Samarqanddagi eng yaxshi kafe va restoranlar. Top-7
Tarixi azim Samarqand nafaqat meʼmoriy obidalari, balki gastronomik turizmi bilan ham doim sayyohlar eʼtiborini oʻziga jalb etgan. Samarqand palov va kaboblari dunyoga dongʻi ketgan. Ushbu maqolada Registon yurtida qaysi restoranlarda maza qilib ovqatlanish mumkinligini koʻrib chiqamiz.
Emirhan
Ushbu restoran 11:00 dan 23:00 gacha faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, ushbu ovqatlanish maskanida Registon majmuasini ajoyib tarzda tomosha qilish mumkin.
Murojaat uchun: +998888916000
Platan
Samarqand shahrida joylashgan yana bir mashhur restoranlardan biri “Platan” ertalabki 10:00 dan tungi 01:00 gacha faoliyat olib boradi. Bu yer oʻz terassasi bilan ham maqtana oladi. Bundan tashqari, veganlar uchun taomlar hamda ajoyib kokteyllardan tatib koʻrish mumkin.
Murojaat uchun telefon: +998915558888
Restaurant Samarkand
Bu yerda har xil milliy va Yevropa taomlari, shuningdek, ajoyib desertlardan tatib koʻrish mumkin. “Restaurant Samarkand”da oʻrtacha ovqatlanish narxi 50 000-150 000 soʻm atrofida boʻladi.
Murojaat uchun telefon: +998907430405
Oasis Garden
Premium klassdagi oilaviy restoran uchta zal va bitta VIP xonadan iborat. Bu yerda Yevropa taomlarini tatib koʻrishdan tashqari, bayramlar ham tashkillashtirishingiz mumkin boʻladi.
Murojaat uchun: +998979262229
Old City
Samarqandda joylashgan yana bir mashhur maskanlardan biri oʻzining samarqandcha oshi bilan ham maqtana oladi. Restoranda ovqatlanish oʻrtacha 50 000-100 000 soʻm atrofida boʻladi. “Old City” tonggi 10:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.
Murojaat uchun telefon: +998933468020
Green Bear Bar
Albatta, bu roʻyxatdan bar ham oʻrin olmasa boʻlmasdi. Samarqanddagi mashhur barlardan biri “Green Bear Bar” 12:00 dan 00:00 gacha faoliyat koʻrsatadi.
Murojaat uchun telefon: +998902126103
Sirius Restaurant
Ushbu restoran Yevropa va Panosiyo oshxonalarini, shuningdek, jonli musiqa hamda turli xil bayramlarni taqdim etadi. Ish vaqti 12:00 dan 02:00 gacha.
Murojaat uchun telefon: +998901927000