РУ
O’Z
UZS
/
/
Nikoh to‘yi uchun soch turmaklari, kelin ko‘ylaklari va guldastalari. To‘ylarning 2024-yildagi barcha trendlari
25.11.2024 (yangilandi 26.11.2024)

Nikoh to‘yi uchun soch turmaklari, kelin ko‘ylaklari va guldastalari. To‘ylarning 2024-yildagi barcha trendlari

2024-yilning to‘y marosimi trendlari: to‘yni chiroyli va unutilmas o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

To‘y mavsumida o‘zingizning yoki taklif etilgan to‘yga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi bo‘yicha yo‘riqnoma tuzdik. Guldastalar, to‘y soch turmagi, makiyaj va manikyur, kelinlik libosi va hayotdagi asosiy tadbirlardan birini tashkil etishda sizga albatta kerak bo‘ladigan boshqa narsalar haqida batafsil aytib o‘tamiz.

https://giphy.com/gifs/warnerarchive-classic-film-warner-archive-father-of-the-bride-26vUEyJaDVODr3HUc 

2024-yilda to‘y liboslari trendlari

Bu yilgi to‘y moda tendensiyalari ro‘yxati klassik oppoq, qaymoqli va fil suyagi rangli liboslarni o‘z ichiga oladi, asosiy e’tibor esa to‘r, gullar va kutilmagan keyp, ya’ni yelkaga tashlab qo‘yiladigan nakidkalar bo‘ldi. Keling, ushbu mavsumda eng zamonaviy kelinlik liboslari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rib chiqamiz. 

Buket-ko‘ylak 

Gullar to‘y modasining klassikasi ekani shubhasiz, albatta. Umuman olganda yoz faslidagi to‘y romantikaga burkangan o‘zgacha go‘zal marosimlar majmuidir. Shuning uchun dizaynerlar bu borada asosiy e’tiborni gulga qaratishi bejiz emas. Kelinlik libosining etagidan tortib yoqasigacha gulli applikatsiya bilan bezatilishida qanchalar ko‘p romantika va nafislik mujassamligini aytmaysizmi.  

To‘rli ko‘ylaklar

Garchi ba’zi odamlar to‘rli ko‘ylaklarni uncha xush ko‘rishmasa-da, biz to‘y modasining an’anaviy va hamma vaqtlarning trendllari bo‘lgan bu turdagi kelinlik liboslarining tarafdorimiz. Buning dalili sifatida mashhur dizaynerlarning o‘ziga xos dizayndagi to‘rli ko‘ylaklarini ko‘rib, o‘sha to‘rni yoqtirmaydiganlar fikrlarini o‘zgartirsalar ajab emas.

Minimalizm 

“90-larning minimalistik” mashhur tendensiyasi nafaqat modaga ishqiboz ayollarning garderoblarida, balki 2024=yilning to‘y modasiga ham aylandi. Bu hammaga ma’qul kelmoqda! Ortiqcha bezaklar va murakkab bichimlarsiz, universal, qomatni ta’kidlaydigan liboslar – zamonaviy kelinlarning eng ko‘p talablari hisoblanmoqda. Bunday minimalistik uslubdagi ko‘ylaklarning yana bir afzalliklari ularning qulay tuzilishi sabab nafaqat to‘y marosimlarida, balki boshqa ziyofatlarda ham kiyish mumkinligi.

Asosiy bezaklardan biri – bantik 

Moda sanoati bantiklardan faol foydalanishda davom etmoqda. Hozirda bantiklarni hamma joyda – sumkalardan tortib manikyurgacha, soch turmagidan toʻy liboslarigacha uchratish mumkin. Kelajakda ham ular trendda boʻlishiga dizaynerlarning yangi toʻplamlari bunga dalil boʻlmoqda – “Rotate” brendi bantni yurak yonida yoki belni ta’kidlash uchun foydalanishni taklif qiladi. Ammo siz bu trendni oʻzingizga mos tarzda oʻzgartirishingiz ham mumkin.

Keypli (yelkaga tashlab qo‘yiladigan nakidka) ko‘ylak 

Agar siz original kiyinishni istasangiz yoki Emma Stounning “Sho‘rlik baxtsizlar” filmidagi liboslari sizga yoqqan boʻlsa (aytgancha, kostyum dizaynerlari Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan), u holda sizga keypli toʻy libosi varianti albatta yoqadi. Bundan tashqari, nakidkani oʻzingizga yoqqan istalgan bezak – gullar, biserlar, toshlar, patlar, milliy naqshlar bilan bezashingiz mumin. Ikkita trendli ko‘ylak: “Amsale” brendi bantiklari bilan keypli nakidkaga nima deysiz?

2024-yilning to‘y soch turmagi, makiyaj va manikyur

Soch turmagi, makiyaj va manikyur kelinchak obrazida e’tibordan qoldirib bo‘lmaydigan muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi har kimga ham to‘g‘ri kelmaydigan trendlardan foydalanishni maslahat bermaymiz, undan ko‘ra doim modada bo‘lgan klassik uslubga diqqatingizni qaratmoqchimiz. Ammo u ham o‘zgarishlarga moyil, shuning uchun tavsiyalarimizda lak bilan yopishtirilgan gullar, ko‘zni oppoq tenlar bilan bo‘yash va boshqa allaqachon modadan qolgan trendlar yo‘q.

To‘y marosimlari uchun soch turmaklari uslubi yengillik, soddalik va minimalistik tarzda foydalanilgan aksessuarlardan iborat. Oddiy soch turmaklarini lenta, zakolka, bant, marvarid va hatto mini-toj bilan o‘ziga xos turmakka aylantirish mumkin.

To‘y makiyajiga kelsak, bu yerda ham aniq bir qoida mavjud emas. Asosiysi, g‘ayrioddiy va haddan tashqari yorqin makiyajdan qochib, ko‘p soatlar davomida turib beradigan va o‘zingizni iloji boricha qulay his qilishingizga yordam beradigan makiyaj bo‘lishi kerak. Turli yangicha obrazlarni o‘zingizda sinab ko‘rishni yoqtirasizmi? Obrazingizga mos keladigan va tabiiy go‘zalligingizni ta’kidlaydigan klassik bosiq makiyaj yoki fantaziyali afsonaviy makiyajmi – bu sizga bogʻliq.

To‘y makiyaji uzoqroq turishi uchun esa stilistlar yuzingizni yaxshilab tayyorlashni (tozalash, namlash), turli makiyaj qatlamlarini qo‘llashdan qo‘rqmaslikni (baza, tonal kremi, pudra) va eng asosiysi – to‘y makiyajini oldindan bir o‘zingizda sinab ko‘rishni maslahat beradi. Axir, siz kosmetikani teringizga qanday ta’sir qilishini hamda sizga yoqqan suratdagi obraz aynan sizga qanday ko‘rinishini bila olmaysiz.

Toʻy manikyurini qilishdan oldin sizga aytmoqchi boʻlgan asosiy maslahatimiz – yangi uslublarni toʻy manikyuriga qilib koʻrmang. Ishonchingiz komil boʻlgan manikyur ustasini tanlang. Yangi shakllar va dizaynlarni tanlamasdan, nafis hamda to’y koʻylagingiz va makiyajinigzga mos keladigan uslubni tanlashingizni tavsiya qilamiz. 

Toʻy manikyuri trendlari ham yorugʻlik tezligida oʻzgarib turadi, ammo “french” va bir rangdagi “nyud” uslubi eng sevimli manikyur boʻlib qolmoqda. 2024-yilda gullar, toʻr, turli oʻlchamdagi toshchalar yoki marvaridlardan foydalangan holda oʻziga xos uslubli manikyur qilishingiz mumkin. Shu yili yana bir trend “vtirka” uslubi ham toʻy manikyuri uchun ajoyib tanlov boʻladi.

2024-yilning to‘y guldastasi trendlari 

Zamonaviy kelinlar orasida qanday gullar eng katta talabga ega va kelinchakning har bir dugonasi qanday guldastani tutib olishni orzu qilishini bilib olamiz. 

Minimalistik va ixcham

Kelinning butun obrazini toʻsib qoʻymaydigan va qo‘lda tutish oson boʻlgan guldastalar hozir trendda. Shuning uchun katta kompozitsiyalarni tanlamang, ular allaqachon modadan qolgan. 

Tabiiy guldastalar

Tabiiy koʻrinishga ega boʻlgan guldastalar koʻp yillardan beri toʻy mavsumining trendiga aylanib bormoqda. Floristlarning ta’kidlashicha, toʻy guldastalarini tuzishda qancha koʻp tabiiylik boʻlsa, shuncha yaxshi. Bu hatto sizning sevimli oddiy romashka gullaridan tayyorlangan guldasta boʻlsa ham juda ajoyib koʻrinishga ega bo‘ladi.

2024-yil to‘ylarga qanday gullarni sovg‘a qilish yaxshiroq? 

Hozirgi kunda bog‘ gullar, pionlar, ranunkulyus kabi gullar doimiy ravishda to‘ylarda sovg‘a qilinadigan gullar hisoblanadi. Ularning barchasini Instagram sahifalari va mashhurlarning suratlarida ko‘p ko‘rish mumkin.

Ularga qo‘shimcha tarzda nozik, uzun poyali alstromeriya, nilufar va boshqa gullarni ham hadya qilsangiz bo‘ladi.

To‘y gullarining yana bir trendi yovvoyi, dala va bog‘larda o‘sadigan romashka, gulidovud va siren – mavsumiy gullarni sovg’a qilish yaxshi an’anaga aylanmoqda.

2024-yil to‘ylarining asosiy trendlari: 

Dunyo bo‘ylab to‘ylarda uchraydigan trendlar.

  • Stilistik to‘ylardan uzoqlashib, klassikaga qaytish. Boho, rustik yoki Getsbi ziyofatlari endilikda modadan qolmoqda, buning o‘rniga hamma o‘zicha original tarzda to‘y marosimini o‘tkazishni istamoqda.
  • Yoshlar dekoratsiya uchun nostandart g‘oyalar: imkon qadar yorqin, ulkan foto zonalar va yorqin detallar yoki buning aksi – sokin ranglar, minimalistik idishlar bilan bezatilgan stollar va tabiiy materiallarni tanlashmoqda. Asosiy e’tiborni sifatga qarating!
  • Judayam g‘ayrioddiy to‘y ziyofatini tashkil etishni xohlovchilar esa kechki ziyofatni kutubxona, xususiy galereya, otxona, xo‘jalik hovlisi va hatto zavod omborxonasida o‘tkazishlari mumkin!
  • Marosimni o‘tkazish jadvali ham o‘zgarmoqda: ba’zilar bir-birlariga ahdu-paymon berish marosimini kunduzi emas balki kechqurun – quyosh botish arafasida o‘tkazishni afzal ko‘rmoqda.
  • To‘y tadbirlariga ijodiy yondashuv hozir urfda. Ba’zi kelin-kuyovlar to‘ylarida mashhur qo‘shiqchiliar emas, balki ularning yaqin do‘stlari ijro etishini yoki yaqinlari bilan birgalikda qandaydir qiziqarli shartlar bajarib to‘yni o’tkazishni xohlaydi. O‘ziga xos to‘yni tashkillashtirishda hech ikkilanmang, axir bu sizning orziqib kutgan kuningiz, qolaversa kim biladi deysiz, balki to‘yingizda qo‘llagan qiziqarli bir ish keyinchalik trendga aylanib qolishi mumkin.