalar mavjud, shuning uchun siz kerakli miqdorda temir yoki foydali yog‘larni ololmaysiz. 

Soya tovuq go‘shtiga qaraganda bir necha baravar ko'proq proteinni o‘z ichiga oladi va xolesteringa ega bo‘lmasa-da, biz soyani asta-sekin ratsionga kiritishni, uni tuxum va sut mahsulotlari bilan aralashtirishni maslahat beramiz, bu organizmga yetishmayotgan yog‘lar va uglevodlarni ta’minlaydi. Muvozanatli ovqatlanish — sizning salomatligingiz garovi va faqat u bilan siz soyaning foydasini his qilishingiz mumkin.

Soya parhez uchun yaxshimi va o‘simlikka asoslangan menyuda vazn yo‘qotish mumkinmi?

Ba’zi dietologlar soyani ozish rejasiga kiritadi, chunki u ochlikni yaxshi yengadi va ishtahani so‘ndiradi. Shu bilan birga, soyaning kaloriyasi 100 gramm uchun 381 kkalni tashkil etishi, bu parhezchilar uchun kam miqdor emasligini unutmaslik kerak. Ammo ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, oziq-ovqat mahsulotlariga katta umid berib, ulardan birortasi (xoh bodiring bo‘lsin, xoh soya) “ozaytirish”ga hissa qo‘shadi deb o‘ylamaslik kerak.

Agar to‘g‘ri ovqatlanishga kirishsangiz va oddiy mahsulotlarni soya suti yoki tofu bilan almashtirishga qaror qilsangiz — hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Agar mahsulotlar iste‘molida miqdorni bilmasangiz, hatto ortiqcha vazn ham orttirishingiz mumkin.

Bir kunda qancha soya iste’mol qilish mumkin?

Soya mahsulotlarini o‘rtacha iste’mol qilish — kuniga ikki yoki uch porsiya (70 gramdan) go‘shtdan voz kechgan va to‘liq soya iste’moliga o‘tgan odamlar uchun mutlaqo normal miqdor.

Agar hayvon oqsilining miqdorini kamaytirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, unda bitta mol go‘shtidan tayyorlangan kotletni soya kotletiga (kuniga taxminan 70-80 gram) almashtirish kifoya.

Soya allergiya qo‘zg‘atadimi?

Soya yosh bolalarda allergiya keltirib chiqarishi mumkin, ammo kattalar uchun bu kamdan-kam uchraydigan holat. Dukkaklilarni ko‘tara olmaslikdan aziyat chekadigan odamlar bundan mustasno bo‘lishi mumkin.

Soyani ortiqcha yesa nima bo‘ladi?

Soyaning bitta "ortiqcha dozasi" organizmga jiddiy zarar yetkazishi dargumon. Ammo siz har kuni ko‘p miqdorda soya va soya mahsulotlarini iste’mol qilishni boshlasangiz, bu libido pasayishiga olib kelishi va siydik tosh kasalligi rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Soya ayollar uchun foydalimi?

Ha. Soya tarkibida estrogen gormoniga o‘xshash fitoestrogenlar mavjud. Ayollar organizmi uchun ham u juda muhim: aynan shu gormon hayz paytidagi og‘riqlarni kamaytiradi, shuningdek terini elastik va yaltiroq qiladi.