РУ
O’Z
UZS
/
/
Tomoshabinlar erkatoyi: qanday qilib Kianu Rivz shaxsiy hayotidagi fojiadan song jangari filmlar super yulduziga aylandi
21.01.2025 (yangilandi 21.01.2025)

Tomoshabinlar erkatoyi: qanday qilib Kianu Rivz shaxsiy hayotidagi fojiadan song jangari filmlar super yulduziga aylandi

Tomoshabinlar erkatoyi: qanday qilib Kianu Rivz shaxsiy hayotidagi fojiadan song jangari filmlar super yulduziga aylandi

Kianu Rivz ko‘pincha Gollivud aktyoriga xos bo‘lmagan vaziyatlarda paparatsilar obyektiviga tushib qoladi. Masalan, u Porsche tomiga Yangi yil archasini bog‘lashi, mototsiklda qo‘riqchisiz aylanishi yoki shunchaki ko‘chalarda sayr qilishi mumkin. Ko‘rinishidan, bularning barchasi “oddiy yigit” imijini ommaga yoqish maqsadida saqlab qolish maqsadida emas. “Matritsa” va “Jon Uik” filmlari yulduzi Gollivudning eng ko‘p maosh oladigan aktyorlaridan bo‘lishiga qaramay, juda ham kamtarin insonligicha qolgan. Toping.uz Kianu Rivzning qiyin bolalik, oilaviy fojia, ajoyib muvaffaqiyatlar jam bo‘lgan qiziqarli karyerasini o‘rgandi.

O‘gay otasi sabab kinoga kelib qolgan

Kianuga o‘zining o‘zgacha tashqi ko‘rinishi ajdodlaridan meros. Uning onasi ingliz, otasining kelib chiqishi  esa irland, portugal, britaniyalik va xitoyliklarga borib taqaladi. Aktyor Livanda tug‘ilgan va oila dastlab u yerda yashagan. Bolaligi oson kechmagan: otasi giyohvand moddalar uchun sudlangan, u Kianu bolaligida oilasini tashlab ketgan. Bolakay onasi bilan tez-tez ko‘chib yurgan: ular Avstraliya va AQShda yashashga muvaffaq bo‘lishadi, shundan so‘ng Kanadada o‘rnashib qolishadi. Oila bo‘lajak aktyorning onasi rejissyor Pol Aaronga turmushga chiqqanidan keyin Torontoga ko‘chib o‘tadi. Mana shu vaziyat tufayli Kianu kino dunyosiga tushib qoladi.

Yigitcha Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi, u yerda Gollivud prodyuseri Ervin Stoff uning karyerasi bilan shug‘ullishni boshlaydi - u keyinchalik Uill Smit bilan “Matritsa” va “Men afsonaman” filmlariga qo‘l uradi. Bir qancha kichik rollaridan so‘ng, Kianu “To‘lqin o‘rkachida” jangari filmida rol o‘ynash uchun tasdiqlanadi. Filmning keyinchalik tomoshabinlar orasida dong‘i ketadi va sevimli kinoga aylanadi, ammo suratga olish paytida uning muvaffaqiyati aniq emas edi. Bir nechta aktyorlar filmda ishtirok etishdan bosh tortishgan, Kianuni esa ko‘p pul talab qilmagani va har qanday yirik filmda tushishga tayyor bo‘lgani uchun ham olishgan edi.

“To‘lqin o‘rkachida”

Kianu mazkur jangarida bankni to‘nagan o‘g‘rilar to‘dasiga kiritilgan maxfiy agent rolini oy‘naydi. Bo‘sh vaqtlarida bosqinchilar mutlaqo beozordek ko‘rinishadi - ular kecha-yu kunduz taxtalarda serfing qilishadi va ziyofatlar uyushtirishadi. Ammo bosqinchilik qilishga to‘g‘ri kelganda, jinoyatchilar professional tarzda harakatlanadi va ularni hatto FQB ham topa olmaydi. Rivz qahramoni to‘daga suqilib kirgancha bosqinchilarning o‘z tamoyillari va hatto falsafasi borligini tushunib yetadi. Jinoyatchilar rahnamosi bilan do‘stlashgandan so‘ng, agent ikki o‘t orasida qoladi.

Filmdan yaxshi pul tushdi: 24 million dollarlik mablag‘ bilan u taxminan 83 million dollar topishga muvaffaq bo‘lindi. Filmning davomi haqida mish-mishlar bo‘lgan, lekin shunga qaramay, ko‘rsatkichlar darhol davomini ishlab chiqish uchun unchalik ham taassurot qoldiradigan emas edi. Faqat 2015-yilda xuddi shu nomdagi juda erkin remeyk paydo bo‘ldi, ammo u prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Katta muvaffaqiyatlar

“To‘lqin o‘rkachida” filmi Kianuni yangi darajaga olib chiqdi - bu o‘sha paytda mashhur yulduz bo‘lgan Patrik Sueyzi ham suratga tushgan va Rivz bosh rolni o‘ynagan katta film edi. Aktyorning navbatdagi yirik filmi Frensis Ford Koppolaning “Drakula” asari bo‘ldi. Drama Geri Oldmen, Vaynona Rayder, Entoni Xopkins, Monika Belluchchi kabi eng kuchli aktyorlar tarkibi bilan o‘ziga tortadi - Rivz bunday jamoa, yana boobro‘ rejissyor davrasida bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida rollarining qarama-qarshiligi paydo bo‘ldi - Kianu nafaqat dinamik jangari filmda, balki mistik dramada ham rol ijro etishini namoyish qildi. Butun faoliyati davomida aktyor asosan ekshenlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, turli janrlardagi filmlarni muvaffaqiyatli ijro etib kelmoqda.

“Drakula”

Masalan, “Garov” (1994) jangari filmi katta xitga aylandi. Syujet juda oddiy: agar minalashtirilgan avtobus sekinlashsa, portlaydi - Kianu Rivz qahramoni garovga olinganlarni qutqarishi va bularning barchasini uyushtirgan terrorchini to‘xtatishi kerak. Film unga sarflangan mablag‘dan taxminan o‘n baravar ko‘p pul - 30 million byudjet bilan 350 million to‘pladi.

Biroq mag‘lubiyatlar ham bo‘lgan, kamiga Kianuning o‘ziga ham tanqidchilar tomonidan gap eshitishiga to‘g‘ri keldi. Masalan, “Garov”dan keyingi “Jonni Mnemonik” fantastik jangari filmi tanqidchilarning salbiy baholashlariga sabab bo‘ldi, film prokatda o‘zini oqlamadi, aktyor esa “Antioskar” - “Oltin malina” hazil mukofoti sovrindoriga aylandi. Bundan tashqari, Rivz Morgan Freeman bilan o‘ynagan yana bir blokbaster - “O‘zaro ta’sir”dagi roli uchun ham shunga o‘xshash nominatsiyaga sazovor bo‘ldi.  

Bir-ikkita mag‘lubiyatda suratga tushishning o‘zi yetarlidek tuyulib, Kianuning faoliyatiga chek qo‘yilishi mumkin edi. Ammo keyinchalik “Iblis himoyachisi” suratga olindi.

“Iblis himoyachisi”

Aktyor filmda Al Pachinoni ko‘rishni shunchalik xohlagan ediki, hatto buning uchun o‘z gonoraridan bir necha million dollardan voz kechdi: studiya “Chandiqli yuz” yulduziga ko‘proq pul to‘lashdan bosh tortgan, u esa taklif qilingan pul uchun suratga tushishni xohlamagan edi. Oxir-oqibat, Kianu film uchun o‘z ulushidan “ajratdi” va vaziyatni saqlab qoldi. Film deyarli mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, prokatda mag‘lubiyat ham deb bo‘lmaydigan, kutilgan yutuqni olib kelmadi. Ammo filmdagi aktyorlik ijrosiga nisbatan hech qanday e’tiroz bo‘lmagan. Keyin esa, ehtimol, Kianu Rivzning faoliyatidagi eng muhim voqea sodir bo‘ladi - uni “Matritsa”ga taklif qilishadi.

Barcha davrlarning asosiy franshizalaridan birida qatnashish

Neo - tom ma’noda inson energiyasi bilan oziqlanadigan mashinalarga qarshi bosh ko‘tarishga mahkum bo‘lgan yigit rolini bir necha aktyor o‘ynashi mumkin edi. Rolni Nikolas Keyj, Uill Smit, Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz o‘ynashi mumkinligi haqida mish-mishlar yurardi. Ammo kimdir grafika tufayli suratga tusha olmagan bo‘lsa, boshqalar esa senariyni juda murakkab deb hisobladi. Film haqiqatan ham syujet, ham texnik jihatdan oddiy emas edi.

“Matritsa”

Voqealar yashirin ma’nolar va yarim ishoralarga to‘la, muxlislar hali ham rejissyorlar Vachovskilar u yoki bu epizodlarda nimani nazarda tutganliklari haqidagi nazariyalarni tuzishadi. Bundan tashqari, jang sahnalariga nisbatan noodatiy yondashuv - qahramonlar vaqtni to‘xtatishadi, havoda muallaq turishadi, devorlarda yugurishadi, kamera esa 360 daraja aylantiradi. “Matritsa” ko‘p yillar davomida blokbasterlar uchun standart belgilab berdi. Aytgancha, Kianu o‘z gonoraridan “Matritsa”ning vizual effektlari ustida ishlayotgan jamoa uchun sovg‘a sifatida bir necha million dollar ajratdi - aktyorning so‘zlariga ko‘ra, aynan mana shu mutaxassislar tufayli film shu darajada ajoyib chiqqan.

Tomoshabinlar ham, tanqidchilar ham bundan xursand bo‘lishdi: tomoshabinlar filmga 460 million dollardan ortiq daromad keltirdi, tanqidchilar esa to‘rtta “Oskar” bilan taqdirladi. Film chiqqanidan buyon 26 yil o‘tdi, ammo “Matritsa” hanuz ajoyib ko‘rinishda: maxsus effektlar ham, harakatlar sahnasi ham eskirgani yo‘q. Ikkinchi (“Qayta yuklash”) va uchinchi (“Inqilob”) qismlari ham a’lo darajada pul to‘pladi, lekin odatda ularni biroz yomonroq baholashadi. Kamiga uchinchi filmni ikkinchi qism chiqqanidan atigi olti oy o‘tgach chiqarishga qaror qilishdi - va bu odatda prokatdagi mablag‘ oxirigacha yig‘ilmay qolgani bilan izohlanadi. To‘rtinchi “Matritsa: Tirilish” haqida esa biron narsa deyish mushkul  - hozirgacha ham buning nimaligi va nima uchun bo‘lgani tushunarsiz.

Qora kunlar

“Matritsa”dagi muvaffaqiyat aktyorning shaxsiy hayotidagi og‘ir voqealar tufayli ko‘zga tashlanmay qoldi. 1999-yil oxirida uning sevgilisi Jennifer Saymning farzandi o‘lik tug‘iladi. Bir yarim yil o‘tgach, 2001-yilning aprel oyida Jenniferning o‘zi avtohalokatda halok bo‘ladi - qizning o‘zi boshqargan Jeep Grand Cherokee to‘xtash joyida mashinaga borib uriladi.

Jennifer va Kianu

Qiz xavfsizlik kamarini taqmagan edi, u voqea joyida vafot etadi; bundan tashqari, politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uning qonida taqiqlangan moddalarning izlari topiladi. Kianu faoliyatida katta tanaffus qilmaydi, ammo bu voqealar unga shaxsiy va professional jihatdan ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas edi. Rasmiy ravishda aktyor hech qachon uylanmagan.

“Matritsa: Qayta yuklash”dan so‘ng, Kianu komikslarga asoslangan “Konstantin: Zulmat hukmdori” trillerida suratga tushadi. Keng targ‘ib qilingan film tanqidchilar tomonidan unchalik yaxshi baholanmagan bo‘lsa-da, 100 million atrofidagi byudjet bilan 230 million dollar ishlab oladi. Film davolab bo‘lmas kasallikdan xabar topgan jodugar haqida hikoya qiladi. Qahramon tez orada vafot etadi, lekin uni do‘zax kutayotgani aniq edi va Konstantin jannatga chipta olishga urinadi. Tomoshabinlar filmni iliq kutib olishdi, ammo u darhol davomini ishga tushirish uchun unchalik ko‘p pul yig‘madi. Faqat 2022-yilda film davomi har holda chiqishi va unda yana Kianu Rivz bosh rolda bo‘lishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

“Konstantin”

“Konstantin”dan keyin aktyorning karyerasi sezilarli darajada pasaydi. Ayniqsa katta muvaffaqiyatsizliklarga uchragan “Qachonki hayot tugaganda” fojiali filmi va “47 ta Ronin” fantastik dramasini ajratib ko‘rsatish mumkin. “Ko‘l bo‘yidagi uy” kabi kichik dramalar yaxshi o‘ynalgan, ammo mashhurlikning so‘nishi yaqqol ro‘y berdi. Ehtimol, agar “Jon Uik” jangari filmi tasodifiy muvaffaqiyatga erishmaganida, Kianu butunlay byudjetli filmlarga o‘tib ketgan bo‘larmidi.

Super yulduzlar safiga qaytish

Kino o‘ylab topilgan eng oddiy film bo‘lib chiqdi va unga Gollivudning tryuklarni sahnalashtiruvchi ekspertlari - Chad Staxelski va Devid Litch rejissyorlik qilgan. 20 million atrofidagi mablag‘ bilan film deyarli 90 million dollar ishlab oldi, buni a’lo ko‘rsatkich desa bo‘ladi.      

               Bosqinchilardan o‘ch olish uchun eskicha deb qabul qilingan iste’fodagi qotil haqidagi oddiy jangari film ajoyib jangovar sahnalari va qotillar dunyosining o‘ziga xos qayg‘uli estetikasi uchun maqtovga sazovor bo‘ldi.

“Jon Uik”

Shunday qilib, bir qator filmlar seriyasi dunyoga keldi: har bir qism nimadir yangilik olib keldi. Hozir birinchi bo‘lim - bosh rolda Ana De Armas o‘ynagan “Jon Uik: Balerina” chiqishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bir vaqtning o‘zida asosiy liniyadagi beshinchi filmni ham suratga olish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2023-yilda filmlarda yollanma askarlarni topshiriqlarga tayyorlash olib boriladigan mehmonxona boshqaruvchisi bo‘lgan yosh Uinstonning sarguzashtlari haqida “Kontinental” mini-seriali chiqdi.

Kianuning Cyberpunk 2077 video o‘yinida paydo bo‘lishi karyerasining yana bir yo‘nalishi uchun kuchli omilga aylandi. Bu “Jodugar” seriyasi bilan mashhur bo‘lgan Polshaning CD Projekt RED studiyasi loyihasi hisoblanadi. Kompaniyaning yangi o‘yini haqida 2012-yilda aytishgan edi, shundan so‘ng ekshenning chiqishi muntazam ravishda kechiktirilgan. 2019-yilda Rivz o‘yindagi asosiy rollardan birini ijro etishi ma’lum bo‘ldi - u bosh qahramonning miyasiga o‘rnatilgan chipda ongi saqlanib qolgan rok musiqachisi Jonni Silverendni o‘ynagan. Aktyor virtual qahramonga tashqi ko‘rinish, ovoz va harakatni ushlab qolish texnologiyasi orqali suratga olingan barcha animatsiyani taqdim etdi. 

Cyberpunk 2077 chiqishida texnik muammolarga to‘lib-toshgan bo‘lsa-da, baribir katta hitga aylandi. Kianu Rivz esa yoshroq tomoshabinlar orasida ham sevimli aktyorga aylandi.

Kianu Rivz Cyberpunk 2077  o‘yinida Jonni Silverxend rolida

Hozir aktyor 60 yoshda. Kino bilan bir qatorda, Kianu musiqa va mototsikllarni yaxshi ko‘radi. Shunday qilib, u uzoq tanaffusdan so‘ng 2023-yilda uchinchi albomini chiqargan Dogstar guruhida o‘ynaydi. 2011-yilda Rivz “ARCH Motorcycle” studiyasiga asos soldi. Kompaniya individual buyurtma bo‘yicha mototsikllarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Ma’lumki, Kianu xayriya ishlariga ko‘p mablag‘ ajratadi. 1996-yildayoq u tibbiyot, ta’lim va kambag‘allarga yordam ko‘rsatish sohasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma ochgan. Xususan, u “Matritsa”dan olgan daromadining qariyb 70 foizini aktyorning opalaridan birida saraton kasalligi aniqlangandan so‘ng, leykemiyani o‘rganish loyihalariga o‘tkazgan.

Kianu o‘z kompaniyasining mototsiklini boshqarmoqda

Yaqin yillarda Kianning kamida ikkita “Konstantin 2” va “Jon Uik 5” shov-shuvli filmlarida rol o‘ynashi kutilmoqda. Umid qilamizki, aktyorning qiyofasi unga yana uzoq vaqt davomida  blokbasterlarda suratga tushish imkonini beradi.

Kianuning hayot tarzi: klassik Porsche 911 tomida Yangi yil archasining olib borilishi
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.