наушники со скидкой (верхний)
РУ
O’Z
UZS
/
/
Qanday qilib ingliz tilini tez o‘rganish mumkin? Bu borada shifokorlarning maslahati
20.12.2024

Qanday qilib ingliz tilini tez o‘rganish mumkin? Bu borada shifokorlarning maslahati

Ingliz tilini qanday o’rganish mumkin? Nevrologlarning 5 ta maslahati

“Ayti bilan tushug‘ullanish” ning jozibali reklamasi, sayohatchi do‘stlar, asl nusxada tomosha qilishni istagan sevimli filmlar – ingliz tilini o‘rganish uchun o‘nlab sabablar mavjud. Dangasalikdan voz kechib, bu ishni keyinga surmaslikning esa yuzlab sabablari bordir. 

Biz nevrologlarning chet tillarini o‘rganishda yordam beradigan 5 ta maslahatini to‘pladik. Ammo shu joyda spoyler ham bor: olimlar bu borada buning oddiy usulini topa olishmagan. Demak, vaqt va kuch sarflashga tayyor bo‘ling – natija esa bunga arziydi.

image

Yangi yilga eng yaxshi sovg‘ani topdik. BU NIMA?

icon

1. Xato qilishdan qo‘rqmang

“Til o‘rganishni bolalikdan boshlash kerak edi, endi kech”. Tanish mulohazami? Ammo 2018 yilda Massachuset Texnologik Instituti tadqiqotchilari 650+ ming kishi ishtirok etgan izlanishni e’lon qilishib, umidli xulosaga kelishdi: 20-30 yoshdan keyin ingliz tilini o‘rganishni boshlagan kattalar uni ona tilida so‘zlashuvchilar darajasida muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar. Demak, bu nafaqat miyaning plastisitivligi va bolalarning qiziquvchanligiga bog‘liq emas ekanligini anglatadi. Unda nimaga bog‘liq?

Avvalo, bolalar muloqotga kirishish va xatolarga yo‘l qo‘yishdan qo‘rqmaydilar. Voyaga yetgan kishi chet ellik hamkasblari bilan yozishmalardan qochsa, bolalar Disney multfilmi nomini “Google” ga xato yozib bo‘lsa ham topadi. Hatto ona tilida so‘zlashuvchilar ham zamonni chalkashtirib, kerakli so‘zni unutishlari mumkin. Siz uchun esa bu nafaqat mumkin, balki foydalidir! (axir, xato qilmasdan yana qanday o‘rganish mumkin?).

2. Faqat nazariyani o‘rganmasdan, amaliy mashq ham qilib turing!

Bu oldingi band bilan chambarchas bog‘liq. Agar barcha grammatikani yodlab olib, so‘z boyligini ko‘paytirsangiz ham, amaliyotsiz u faqat miyangizda qoladi. Vaqt o‘tishi bilan esa talab qilinmagan har qanday ma’lumot kabi butunlay unutiladi. Shuning uchun o‘rganishga muvaffaq bo’lgan hamma narsalardan faol foydalaning.

  • Shahringizda yoki onlayn mavjud bo‘lgan til klublariga qo‘shiling. Ular tematik, bepul va A1 dan C1 gacha bo‘lgan turli darajalar uchun bo‘ladi. Eng oson yo‘li – repetitorlar/til maktablari sahifalarini qidirishdir. Ular tez-tez bepul uchrashuvlar o‘tkazib, e’lonlar joylashtiradilar.
  •  “Language-buddy” yoki tyutorlarni toping. Bunga eng taniqli va tasdiqlangan dasturlardan biri “Tandem” va “Italki” qo‘l keladi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish taklifi bilan post yozishingiz ham mumkin.

3. Til muhitiga sho‘ng‘ing

Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til muhitiga sho‘ng‘ish miyadagi quyidagi bir nechta asosiy jarayonlarni faollashtirish orqali o‘rganish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin:

  1. Neyroplastiklik. To‘liq til muhitiga sho‘ng‘ish miyadan doimiy ravishda til ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilishni talab qiladi, bu esa neyron aloqalarni yaratishni rag‘batlantiradi va mavjudlarini mustahkamlaydi.
  2. Til ko‘nikmalarini o‘tkazish. Tilni turli vaziyatlarda mashq qilsak, biz nafaqat fonetik xususiyatlarni yoki grammatikani tushunish va farqlashni o‘rganamiz, balki uni turli xil ijtimoiy vaziyatlarda ham qo’llay olamiz.
  3. Tilning tezligini oshirish. Til bilan doimiy aloqada bo‘lish miyaning uni qayta ishlash tezligini oshiradi, natijada olingan ma’lumotlarni tushunish va ularga tezkor reaktsiyalar paydo bo’ladi.

Buning uchun uzoq o‘lkalarga ta’tilga yoki xorijiy ish safarlariga borish shart emas. Uyda tegishli sharoitlarni yaratishga harakat qiling, masalan:

  • Interfeys tilini o‘zgartiring. Telefon, televizor, noutbuk, ijtimoiy sahifalar – kun davomida ko‘p ishlatadigan har qanday narsa sizning toliqtirmaydigan o‘qituvchingiz bo‘lishi mumkin.
  • Stikerlar yopishtiring. “Oyna” so‘zini o‘rganayapsizmi? Uni ingliz tilida yozib, istalgan oyna yuzasiga yopishtiring. Shunday qilib, maksimal narsalarga yozib chiqing, qarabsizki, bir hafta ichida sizning so‘z boyligingiz bir necha o‘nlab so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
  • Maqolalar o’qing, o’yinlar o’ynang, filmlar va dasturlarni ingliz tilida tomosha qiling. Kembrij universiteti nashrining “Xorijiy tilda so’z boyligini o’rganish” kitobining muallifi so’z boyligini samarali o’rganish uchun turli xil ma’lumot manbalaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. U esa bu haqida juda yaxshi biladi – axir uning kitobi deyarli 500 sahifadan iboratdir.
  • Yuqoridagi punktni bajarishni osonlashtirish uchun – ingliz tili bilan bog‘liq qiziqishlarni toping. Ehtimol, Sherlok Xolmsning uyini ko‘rishni, Angliya futbol ligasi o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslikni orzu qilgansiz yoki bolaligingizdan Garri Potter filmlarini yoqtirasizmi? Unda sharhlovchilarning nutqini tinglash yoki kichik sehrgarlar haqidagi film dostonini original tilda ko‘rish orqali til o‘rganishni zavqli jarayonga aylantiring.
  • Sevimli qo‘shiqlarning tarjimasini bilib oling. Ehtimol, aynan siz yodlagan so‘zlar shu qo’shiqlarda mavjud. Hamda Teylor Svift yoki The Weekend qo‘shiqlarini shu paytgacha ma’nosini tushunmay kuylagandursiz. Internetda asl matni va uning tarjimalari ko‘rsatilgan ko‘plab saytlar mavjud.
  • Hech qayerga ketmay o‘zingizni turistdek his eting. Buning uchun shahringizda turistlar yuradigan yo‘nalishni tanlab, ingliz tilida yo‘l-yo‘riq so‘rab yoki ingliz tilida so‘zlashadigan gid-o‘rtoqni topishingiz kifoya.
  • Barcha punktlarni birlashtirib, ularni muntazam ravishda amalda qo‘llab turing. Yoki ulardan bir nechtasini tanlab, ketma-ketlikda bajaring, ammo baribir ingliz tilida doimiy ravishda aloqa qilib turishni unutmang. Ingliz tilida yiliga bir marta filmlarning o‘n soatlik marafonidan ko‘ra, har kuni 15 daqiqa amaliy mashq qilish yaxshiroqdir.

4. Maqsad qoying

Maqsadlarni belgilash miyaning motivatsiya, rejalashtirish va qaror qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan sohalarini faollashtiradi. Ammo bunda ham o‘zining xususiy tomoni bor: qo‘yilgan maqsad real, aniq, mazmunli va vaqt bilan cheklangan bo’lishi kerak.

Ingliz tilini “har ehtimolga qarshi” o‘rganish miyaga yoqmaydi. Ammo “2025 yil 31 dekabrgacha B1 darajasini egallash imtihoniga tayyorgarlik ko’rish va muvaffaqiyatli o‘tish” iborasi juda aniq va konkret ma’noga ega.

Maqsadga erishish jarayonida motivatsiyani yo’qotmaslik uchun butun jarayonni kichik qismlarga bo’ling va bajarilgan yutuqlarni kuzatib boring.

Ingliz tilini o’rganish uchun ilova yuklab oldingizmi? “Bajarildi” deb belgilab qo’ying. Yarim soatlik “TEDx” videosini asl nusxada ko’rdingizmi? Bir chashka xushbo’y choy ichib, o’zingizni maqtab qo’ying. Natijada, miya tilni o’rganish jarayonini ijobiy tajribalar va mukofotlar bilan bog’lay boshlaydi, bu esa motivatsiyani kuchaytirishga va qiyinchiliklar yuzaga kelganda ham o’rganishni davom ettirishga yordam beradi.

5. Tushunishga harakat qiling

Tilni o‘rganishda olingan ma’lumotlarni tushunish katta ahamiyatga ega. Yangi so‘zni o‘rgandingizmi? Ingliz tilida uni nomlamasdan tushuntirishga harakat qiling. Bunga “Alias” o‘yini yordam beradi – uning ingliz tilidagi versiyasi onlayn rejimda mavjud. Nutq tuzilmalaridan ongli ravishda foydalanish so‘zlar va iboralarga ma’no berish uchun mas’ul bo‘lgan asabiy aloqalarni mustahkamlaydi. Holbuki, oddiy xotira miyaning qisqa muddatli xotira bilan bog‘liq hududlarini faollashtiradi.

Shuningdek, eski va yangi bilimlar o‘rtasida aqliy “ko‘priklar” yaratish orqali ma’lumotni mustahkamlashga harakat qiling. Masalan, taniqli brendlarning nomlarini tarjima qiling. Taniqli “tishlangan” logotip tufayli “Apple” olma ekanligini hamma biladi. Ammo “Old Spice” qalampir bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini va ingliz tilida “keksa dengizchi” degan ma’noni anglatishini bilarmidingiz?

Til o‘rganish – shunchaki sprint emas, balki to‘liq marafondir. O‘z oldingizga maqsadlar qo‘ying, mashg‘ulotlarni to‘xtatmang. Shunda orzu qilingan natija sizni uzoq kuttirib qo‘ymaydi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Yangi Shop Tashkent

map-pin

Малика, магазин 6а

Sotuvchi
phone

+998901777516

telegram-logo

@yangishoptashkent

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.