РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi
20.11.2024

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi. Bino old fasadi oldinga suriladi, natijada terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengayadi. Ushbu bosqichda yana ikkita bagaj lentalarini oʻrnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratish rejalashtirilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Shu sababli zalning chap tomonidan yoʻlovchilarning chiqishi toʻxtatiladi. Endilikda uchib kelganlar binodan toʻgʻriga qarab chiqishadi. Qurilish vaqtida xavfsizlikni taʼminlash uchun vaqtinchalik usti yopiq yoʻlak quriladi. Kutib oluvchilar zali odatdagi rejimda ishlaydi.

Loyihaga koʻra, bino fasadini oldinga surish hisobiga uchib kelish zali maydoni 2500 kv.m ga oshadi. Hozirda mavjud zal maydoni 5300 kv.m hisoblanadi. Ushbu bosqich yana ikkita bagaj lentalarini oʻrnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratishni oʻz ichiga oladi.

Rekonstruksiya ishlarini 2025-yilning may oyida yakunlash rejalashtirilgan, shundan soʻng qurilish ishlarining yakuniy bosqichi boshlanadi, unda uchib ketish va kelish zallarini birlashtirish nazarda tutilgan. Bu esa oʻz navbatida soatiga 2400 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega yirik yagona aeroport majmuasini yaratish imkonini beradi.