РУ
O’Z
UZS
/
/
Tovuq go‘shtidan retseptlar: uy sharoitida tayyorlanadigan bosqichma-bosqich retseptlar
16.09.2024

Tovuq go‘shtidan retseptlar: uy sharoitida tayyorlanadigan bosqichma-bosqich retseptlar

Tovuq go‘shtidan retseptlar: fotosuratlar, uyda bosqichma-bosqich tayyorlanadigan retseptlar
Muallif
Leyla Li

Tovuq – ovqat tayyorlashda eng universal va mashhur mahsulotlardan biridir. Undan ko‘plab mazali va xilma-xil taomlarni tayyorlash mumkin, ular nafaqat kundalik ovqatlar uchun, balki bayramona dasturxoni uchun ham mos keladi. Ushbu maqolada biz uy sharoitida tayyorlash oson bo‘lgan bir nechta qiziqarli va oddiy tovuqli retseptlar bilan tanishtiramiz. Sizni har bir taomning bosqichma-bosqich ko‘rsatmalari va jozibali fotosuratlari kutmoqda.

1-retsept: Qo‘ziqorin va qaymoqli qayla ostida tovuq

ogorod.ru

Masalliqlar

  • Tovuq filesi – 2 dona
  • Shampinyon qo‘ziqorini – 200 g
  • Piyoz – 1 dona
  • 20% qaymoq – 200 ml
  • Sarimsoqpiyoz – 2 tishcha
  • Zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq
  • Tabga ko‘ra tuz va murch
  • Bezash uchun ko‘kat

Bosqichma-bosqich retsept

Masalliqlarni tayyorlash

  • Tovuq filesini mayda to‘rtburchak bo‘laklarga kesamiz.
  • Qo‘ziqorinlarni bo‘lak qilib kesamiz.
  • Piyozni mayda qilib to‘g‘raymiz.
  • Sarimsoqpiyozni maydalab olamiz.

Tovuqni qovurish

  • Tovada zaytun yog‘ini qizdiramiz.
  • Tovuq filesi bo‘laklarini solib, qizarguncha qovuramiz (taxminan 5-7 daqiqa).
  • Tovuqni tarelkaga olib va chetga qo‘yib turamiz.

Qaylani tayyorlash

  • Xuddi shu tovada tug‘ralgan piyozni solib, shaffof bo‘lgunga qadar qovuramiz.
  • Qo‘ziqorinlarni qo‘shamiz va qizarguncha qovuramiz.
  • Maydalangan sarimsoqpiyozni qo‘shib, yana 1 daqiqa davomida pishirishni davom etamiz.

Tovuq va qaylani birlashtirish

  • Tovuqni tovaga qaytarib solamiz va hammasini yaxshilab aralashtiramiz.
  • Qaymoqni quyib, tabga ko‘ra tuz va murch sepamiz.
  • Qaynab chiqqandan so‘ng olovni pasaytiramiz va qopqog‘ini yopgan holda yana10 daqiqa davomida pishiramiz.

Dasturxonga uzatish

Tayyor qaymoq quymali tovuqni dasturxonga maydalangan ko‘kat bilan bezab, garniriga qaynatilgan guruch yoki makaronlar bilan uzating. 

2-retsept: Limon va o‘tlar bilan pishirilgan tovuq

eda.ru

Masalliqlar

  • Butun tovuq – 1,5 kg
  • Limon – 1 dona
  • Sarimsoqpiyoz – 4 tishcha
  • Sariyog‘ – 100 g
  • Tuz – 1 choy qoshiq
  • Murch – 1/2 choy qoshiq
  • Quruq o‘tlar (rozmarin, timyan) – 1 choy qoshiqdan

Bosqichma-bosqich retsepti

Tovuqni tayyorlash

  • Ortiqcha namlikni quruq salfetkalar bilan artib olamiz.
  • Ham tashqarisidan, ham ichkarisidan tuz va murch seping.

Xushbo‘y yog‘ni tayyorlash

  • Yumshoq sariyog‘ni maydalangan sarimsoqpiyoz, quruq o‘tlar va limon sedrasi bilan aralashtiramiz.
  • Tovuq terisini ehtiyotkorlik bilan ochib, xushbo‘y yog‘ning yarmini teri osti va butun ustki qismiga surtib chiqamiz.
  • Tovuq ichiga yarimta limon va bir necha sarimsoqpiyoz tishchalarini solamiz.

Pechda pishirish

  • Pechni 200 gradusgacha oldindan qizdiramiz.
  • Tovuqni pech listiga ko‘krak tomonini yuqoriga qaratgan holda joylab, ustini qolgan xushbo‘y yog‘ bilan surtamiz.
  • Pishirishda tovuq oyoqlari ochilib ketmasligi uchun ularni oshxona ipi bilan o‘rab qo‘yamiz.
  • Tovuqni pechda 1,5 soat davomida, vaqti-vaqti bilan o‘zidan chiqan qaylani ustiga quyib pishiramiz.

Dasturxonga uzatish

  • Tovuqni pechda pishirishdan keyin 10 daqiqa dam oldiramiz.
  • Tovuqni portsiyali qismlarga bo‘lib, dasturxonga limon bo‘laklari va yangi o‘tlar bilan uzating. 

3-retsept: Dimlab pishirilgan tovuq, kartoshka va sabzavotlar

static.1000.menu

Masalliqlar:

  • Tovuq sonlari – 4-6 dona
  • Kartoshka – 4-5 dona
  • Sabzi – 2 dona
  • Piyoz – 1 dona
  • Pomidor – 2 dona
  • Bulg‘or qalampiri – 1 dona
  • Sarimsoqpiyoz – 3 tishcha
  • Zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq
  • Tabga ko‘ra tuz va murch
  • Lavr bargi – 2 dona
  • Bezak uchun ko‘kat

Bosqichma-bosqich retsepti

Masalliqlarni tayyorlash

  • Tovuq sonlarini tuzlaymiz va murch sepamiz.
  • Kartoshka va sabzilarni katta bo‘laklarga kesib olamiz.
  • Pomidor va savzini to‘rtburchak bo‘laklarga kesib olamiz.
  • Piyozni mayda to‘g‘raymiz.
  • Sarimsoqpiyozni maydalaymiz.

Tovuqni qovurish

  • Katta qozonda zaytun yog‘ini qizdiramiz.
  • Tovuq sonlarini ikkala tomondan (har  tomonini 5-7 daqiqa davomida) qizartirib qovuramiz. So‘ng tarelkaga olamiz.

Sabzavotlarni pishirish

  • O‘sha qozonda sabzi va piyozni solib, yumshoq bo‘lguncha dimlab pishiramiz. So‘ng kartoshka, bo‘lg‘or qalampirini qo‘shamiz va yana 5 daqiqa davomida dimlaymiz.

Tovuqni sabzavotlar bilan dimlash

  • Tovuq sonlarini qozonga qaytarib, lavr barglarini solamiz. Ustidan barcha mahsulotlarni 2/3 qismini qoplaydigan qilib qaynoq suv solamiz.
  • Qaynatamiz, keyin olovni pasaytirib, qopqog‘ini yopgan holda 40 daqiqa davomida pishiramiz.

Dasturxonga uzatish

Dimlangan tovuq, kartoshka va sabzavotlarni yangi ko‘katlar bilan bezatib, dasturxonga uzating. 

Tovuq – juda ko‘p mazali va to‘yimli taomlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ajoyib mahsulotdir. Retseptlarimizdan foydalanib, o‘z yaqinlaringizni xursand qiling – uy sharoitida nafaqat mazali, balki foydali tovuqli taomlarni tayyorlashingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!