РУ
O’Z
UZS
/
/
Suvga tushib ketgan telefonni qanday qutqarish mumkin: mutaxassislardan layfhak
29.07.2024

Suvga tushib ketgan telefonni qanday qutqarish mumkin: mutaxassislardan layfhak

Suvga tushib ketgan telefonni qanday qutqarish mumkin: mutaxassislardan layfhak

Suvga tushgan smartfon uning egasi uchun jiddiy bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin. Telefonni qutqarish bo‘yicha turli usul va maslahatlar mavjud. Toping elektronika ta’mirlash ustasi Ahror Xalilov bilan suhbatlashib, telefon suv yoki boshqa suyuqliklarga tushib ketsa, qanday chora ko‘rish bo‘yicha yo‘riqnoma tuzdi.

Tezkor reaksiya

Smartfon suvga tushganda eng muhimi — tez harakat qilish. Uni suvdan qanchalik tez chiqarib olsangiz va qutqaruv operatsiyasiga kirishsangiz, qurilmani qutqarish imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi.

Qurilmangizni o‘chiring

Dastlabki qiladigan vazifangiz smartfoningizni o‘chiring. Bu qisqa tutashuvlarda va elektron qismlarga zarar yetishining oldini olishda yordam beradi.

SIM karta va xotira kartasini chiqarib oling

Smartfoningizni suvdan olib tashlaganingizdan so‘ng, zarar yetmaslik uchun SIM karta va xotira kartasini chiqarib oling.

Telefonni tashqaridan quriting

Smartfonni quruq mato yoki yumshoq salfetka bilan yaxshilab arting. Tirqish va teshiklarda namlik qolmaganiga ishonch hosil qiling.

“Suvga tushgandan so‘ng darhol smartfonni chiqarib olish va o‘chirish muhimdir. Qurilma batamom qurimaguncha uni ishga tushirishga shoshilmang. Quritish jarayonini tezlashtirish uchun silikagel yoki guruchdan foydalangan ma’qul. Shuningdek, fendan ham foydalanish mumkin. Lekin qurilmani ortiqcha qizdirib yubormaslik lozim”, — deydi vazir.

Silikagel yoki guruchdan foydalaning

Smartfonni bir-ikki kun davomida silikagel solingan qopchaga yoki guruch qopiga joylashtiring. Ushbu materiallar namlikni shimib olishga va qurilmani quritishga yordam beradi.

Не кладите телефон в рис, это может навредить устройству, - Apple. Читайте  на UKR.NET

“Smartfonim vannaxonaga tushib ketganidan keyin guruchli usuldan foydalandim. Bir necha kundan so‘ng qurilma ishga tushdi, garchi ekran biroz qoraygan bo‘lsa ham. Lekin eng yaxshisi, suvga tushishga yo‘l qo‘ymaslik lozim”, — deydi Ahror Xalilov.

Yoqishga urinib ko‘ring

Bir necha kundan so‘ng, smartfonni qopchadan olib, uni yoqishga harakat qiling. Agar qurilma yoqilsa va normal ishlasa, ovoz, kamera va sensorli ekran kabi barcha funksiyalarni tekshiring.

“Agar smartfoningiz yoqilmasa, uni servis markaziga olib borishingiz kerak. Agar jiddiy zarar bo‘lsa, ustalar uni tezroq va yaxshiroq tuzatadi. Biroq shunday holatlar bo‘ladiki, muhim detal yonib ketsa, qurilmani qutqarib bo‘lmaydi. Ko‘pincha suvga tushib ketgan telefonlarni bir necha kundan keyin olib kelishadi. Vaziyatga imkon qadar tezroq reaksiya qilish muhim”, — tasviya qildi suhbatdosh.

Suvga tushib ketgan smartfonni saqlab qolish uchun tezkor reaksiya va quritish jarayoniga to‘g‘ri yondashish kerak. Yuqoridagi amallarni bajarish va ekspert tavsiyalariga rioya qilish orqali siz qurilmani va uning keyingi ishlashini saqlab qolish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishingiz mumkin.