РУ
O’Z
UZS
/
/
Tuya suti: foyda va zarari
30.07.2024

Tuya suti: foyda va zarari

Tuya suti: foyda va zarari
Muallif
Leyla Li

Tuya suti va unga asoslangan mahsulotlar qadim zamonlardan beri O‘zbekistonda keng tarqalgan. Ular ko‘plab kasalliklarni davolashga qodir, degan fikr bor, lekin barcha muammolar uchun davo deb hisoblamasdan,  ilmiy asoslangan dalillarga tayanish yaxshiroqdir.

Odamlar, hatto, yaqinlariga turli kasalliklarni yengishga yordam berish uchun tuyalar boqadi. Shu tarzda, Dashtobod qishlog‘ida yashovchi Abdusafo Rahimov, o‘g‘lini gepatit B dan davolash uchun tuya boqadi, deb yozadi “Samarqand xabarnomasi”

Tuya sutining foydasi va mumkin bo‘lgan zarari nimada? 

Tuya sutining foydali tomonlari

1. Oziqlanish qiymati.

Oqsil miqdori yuqori. Tuya suti oqsillar, shu jumladan kazein va zardob oqsiliga boy bo‘lib, ular organizm tomonidan oson so‘riladi.

Yog‘ miqdori past. Odatda sigir sutiga qaraganda kamroq yog‘ tarkibiga ega va bu kaloriyalarni sanaydiganlar uchun foydali.

Vitamin va minerallar. A, B, C vitaminlariga, shuningdek minerallarga boy: kaliy, kalsiy, kobalt, magniy, mis, temir va rux.

2. Immunitet tizimiga foydasi

Antibakterial va antiviral xususiyatlar. Laktoferrin, immunoglobulin va lizozimlarni o‘z ichiga oladi, ular infeksiyalarga qarshi kurashish va immunitetni mustahkamlashda yordam beradi.

Antioksidantlar. C vitamini va boshqa antioksidantlarning mavjudligi hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qilishga yordam beradi.

3.  Ovqat hazm qilish salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi

Oson hazm bo‘lishi. Tuya suti sigir sutiga nisbatan har xil turdagi oqsil va yog‘larni o‘z ichiga oladi, bu esa, ba’zi odamlar uchun oson hazm bo‘ladi.

Probiotik xususiyatlar. Ichakdagi foydali bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va disbakteriozning oldini oladi.

4. Allergiya va laktozani singdira olmaslik hollarida foydali

Laktozaning kam miqdori.  Tuya suti tarkibida sigir sutiga qaraganda, kamroq laktoza bor, bu esa, laktozani singdira olmaydigan odamlar uchun ayni muddao.

Gipoallergen. Tuya suti oqsillari sigir suti oqsillariga qaraganda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarish ehtimoli kamroq.

5. Qandli diabetga chalinganlar uchun foydasi

Qondagi qand miqdorining pasayishi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tuya sutini muntazam ravishda iste’mol qilish qondagi qand miqdorini kamaytirish va insulin sezgirligini oshirishga yordam beradi.

Tuya sutining zararli tomonlari

1. Infeksiyani yuqtirish xavfi

Har qanday pasterizatsiya qilinmagan sut singari, tuya sutida ham “Brucella spp.” kabi patogenlar bo‘lib, u brutsellyozga olib kelishi mumkin. Shuning uchun pasterizatsiya qilingan sutni iste’mol qilish muhim.

2. Allergik reaksiyalar

Tuya suti gipoallegik deb hisoblansa-da, ba’zi odamlarda uning tarkibiy qismlariga allergiyasi bo‘lishi mumkin.

3. Moslashuv zarurati

Tuya sutiga keskin o‘tish, ovqat hazm qilish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun mahsulotni ovqatlanish tartibiga asta-sekin kiritish tavsiya etiladi.

4. Yuqori narx

Tuya suti ko‘pincha sigir sutiga qaraganda qimmatroq va topish qiyinroq bo‘ladi, bu esa ba’zi odamlar uchun uni muntazam iste’mol qilishni cheklashi mumkin.

Tanangizning individual xususiyatlariga e’tibor qaratib, tuya sutini iste’mol qiling va hamma narsa me’yorida bo‘lgani yaxshi ekanini unutmang.