Toshkentda The Fashion Show LINE 2025 moda ko‘rgazmasi o‘tkaziladi


13-aprelda har bir kolleksiya namoyishi teatrlashtirilgan shou va dizayner yoki brend tarixchasi bilan birga namoyish etiladi. Tadbir mehmonlari O‘zbekistonning mashhur modelyerlari, xorijiy dizaynerlar va nufuzli moda uylarining pret-a-porte hamda Haute Couture kolleksiyalari Show Room’ini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
13-aprel kuni Toshkentdagi Yoshlar ijodiyot saroyida The Fashion Show LINE 2025 yillik moda namoyishi bo‘lib o‘tadi.
The Fashion Show LINE — bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning milliy an’analari hamda madaniyatini asrash maqsadida tashkil etilgan loyihadir. Loyihaning asosiy vazifasi dizaynerlar va kiyim ishlab chiqaruvchilarni birlashtirish bo‘lgan.
Har bir kolleksiya namoyishi teatrlashtirilgan shou va dizayner yoki brend tarixchasi bilan birga taqdim etiladi.
Ko‘rgazma kuni O‘zbekistonning mashhur modelyerlari, xorijiy dizaynerlar, nufuzli moda uylari va jahonda tan olingan brendlarning Toshkent shahridagi butiklar tomonidan taqdim etilgan pret-a-porte va Haute Couture kolleksiyalarining Show Room namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, ushbu kechda sahnada dizaynerlar va brendlarning turli yo‘nalishlardagi eksklyuziv liboslarini ko‘rish mumkin: milliy, yevropa kechki, erkaklar, ayollar va, albatta, bolalar kiyimlari.
Chiptalar narxi 200 000 so‘mdan boshlanadi. Chiptalarni ShowGo.uz saytidan xarid qilish mumkin.