РУ
O’Z
UZS
/
/
2024-yilning eng yaxshi animelari: har kimni o‘ziga jalb qiladigan seriallar tanlovi
04.07.2024

2024-yilning eng yaxshi animelari: har kimni o‘ziga jalb qiladigan seriallar tanlovi

2024-yilning eng yaxshi animelari: har kimni o‘ziga jalb qiladigan seriallar tanlovi

2024-yilda anime muxlislarini ko‘plab yoqimli yangiliklar: kult seriallarning qaytishi, yangi va istiqbolli animelarning premyeralari kutmoqda. E’tiboringizga yilning eng yaxshi, ijobiy izohlar olgan animelar ro‘yxatini taqdim etamiz. Qaysi animelarni hozir tomosha qilish kerak?

2024-yilning eng yaxshi anime seriallari – yangi relizlar: 

Yolg‘iz yuqoriga ko‘tarilish 

Janr: fentezi, ekshen, sarguzasht

Epizodlar: 12 (har biri 23 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 7-yanvar 

Syujet: 

Janubiy Koreya animesi yaqin kelajak haqida hikoya qiladi. Unda odamlar boshqa dunyo darvozasi niqobi ostida Apokalipsisdan oldingi davrga duch keladi. U yerdan esa, doimgidek, har xil yovuz kuchlar yerga kirib keladi. Ammo dunyo shu qadar rivojlandiki, ba’zi odamlar (Ovchilar) maxluqlarga qarshi kurashishga yordam beradigan superqudratlarga ega. Animening asosiy qahramoni Son Jin shunday kuchga ega bo‘lganlardan biri, lekin u jang maydonida o‘ladi yoki yo‘q? 

Barmoq uchidagi sevgi 

Janr: sedze, romantika

Epizodlar: 12 (har biri 23 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 6-yanvar

Syujet: 

Ta’sirli sevgi hikoyasi haqida so‘zlovchi romantik anime. Tug‘ma kar bo‘lgan Yuta allaqachon taqdiriga tan bergan. Talabaning hayoti xursandchiliklar va kundalik hodisalar: universitet, do‘stlar, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot bilan to‘la. Shunday kunlarning birida u chiroyli Itsuomi – sarguzashtchi, sayohatchi va hech qanday cheklovlarni qabul qilmaydigan odam bilan uchrashadi. Yoshlar oʻrtasida esa imo tilida haqiqiy muhabbat tug‘iladi. 

Shirinliklar zindoni

Janr: seynen, komediya, fentezi, gurman

Epizodlar: 24 (har biri 25 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 4 yanvar 

Syujet: 

Pazandalik shousidan iborat Netflix animesi. Hikoya Falin ismli qiz zindonga tushib qolishi va u yerda uni och ajdarho yeyishi bilan boshlanadi. Endi esa uning akasi va doʻstlari qizni ajdaho ichidan qaytarib chiqarishi uchun qo‘llaridan kelgan hamma narsani qilishi kerak. Ammo do‘stona jamoaning o‘zi bilan olib ketish uchun ovqat pishirishga vaqti va puli yo‘q, shuning uchun ular ovqatlarni o‘sha yerda pishirishi kerak bo‘ladi. Pishiriladigan “bo‘tqa” esa boltadan emas, haqiqiy maxluqlardan bo‘ladi. 

Jodugar va maxluq 

Janr: senen, ekshen, fentezi

Epizodlar: 12 (har biri 24 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 12-yanvar 

Syujet: 

Sehr-jodu, zamonaviy haqiqat va jiddiy mavzularni qamrab olgan anime. Syujet markazida (xarakteri va o‘tmishdagi qilmishlari uchun) bir jodugar tomonidan la’natlangan – Gida ismli qiz turadi. Asosiy qahramon jafokordan oʻch olish uchun Sehrli ordenga ishga kirishga majbur boʻladi. Endi uning hayoti doimiy tekshiruvlarga to‘ladi, shuningdek, orqasida tobut ko‘tarib shahar bo‘ylab yurishdan qoʻrqmaydigan yoshi katta va tajribali hamkasbi Ashafning aql o‘rgatishi esa ortiqchalik qiladi.

O‘lmas sarguzashtchi 

Janr: ekshen, sarguzasht, fantastika

Epizodlar: 12 (har biri 23 daqiqa)

Chiqarilgan sanasi: 8-yanvar 

Syujet:

Bu yerda abadiy yashash va unga erishish yoʻllari haqidagi savollar ko‘tarilgan. Oddiy yigit Rent hech qanday maxsus iste’dodga ega emas va abadiylik haqida hech qachon o‘ylamagan: u ko‘p yillar davomida pul topish uchun goblinlarni o‘ldiradi. Ammo kun kelib, uning bir xil kechayotgan kunlari nihoyasiga yetadi – Rent tasodifan ajdahoga duch keladi. Ajdaho esa bu omadsiz bilan gap talashib o‘tirmay, uni yutib yuboradi va shunda eng qiziq syujet boshlanadi.

Kamui Ninzya

Janri: ekshen, fentezi, fantastika

Epizodlar: 13 (har biri 23 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 11-fevral 

Syujet:

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining premyerasidan oldin ham tarqalib ketgan anime. Syujetda o‘g‘li va xotinini o‘z klanidan Amerikaning qishlog‘iga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan Jo Logan ismli sobiq ninzya haqida hikoya qilinadi. Ammo uning oilasini topishadi: Loganning oila a’zolari oʻldiriladi, u esa moʻjizaviy tarzda tirik qoladi va morgda uyg‘onadi. Shu daqiqadan boshlab uning boshida faqat bitta: yaqinlarining o‘limidan qasos olish fikri aylanadi. 

Janob Yaramasning dam olish kuni

Janr: fentezi, drama, komediya

Epizodlar: 12 (har biri 23 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 8-yanvar 

Syujet:

Muxlislar kundalik hayotdan charchagan har bir kishiga tavsiya qiladigan anime seriali. Janob Yaramas bilan tanishish vaqti keldi. U dunyoni zabt etish va uni yo‘q qilish vazifasi bo‘lgan Zulmat armiyasining generalidir. Ammo u faqat ish kunlarida shunday. Dam olish kunlari esa u oddiy narsalar: muzqaymoq yeyish, sayr qilish va hayvonot bog‘iga borishdan zavqlanadigan eng muloyim odamdir. Hech kim, hatto abadiy raqiblari – qoʻriqchilar ham uning rasmiy dam olish kunini tortib olishga jurʼat qilmaydi.

99-darajali yaramas ayol: Men boshliqman, jinlar qiroli emasman

Janr: fentezi, sarguzasht, drama, komediya

Epizodlar: 12 (har biri 23 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 9-yanvar 

Syujet:

Besh yoshli aristokrat qizga oldingi hayotida zamonaviy Yaponiyada yashagani haqidagi g‘alati hayollar keladi, hozirda esa uning hayoti jinlarning boshlig‘i vazifasini bajaradigan otome-o‘yindan iborat. Ammo qiz “ssenariy”ga amal qilishni istamaydi va yashirincha o‘zining sehrli mahoratini rivojlantiradi. Oradan yillar oʻtib, u Qirollik sehri akademiyasining talabasi boʻlganda, uning qobiliyatlari 99-darajada ekani ayon boʻladi, demak, unda hech qachon sokin hayot boʻlmaydi. 

Buttigiri?! 

Janr: fentezi, komediya

Epizodlar: 12 (har biri 24 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 13-yanvar 

Syujet:

“Andegraund” uslubi va qaltis hazil-mutoyibaga ega anime bo‘lib, o‘ziga sevimli yorni topmoqchi bo‘lgan kamtar yigit Aladdin haqidagi anime. Ammo hammasi kutilmagandek sodir bo‘ladi: qahramon yangi maktabga boradi, u yerda urushqoq Jin bilan uchrashadi va ko‘cha bezorilariga qo‘shilib qoladi. Shunday vaqtlarda, Aladdin sevib qoladi va endi u kuchga ega bo‘lish, obro‘sini ko‘tarish va go‘zal sinfdoshining mehrini qozonish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilishi kerak. 

Metall Ruj 

Janr: ekshen, fantastika

Epizodlar: 13 (har biri 22 daqiqadan)

Chiqarilgan sanasi: 11-yanvar 

Syujet:

Ekshen va robotlar, shuningdek, erkinlik hamda sun’iy intellekt mavzusida monologlar bo‘lgan anime. Serialda odamlar androidlar bilan yonma-yon yashaydigan kelajak dunyosi haqida hikoya qilinadi. Ular xavfli emas, chunki omon qolishlari uchun maxsus suyuqlik ichadi. Ammo neanlar orasida kuch-qudratga ega bo‘lgan va yashash uchun kurashishga hojati yo‘qlar ham bor. Ular oddiy odamlarning hayotiga rahbarlik qilishadi, shuningdek, karyera qurishadi: masalan, mahalliy hukumatda ishlaydigan va xuddi shu “maxsus odamlarni” kuzatadigan Ruj kabi.