РУ
O’Z
UZS
/
/
2023-yilning 10 ta eng zo‘r filmi
26.06.2024

2023-yilning 10 ta eng zo‘r filmi

2023-yilning 10 ta eng zo‘r filmi

Kino sanoati o‘tgan yili koronavirus cheklovlaridan so’ng vanihoyat tiklandi. Yana kinoteatrlarda filmlar suratga olinib, asosiy kassani yig’gan holda ularni namoyish etish, so’ngra raqamli reliz qilish mumkin bo’ldi. Agar 2023-yil film premyerasidagi biron bir filmni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, siz uchun eng asosiy va eng zo’rlarini to’pladik.

“Bajarib bo’lmas topshiriq: Halokatli to’lov. 1-qism”

IMDb reytingi: 7.7/10

Janr: jangari

Rejissyor: Kristofer Makkuorri

Bosh rollarda: Tom Kruz, Heyli Etvell, Rebekka Fergyuson, Saymon Pegg

Davomiyligi: 2 soat 43 daqiqa

Nega ko’rishga tavsiya etiladi? Tom Kruz 60 yoshdan oshgan, lekin u hali ham aql bovar qilmas tryuklarni shaxsan o’zi bajaradi –  “Bajarib bo'lmas topshiriq” filmining yangi qismida ham aktyor sizni lol qoldiradigan tryuklarni tayyorlab qo’yganiga ishonavering. Ushbu film ajoyib va serijodli blokbaster bo’lib, unda qahramonlar oldingi qismlarda kabi umidsiz vaziyatlardan hazil-mutoyiba bilan muvaffaqiyatli chiqib ketib, dunyoni qutqaradi. Ammo bu filmda voqealar hali oxiriga yetmaydi – keyingi yil jangovar filmning yakuniy, ikkinchi qismi chiqadi.

Film nima haqida. Yangi film uchun franchayzing mualliflari bugungi kunda dolzarb bo’lgan sun’iy intellekt mavzusini oldilar. Ushbu intellekt o’zini juda mustaqil deb bildi va butun dunyo tartibini xavf ostiga qo’yib, nazoratdan chiqib ketdi. Sun’iy intellektni faqat cho’kib ketgan suv osti kemasini topish orqali to’xtatish mumkin, ammo u qayerda ekanligini hech kim bilmaydi. “Bajarib bo’lmas topshiriq” jamoasi yana niqoblar bilan shou o’tkazishlari, ko’p otishishlari, qo’vib yetishlari, qochib ketishlari va o’ta maxfiy joylarga yo’l olishlari kerak. Barcha film seriyalarining sifati juda barqaror va shu bilan birga xilma-xil bo’lib, “Halokatli to'lov” ham shunday epitetlarga boydir.

“Sho‘rlik  baxtsizlar”

IMDb reytingi: 7.9/10

Janri: fantastika, drama, komediya

Rejissor: Yorgos Lantimos

Bosh rollarda: Emma Stoun, Uillem Defo, Mark Ruffalo

Davomiyligi: 2 soat 21 daqiqa

Nega ko’rish tavsiya etiladi? Hech bo’lmaganda Emma Stounning ajoyib aktyorlik qobiliyatini tomosha qilish uchun. Bu absurd komediya va drama bo‘lib, unda asosiy qahramonning o‘ziga xosligi — katta odam tanasida chaqaloq miyasi tufayli doimiy ravishda oldindan aytib bo‘lmaydigan hodisalar sodir bo‘ladi.

Film nima haqida? Bir olim-jarroh Frankenshteyn uslubida tajriba o’tkazishga qaror qiladi: u chaqaloqning miyasini o’lgan ayol tanasiga ko’chirib, uni hayotga qaytaradi. Avvaliga ayol (aniqrog’i, uning boshidagi bolakay) hamma narsani o’rganib tez rivojlanadi, shundan so’ng u atrofdagi dunyoni o’rganishga kirishadi – bu bilan bosh qahramon yoqimli va achinarli ko’plab kutilmagan hodisalarga duch kqladi.

Aytgancha, film quyidagi to’rtta yo’nalish: eng yaxshi aktrisa, sahnalashtiruvchi rassomning eng yaxshi asari, eng yaxshi kostyumlar, eng yaxshi grim va soch turmagi bo’yicha “Oskar” mukofoti sovrindoridir.

“Gul oyining qotillari”

IMDb reytingi: 7.6/10

Janr: jinoiy drama

Rejissyor: Martin Skorseze

Bosh rollarda: Leonardo Di Kaprio, Robert De Niro, Lili Gladstoun

Davomiyligi: 3 soat 26 daqiqa

Nega ko’rishga tavsiya etiladi? Ushbu film zamonaviy Gollivudning bir necha asosiy aktyorlari o’ynagan kino dahosi yaratgan dramadir. Martin Skorseze filmda ochko’zlik, tamagirlik va shafqatsizlik haqida uzoq va shoshilmay hikoya qiladi. Leonardo Di Kaprio va Robert De Niro o’z obrazlarini juda ajoyib namoyish etgan – ikkalasining ham aktyorlik mahorati maqtovga loyiq. Ammo shuni inobatga ham olish kerakki, film deyarli 3,5 soat davom etib, u dinamik uslubidagi blokbaster emasdir.

Film nima haqida? XX asrning boshlarida hindu qabilasi o’z hududlarida topilgan neft tufayli juda boy bo’lib ketadi. Badavlat Uilyam (Robert De Niro) jamiyatda katta ahamiyatga va pul hidini bilish qobiliyatiga ega – u jiyani Ernestni (Leonardo Di Kaprio) hindu oilasidan bo’lgan qizga uylantiradi. Shunday qilib, Ernest potensial ravishda neft konlarining merosxo’riga aylanishi mumkin – albatta agar hindular tomonidan hech kim tirik qolmasa. Shunda asosiy qahramonlar buni qanday amalga oshirish bo’yicha reja tuzib oladi.

“Jon Uik 4”

IMDb reytingi: 7.7/10

Janri: jangari

Rejissor: Chad Staxelski

Bosh rollarda: Kianu Rivz, Donni Yen, Bill Skarsgard

Davomiyligi: 2 soat 49 daqiqa

Nega ko'rish tavsiya etiladi? 2014-yilda “Jon Uik” filmi jangovar film aslida qanday – ijodiy, zamonaviy, hazil-mutoyiba bilan, ortiqcha mulohaza va falsafasiz bo'lishi kerakligini ko’rsatgan edi. O’shandan beri ekshenning har bir qismi rivojlanib bormoqda va bu borada jamoaning fantaziyasiga qoyil qolmay iloji yo’qdir. Barcha to'rtta film davomida Chad Staxelski muntazam ravishda Keanu Rivz tomonidan ijro etilgan ajoyib va haqiqiy ekshenni namoyish etib kelmoqda. “Jon Uik 4 “ham tomoshabinni 2,5 soat davomida hayajonda ushlab turishga muvaffaq bo’ladigan ajoyib filmdir.

Film nima haqida? Bunday filmlarda syujet asosan bir qator janjal va ta’qiblarni tushuntirish uchun kerak, shuning uchun syujetdan ko’p narsa kutmang. Ammo soddaligiga qaramay hikoyalar juda murakkab rivojlanadi. Killer Jon Uik uchun mukofot puli e’lon qilingan va u yashirinib yurishga majbur, lekin qahramon nihoyat hammasiga yakun yasamoqchi – buning uchun u qochmasdan, dushmanlarga qarshi turishi lozim.

“O’tmish hayotlari”

IMDb reytingi: 7.9/10

Janr: melodrama

Rejissyor: Selin Son

Bosh rollarda: Greta Li, Teo Yu, Jon Magaro

Davomiyligi: 1 soat 45 daqiqa

Nega ko’rish tavsiya etiladi? Yoshlik xotiralariga boy chiroyli melodrama, garchi aql qarshilik qilsa ham, hammasini qaytarish fikri aks etgan. Biroz xafa bo’lishni xohlaganingizda, melanxolik va romantik kayfiyatdagi ajoyib filmdir.

Film nima haqida? Yozuvchi Nora eri bilan Nyu-Yorkda yashab, baxtli hayot kechiradi va to’satdan eski do’stidan xabar oladi. U – ayol ko’p yillar davomida ko’rmagan va aloqada bo’lmagan uning birinchi muhabbatidir. Ular muloqot qilishni boshlaydi, bu esa Noraning butun odatiy baxtli hayotini xavf ostiga qo’yadi. Asosiy savol esa: Noraning his-tuyg’ulariga ustun keladimi yoki oqilona fikrlashi?

“Qulash anatomiyasi”

IMDb reytingi: 7.7/10

Janr: detektiv, drama

Rejissor: Justin Triye

Bosh rollarda: Sandra Hyuller, Svann Arlo, Milo Mashado Graner

Davomiyligi: 2 soat 31 daqiqa

Nega ko’rish tavsiya etiladi? Ushbu film doimiy ravishda yangi tafsilotlar paydo bo’ladigan keskin triller bo’lib, hammasi tushunarli bo’lib tuyulganda, to’satdan hamma narsa teskari aylanib, tomoshabin yana taxminlarda qoladi. Fransuz filmi fojiali murakkab oilaviy voqeani hikoya qiladi – bu esa keyinchalik yuzaga keladigan haqiqiy muammolarning boshlanishi bo’lib chiqadi.

Film nima haqida? Ko’zi ojiz bola uyda otasining jasadini topadi. O’z joniga qasd qilish, baxtsiz hodisa, qotillik – aslida nima bo’lganini hech kim bilmaydi. Bolaning onasi, muvaffaqiyatli yozuvchi yagona gumondor. Bir kun oldin u eri bilan qattiq janjallashdi va tergov ayolning turmush o’rtog'ini o'ldirishga qaror qilgan deb o’ylaydi. U ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Biroq, asta-sekin ma’lum bo’lishicha, oilada ilgari ham jiddiy mojarolar bo’lgan, ayolda esa aybdor emasligiga dalili yo’q.

Oppengeymer

IMDb reytingi: 8.3/10

Janr: biografik film, drama

Rejissyor: Kristofer Nolan

Bosh rollarda: Killian Merfi, Emili Blant, Mett Deymon, Robert Dauni-kichik

Davomiyligi: 3 soat

Nega ko'rish tavsiya etiladi? Kristofer Nolanning har bir filmi ommaviy kino tadbiridir. Bu filmda esa rejissyor qahramon obraziga ajoyib tarzda mos kelgan o'zining sevimli aktyori – Killian Merfini bosh rolga oldi. Bu o'zining yaratganlaridan dahshatga tushgan va "mijozlar" unga qanday munosabatda bo'lgan insoniyatning eng buyuk daholari biri haqidagi og'ir hikoyadir.

Film nima haqida? “Oppengeymer” – Nolanning eng yengil filmlaridan biri bo’lib, hatto syujet ajratmalari ham iloji boricha aniq: rangli, qora va oq suratda amalga oshirilgan. Yosh, ammo yaxshigina hurmatga sazovor bo’lgan fizik Robert Oppengeymer Amerika rahbariyatidan ikkinchi jahon urushini tugatadigan yangi turdagi ommaviy qirg’in qurollarini yaratish bo’yicha noyob loyiha ustida ishlash taklifini oladi.

Shu bilan bir vaqtda, Oppengeymerning o’zi atrofida voqealar rivojlanadi: u davlatga xiyonat deb hisoblanadigan kommunistlar bilan aloqalarda gumon qilinadi. Bundan tashqari, ko’pchilik nufuzli siyosatchilar va olimlar Robertni xush ko’rmaydi – atom bombasini yaratuvchisi atrofida xavfli hodisalar to‘plana boshlaydi.

“Barbi”

IMDb reytingi: 6.8/10

Janr: komediya, sarguzasht

Rejissyor: Greta Gervig

Bosh rollarda: Margo Robbi, Rayan Gosling

Davomiyligi: 1 soat 54 daqiqa

Nega ko’rish tavsiya etiladi? Hech bo’lmaganda, film haqidagi barcha stereotiplarni yo’q qilish uchun tomosha qilishga arziydigan filmdir. “Barbi” – bu o’spirin qizlar uchun yoqimtoy film emas, balki jamiyatning dolzarb muammolari: iste’mol madaniyati, gender tengsizligi, o’z qarashlariga qarshi chiqib boshqalarga yoqish istagi kabi juda jiddiy va keskin ijtimoiy komediya dramasidir.

Film nima haqida? Barbi (Margo Robbi) Barbilendda baxtli yashab, o’z rolini to’la-to’kis ijro etadi – kun bo’yi do’stlari bilan birga vaqtichoqlik qilib, hovuzda suzadi va quyoshda toblanadi. Hamda muskulli blondin Ken (Rayan Gosling) bilan ko’z urushtiradi. Kutilmagan bir paytda hammasi vayron bo’ladi: Barbi unga nimadir bo’layotganini tushuna boshlaydi. Muammolarning ildizi hayotimizdagi Barbilend ekani deb o’ylab, Barbi Ken bilan birga haqiqiy dunyoga yo’l oladi va u yerda qahramonlar juda ko’p muammolarga duch keladi.

“Air: katta sakrash”

IMDb reytingi: 7.4/10

Janr: biografik film, drama

Rejissyor: Ben Afflek

Bosh rollarda: Matt Deymon, Ben Afflek, Jeyson Beytman

Davomiyligi: 1 soat 51 daqiqa

Nega ko’rish tavsiya etiladi? Bu eng mashhur krossovka modellaridan biri – “Nike Air Jordan”ning paydo bo'lishi haqidagi ajoyib hikoyadir. Film sport haqida emas, balki korporativ kurash, ehtiyotkorlik bilan hisob-kitob qilish va instinktga pul tikish haqidadir.

Film nima haqida? Voqea saksoninchi yillarning o’rtalarida “Nike” jiddiy: krossovkalar savdosini oshirish kerak bo‘lgan muammoli vaqtlarda sodir bo’ladi. Buni taniqli sportchilar bilan reklama shartnomalarini imzolash orqali amalga oshirish taklif etiladi. Marketing bo’limining Bosh qahramoni Sonni o’sha paytdagi basketbolchi Maykl Jordanni ko’radi va bu kelajakdagi super yulduz ekanini tushunadi. Endi Sonni bir vaqtning o’zida ikkita yo’nalishda kurashishi kerak: “Nike” rahbariyatini taniqli bo’lmagan sportchining shaxsiy krossovkalarini ishlab chiqishga, Jordanning o’zini esa “Nike” bilan hamkorlik qilishi uchun barcha haqiqiy va yolg’on hiyla-nayranglar bilan ishontirishga urinadi.

“O‘rgimchak odam: Olamlar girdobi”

IMDb reytingi: 8.6/10

Janr: sarguzashtli multfilm

Rejissor: Joakin Dush Santush, Kemp Pauers, Jastin Tompson

Davomiyligi: 2 soat 20 daqiqa

Nega ko’rish tavsiya etiladi? ushbu yorqin multfilm ajoyib ekshen va hayot, to’g’ri yo'l tanlash va o’ziga bo’lgan ishonch haqida juda jiddiy fikrlarni mukammal tarzda o’zida birlashtiradi. “O’rgimchak odam: Olamlar girdobi” bolalar multfilmi kabi ko’rinsa-da, ammo u o’ylaganingizdan ko’ra jiddiyroq va murakkabroqdir.

Film nima haqida? Bosh qahramon Maylz Moralez, odatdagidek “O'rgimchak odam” olamida, yosh yigitning tanish hayoti va uning asosiy siri o’rtasida yuguradi. Shaharda yana bir yovuz odam e’lon qilinganda muvozanatni saqlash yanada qiyinlashadi. Maylz boshqa olamlardagi o’rtoqlari yordamisiz buni uddalay olmasligini tushunadi.