2024-yilgi to‘y uchun eng zamonaviy soch turmagi: xuddi Jey Lo kabi va “bebaho” ko‘rinishlarda. Takrorlaymizmi?
Yilning eng “qaynoq” va quvonchli pallasi — to‘y mavsumi boshlandi. Yoqimli his-tuyg‘ularga qaramay, u kelinchakni to‘y libosi, dekor, makiyaj va albatta, soch turmagi tanlovi bilan juda asabiylashtiradi.
Asab hujayralaringizni asraymiz va nafaqat oflayn rejimda, balki esdalik foto va videolarda ham ko‘zni quvontiradigan to‘y soch turmagini topishga yordam beramiz. Ularning bari 2024-yilgi bahor-yoz moda ko‘rgazmalari va super yulduzlarning stilistlari tomonidan eng zamonaviy to‘y soch turmaklari qatoridan o‘rin olgan.
Malvinka
Jennifer Lopezning to'y sochi mavjudligi bir necha yildan buyon trendda qolmoqda. Bu uning soddaligi, ixchamligi, nafisligi va bajarilishining osonligi tufaylidir. Buning uchun sizga bir nechta yordamchi vositalar kerak bo‘ladi: fen, nachos uchun taroq, qisqichlar va zakolkalar (va bant), shuningdek, soch ustasi yoki dugonangizning tajribali qo‘li. Shuningdek, siz (ixtiyoriy ravishda) Jey Lo kabi hajm uchun qo‘shimcha sochlar ulashingiz mumkin.
Suv parisi (nam ukladka)
Ushbu to‘y turmagiga 2024-yilning bahor-yoz mavsumlaridagi ko‘rgazmalarda guvoh bo‘ldik. Stilistlar kelinchaklarni shunday suv parilariga aylantirishni o‘ylab topdi va modellarning soch tutamlariga kuchli fiksatsiya gelini saxiylik bilan surishdi. Yuzga lokon qilingan sochni tushirsa, turmakning Armani modellari kabi yanada dramatik variantiga o‘xshaydi. Aytgancha, bunday turmak har qanday uzunlikdagi sochga mos keladi:
Qimmatbaho ukladka
Ushbu soch turmagi e’tibor markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radigan va o‘zining yorqinligi bilan kuyovning ko‘zini qamashtirishni orzu qiladigan kelinlarga yoqadi. Buning uchun sizga dazmol yoki ployka, kuchli lak, shuningdek, sochingiz uchun stras, marvarid, tosh yoki munchoq ko‘rinishidagi “qimmatbaho” qisqichlar kerak bo‘ladi.
Dramatik yig‘ilgan sochlar va fata
Dolce&Gabbana tomonidan taklif etilgan dramatik soch turmagi. Dizaynerlar fatani yoyilgan sochlarga o‘rnatishdan charchadi va boshqa yo‘llarni topdi: aksessuarni silliq va yig‘ilgan sochga o‘rnatishdi. Mazkur soch turmagi uchun gelni soch qatlamiga yaxshigina rusih kerak bo‘ladi.
Tartibsiz lokon
Ta’til mavsumi va dengiz haqidagi orzular bilan qorishgan tartibsiz soch turmagi odatiy, tartibli soch turmagiga eng yaxshi alternativa bo‘ldi. Bunday to‘y "bardak"ini istalgan diametrdagi ployka, ukladka uchun bir juft tomchilar va taroq yordamida yaratish mumkin. Lokon qilgach, sochlar sovushini bir necha daqiqa kutib turing, shundan keyingina ularni tarang. Tayyor! Endilikda siz soch turmagiga bir daqiqa ham vaqt sarflamagan ko‘rinasiz, lekin turmagingiz million dollarlik ko‘rinish beradi.
To‘y uchun soch turmaklari: asosiy trendlar
2024-yilda to‘y uchun mo‘ljallangan soch turmaklarida romantika va zamonaviylik uyg‘unligiga e’tibor qaratiladi. Kelinlar gullardan iborat aksessuarlar bilan uyg‘unlashgan yengil va tartibsiz soch turmaklarini tanlashi mumkin, bu esa obrazga yangilik bag‘ishlaydi.
Yuz chiziqlarini ta’kidlaydigan va diadema kabi nozik aksessuarlar bilan to‘ldirilishi mumkin bo‘lgan tepadan yig‘iladigan va xushbichim soch turmaklari urfda bo‘ladi.
Bundan tashqari, kelinlar sochlarga hajm va ajoyib ko‘rinish beradigan to‘qima va soch o‘rimlarini tanlaydilar. Bu elementlardan yoyilgan sochlarhda ham, yig‘ilgan soch turmaklarida ham foydalanish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘ziga xoslik va qulaylik trendi muhimligicha qoladi. Kelinlar butun kun davomida o‘zlarini ishonchli va tabiiy his qilishlariga imkon beradigan zamonaviy va ixcham soch turmaklarini tobora ko‘proq tanlamoqdalar.