03.02.2025
Munisa Rizayeva nega Toshkentga Arseniysiz qaytishga majbur boʻldi?
Muallif
Shohzamon Shuhratov
Munisa Rizayeva Instagram`dagi sahifasida qanday qilib eri Arseniysiz Toshkentga qaytgani haqida koʻzlarida yosh bilan gapirib berdi.
Xonanda Toshkentga zudlik bilan uchishga majbur boʻlganini, eri Arseniy esa hali yana bir qancha vaqt shu yerda qolishini maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, juftlik bir necha kundan beri toʻxtovsiz yigʻlagan va bir-birini qattiq sogʻinishini aytgan. Qoʻshiqchi farzandi bilan ketgan.
Ular dastlab Buenos-Ayresdan Dubayga, undan soʻng esa Toshkentga parvoz qilgan. Bu vaqtda havo kemasi turbulentlikka ham tushishga ulgurgan.