2025-yil yoz trendlari: tungi ko‘ylakdan tortib haltergacha — ularni Zara, Mango va boshqa brendlarda topish mumkin


Yozning birinchi oyi ortda qolgan bo‘lsa-da, hali deyarli yana ikki oy bor: demak siz Pinterest’da retro tungi ko‘ylak kabi libosni Zara’dan topib kiyishga yoki Heyli Biber uslubidagi halter-ko‘ylak sotib olishga bemalol ulgurasiz. 2025-yil yozining eng ommabop trendlari va ularga mos tarzda mass-market do‘konlarida nima xarid qilish mumkinligini jamladik.
Yozgi mavsumning pushti rangi
Bu rang eng nozik ranglardan biri bo‘lib, sutli kokteylni eslatadi. Organza matosidan tikilgan ko‘ylaklar, trikotaj shortik va yubkalar, kostyumlar, hattoki tutu-yupkalar! Asosiysi — obrazda to‘g‘ri aksentlar qo‘yish.

Mango: komplektini sotib olish

Tungi ko‘ylak yoki retro kombinatsiya
Bunday ko‘ylaklar Chloe, Dolce&Gabbana va boshqa lyuks brendlarining podiumlarida namoyish etilgan. Endi esa ular Zara kabi mass-market kolleksiyalariga ko‘chib o‘tgan. Qiziqarli jihati — ko‘ylak qanchalik tungi ko‘ylakka o‘xshasa, shunchalik yaxshi. Go‘yoki siz endigina to‘shakdan turgansiz-u, ishga otlangansiz.

Massimo Dutti: kontrastli jiyakli midi-ko‘ylak

Zara: dantelli, nafis ohangdagi ko‘ylak
Halter
2025-yil yozining eng dolzarb trendlaridan biri — halter yoqali top va ko‘ylaklar. Ushbu kesim bo‘yinga chambarak tarzida mahkamlanib, orqani ochib qo‘yadi. Bunday liboslar Prada kabi modalar uylari ko‘rgazmalarida bo‘lgan. Zamonaviy ikonalar — Bella Hadid va Heyli Biber bu trendni allaqachon ma’qullashgan.


Zara: halter yoqali yarim shaffof matodan midi-ko‘ylak
Baskali top
Google’da eng ko‘p izlanganlar obrazlardan biri. Bu trend har kimga ham mos kelmasa-da, vizual esda qolarli ko‘rinadi. Baskalar (ko‘krak ostidan kengayadigan parchalari) obrazga teatr uslubidagi o‘ziga xoslik va hajmli ko‘rinish beradi. Eksperiment qilishga tayyor bo‘lsangiz — sinab ko‘ring.

Mango: assimetrik, baskali top

Drapirovka
Go‘yo qadimgi yunon ma’budalari uslubidan ilhomlangan bu detal modachilar tomonidan sevilib foydalaniladi. Bunday ko‘ylaklar Bottega Veneta, Jacquemus, Ferragamo kabi brendlar ko‘rgazmalarida ko‘p bor paydo bo‘lgan. Hali sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz, aynan yoz fasli — shunday uslubdagi kiyimlarni kiyishni boshlash uchun eng yaxshi mavsum.

Zara: drapirovkali midi-ko‘ylak
