1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Makiyaj: 2025-yilda sinab ko‘rishga arziydigan Parij moda haftaligidan trendlar
22.07.2025

Makiyaj: 2025-yilda sinab ko‘rishga arziydigan Parij moda haftaligidan trendlar

Makiyaj: 2025-yilda sinab ko‘rishga arziydigan Parij moda haftaligidan trendlar

Parijning oliy moda haftaligi yakunlandi va u ortidan darhol sinab ko‘rgimiz keladigan make-up (makiyaj) trendlarini qoldirdi. Vizajistlardan ilhom manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi tendensiyalar bilan o‘rtoqlashamiz: ular “clean girl” estetikasini yoqtiradiganlar va zamonaviy san’at uslubidagi makiyaj ishqibozlari uchun ayni muddao bo‘lishi aniq.

Makiyajsiz makiyaj — porlash bilan

Chanel brendining namoyishi nafaqat san’at darajasidagi liboslari, balki modellarning parvarishlangan terisi bilan ham esda qoldi. Go‘yo ularning har biri SPA-dan chiqqandek edi! Buning siri — yaltirab turadigan tonalniy krem va ko‘p miqdordagi xaylayterda. Matlashtiruvchi upa va salfetkalarni esa bemalol unutsa bo‘ladi.

Ko‘zni tortuvchi strelkalar

Ko‘z qalamlari, podvodkalar va qop-qorong‘i tun rangidagi tenlar bilan qurollanamiz va qalin strelkalar chizamiz. Ular mukammal tekis yoki aniq bo‘lishi shart emas. Masalan, Armani ko‘rgazmasida ular modellarning yuqori qovoq bukilishiga chizilgan edi. Albatta, takrorlab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz, axir biz ham ulardan qolishmaymiz-ku!

Yuzga urg‘u

Qizil kristallar, chizilgan ko‘z yoshlari va yurakchalar, hattoki Maison Margiela modellaridagi niqob va sharflar — bularning barchasi yuzni mavsumning markaziy nuqtasiga aylantiradi. Yuz — bu faslning vizitkasi, rassomlik asari va chinakam san’at namunasi.

Qizil lab bo‘yog‘i

Barcha zamonlarning o‘lmas klassikasi — xuddi Koko Shanelning kichkina qora libosidek. Qizil lab bo‘yog‘ini Schiaparelli modasi namoyish qildi, Robert Wun esa uni noodatiy tarzda — modelning yuziga “chaplangan” ko‘rinishda ishlatdi.

Qoshlarsiz obraz

Rangsizlantirilgan yoki butunlay olinib tashlangan qoshlar — bu jasur obrazlarni yoqtiradiganlar va boshqalarning g‘alati qarashlaridan cho‘chimaydiganlar uchun. Masalan, Iris van Herpen modellarida aynan shunday qiyofa bor edi. Bunday moda ayniqsa och sochli qizlarga juda yarashadi!

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.