РУ
O’Z
UZS
/
/
20-iyul: Oy bayrami va koinotni o‘rganish kuni
19.07.2024

20-iyul: Oy bayrami va koinotni o‘rganish kuni

20-iyul: Oy bayrami va koinotni o‘rganish kuni

20-iyulda BMW avtomobillari brendi ro‘yxatdan o‘tkazildi, Parijda shaxmatchilar uyushmasi tashkil etildi, uning sharafiga bugun shaxmat kuni butun dunyoda nishonlanadi. 20-iyul taqvimida yana qanday unutilmas voqealar va bayramlar bor? 

20-iyulda nishonlanadigan bayramlar 

Xalqaro Oy kuni 

Bugun, 20-iyul – “Apollon 11” missiyasi doirasida oyga birinchi odamning qadam qo‘ygan yubileyidir. Bugun osmonga o‘zgacha diqqat bilan tomosha qilib, insoniyat nima uchun Oyga uchmay qo‘ygani haqida o‘ylab ko‘rishimiz mumkin. Buni bir yaqin insoningiz bilan muhokama qilishingiz ham mumkin (romantik uchrashuv uchun +1 g‘oya). 

Xalqaro tort kuni 

Ko‘pchilik yakshanbani quymoqlar kuni deb ataydi, unda keling 20-iyul – shanba kunini tort kuni deb e’lon qilamiz. Eng mazali tortni pishirib, yaqinlaringizni choy ziyofatiga taklif qiling. Agar dietada bo‘lsangiz, yozgi krambl (mevali pesochniy pirog) yoki PP-shirinliklar retsepti sizga asqatadi. 

Koinotni o‘rganish kuni 

Bu kunda koinotga qiziqadigan har bir inson koinot fanlarning zamonaviy jamiyatga qo‘shgan hissasi haqida gapiradi, Ilon Mask va boshqa “kosmo-daholar”ni eslaydi, shuningdek, texnologiyalarning buyuk kelajagiga ishonadi. Aynan shunday kelajak albatta bir kuni keladi: koinot materiallardan tayyorlangan bu ajoyib narsalarni bir tomosha qiling, ular kelajak qanchalik yaqinlashayotganini ko‘rsatadi. 

Butunjahon sakrash kuni 

Bugun sakrashning barcha – uzunlikka, eniga va hatto joyda sakrash turlari ham nishonlanadi. Farzandlaringiz bilan Toshkentdagi ko‘ngilochar markazlardan birida batut ustida sakrashingiz yoki mashq qilayotganda yolg‘iz o‘zingiz sakrashingiz mumkin. Bunday mashq limfani massajsiz tarqatishning ajoyib usuli hisoblanadi. 

20-iyulda kimlar tug‘ilgan

  • Jizel Byundhen. Braziliyalik supermodel, sog‘lom turmush tarzi va yoga tarafdori, shuningdek, sobiq “Victoria’s Secret” namoyondachisi.
  • Xokon. Norvegiya toj shahzodasi va qirollik taxtiga birinchi navbatli da’vogar.
  • Karlos Santana. Meksikalik virtuoz musiqachi, “Gremmy” va boshqa nufuzli mukofotlar sohibi.