2024-yil yoz fasli soch turmaklari trendlari – yapon cholkasidan Odri Hepbyornning piksi turmagigacha
Soch turmagingizni yangilashni o‘ylab, 2024-yil yoz fasli soch turmaklari trendlarida adashib qoldingizmi? Biz noodatiy (ammo klassik uslubning belgilari bo‘lgan) soch kesish uslubini sinab ko‘rishingizni taklif qilamiz, axir ular 2024-yilning bahor-yoz namoyishlari stilistlari va mashhurlarning e’tiborini tortdi. Piksi, “bo‘ri”, yapon cholkasi, mushukcha turmagi va yana ko‘p boshqa turmaklar – siz uchun eng sara moda variantlarni to‘pladik.
2024-yildagi zamonaviy turmaklar
Bob + Piksi
2024-yilning yozida stilistlar qisqa soch kesish – piksi va bobning eskirgan variantlaridan charchashdi, shundan so‘ng ular ikkita variantni birlashtirib, yangi soch turmagini yaratishga qaror qilishdi. Ushbu soch kesish “biksi” deb nomlandi hamda ijtimoiy tarmoqlar va Moda haftaligida ovoza bo‘ldi. Bob va piksi uslubidan deyarli hech narsa, faqat sochning uzunligi va kesilgan qatlamlar qoldi. Ushbu soch turmagi sochlarining uzunligini qoldirib, ammo kalta kelsilgan sochlarga havas qiladiganlarga manzur bo‘ladi.
Midi bob
O‘rta uzunlikdagi bob turmagi “Google” qidiruv tizimidagi eng mashhur so‘rovlardan biri va stilist-sartaroshlarning mutlaq eng yaxshi ko‘rganidir. Avvaliga bu turmak haqida “Vogue” muharrirlari gapira boshlashdi, keyin esa ularga TikTok va Instagram’dagi byuti-ustalar ham qo‘shildi. O‘rtacha uzunlik o‘zi qayerda tugaydi? Midi bob yelka chizig‘idan, ammo agar siz birdaniga ko‘p kesishni xohlamasangiz, hech bo‘lmaganda o‘mrov suyagidan tushmasligi kerak – qisqacha qilib aytganda, bu juda o‘sib ketgan kare turmagiga o‘xshaydi.
“Bo‘ri” soch turmagi
Sartaroshlar 70-yillarning yulduzlarining arxiv suratlaridan ilhomlanishda davom etmoqda. Demak, “wolf cur”, ya’ni bizni tilda “bo‘ri” soch turmagi zamonaviy elementlar bilan yana qaytadan trendga aylanmoqda. Katta cholka, yuz atrofida yengil soch tolalari, bir qancha qatlamlar va yelkagacha uzunlikdagi soch – aynan shunday “bo‘ri” soch turmagi 2024-yilda yana trendga aylandi. Bu turmakning eng muhim va inkor etib bo‘lmaydigan afzalligi shundaki, u mutlaqo barcha turdagi sochlar – jingalak, tekis va hatto qo‘ng‘iroq sochlarga ham mos kelishidir.
“Kittycut” soch turmagi
“Bo‘ri” soch turmagining yengil va jozibaliroq versiyasi: silliq qatlamlar va uncha katta bo‘lmagan hajm – xuddi yoqimli mushukchangizning mo‘ynasi kabi. #kittycut heshtegi ostidagi virusli videolar blogerlari shunday fikrda.
Soch turmagining uzunligi o‘mrov suyaklari darajasigacha bo‘lsa-da, siz bu qoidani buzib, uni kaltaroq qilishingiz ham mumkin. “Qatlamlar” orasi hech bo‘lmaganda bir santimetrdan oshmasligi kerakligini ham unutmang. Aynan ana shu xususiyat soch qalinligini yo‘qotmagan holda, turmakdagi kerakli hajmni ta’minlaydi, sochlarga yengil ko‘rinish beradi. Yuz atrofida kalta soch tolalari yoki uzun cholkani qo‘shishingiz mumkin. “Kitty cut” turmagini turli usulda turmaklashingiz mumkin: soch quritgich yoki soch dazmoli bilan, eng dangasalar uchun esa tabiiy quritish usuli ham bor.
Yangicha zinapoya (“lesenka”)
Sezilarli, ammo mayin qatlamli soch turmagi ham bizga o‘tmishdan 2024-yil trendiga kirib kelgan. Bu turmak barchaga taniqli bo‘lgan “kaskad” yoki “zinapoya” turmaklariga o‘xshaydi, faqat uzun va silliq sochlardagi varianti. Mazkur soch turmagining afzalliklari: u yuzni sochlarning tabiiy go‘zalligini ta‘kidlaydigan mayin qatlamlar bilan o‘rab turadi. Shuningdek, bu variant umumiy obrazingizni muvozanatlash va muvaffaqiyatsiz soch bo‘yog‘ini yashirishi mumkin.
Yapon cholkasi
Yapon cholkasi bizga animelar, shuningdek, 90-yillarning mashhur “Sailor Moon” multserialidan kelgan, shundan so‘ng u soch turmagida katta o‘zgarish yaratdi. Stilistlarning ta’kidlashicha, bu soch turmagi varianti oldindan cholkasi bo‘lgan va o‘z qiyofasida keskin o‘zgarishlarni istamaydiganlar uchun mos keladi. Bundan tashqari, u “balkon-cholka”dan charchaganlarga ham manzur bo‘ladi. Yapon cholkasi – yengil va qalin emas, u yuzni to‘liq qoplab olmaydi, ko‘zga tushmaydi va hatto peshonani ochiq turishiga yordam beradi.
Kalta piksi
Bir vaqtlar aktrisa Odri Hepbyorn tomonidan mashhur bo‘lgan piksi soch turmagi yana trendga aylanmoqda. Piksining ko‘plab variantlar mavjud bo‘lsa-da, juda kalta piksi yoki “yigitcha” uslubi shu yil yozining trendi ro‘yxatiga kirgan. “Miu Miu” brendining yangi reklama kampaniyasida “Toj” serialining asosiy yulduzi Emma Korin ham aynan ana shu kalta-piksi soch turmagida suratga tushgani bejizga emas.
“O‘sib ketgan” mallet
2024-yilning eng mashhur soch turmaklaridan biri – mallet – yoz mavsumida ancha o‘sib ketdi va stilistlar uni uzun versiyada qoldirishga qaror qildi. Sochlaringizga uzun mallet turmagini takrorlash uchun sartaroshlar faqat sochlarning yuqori qismi va yuz atrofi tolalarni qisqartirishni, boshning orqa qismini uzinroq qoldirishni tavsiya qiladi. Muhim bir eslatma: boshning orqa qismidagi sochlar yelkalardan ham tushmasligi kerak. Aytgancha, soch turmagini vizual ravishda uzunlashtirishda qo‘l osti narsalarni ishlatish mumkin – masalan, “Dries Van Noten” shousidagi kabi patlar bilan. Ammo bu faqat dabdabali tadbirlar varianti hisoblanadi.