29-avgust: uzoq umr ko‘rish bayrami va tuzsiz dieta kuni
29-avgustda fizik Maykl Faradey birinchi marta elektr transformatoridan foydalangan, SSSR universitetlarda sirtqi ta’lim joriy etilgan, Shvetsiya, Islandiya va Afg‘oniston BMTga qabul qilingan. Xuddi shu kunda “The Beatles” San-Frantsiskoda o‘zining so‘nggi konsertini ijro etgan. 2009-yilda esa butun dunyo bo‘ylab Maykl Jekson xotirasiga flash-moblar o‘tkazilgan. 29-avgustda qanday bayramlar taqvimga kiritilganini quyidagi maqoladan bilib oling.
Yadroviy sinovlarga qarshi kun
BMT tomonidan tashkil etilgan bu bayram butun dunyoda 29-avgustda nishonlanadi. Asosiy maqsad – yadroviy sinov oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish, shuningdek, qurol-yarog‘siz tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash.
Uzoq umr kuni
Barchamiz uzoq umr ko‘rish va abadiy yoshlik sirini bilish, boy va baxtli yashab, hech qarimaslikni xohlaymiz. Bunga qanday erishish sirlarini esa – sayyoramizdagi eng yoshi katta odamlar aytib berishdi.
Mototsiklning tug‘ilgan kuni
Eng mashhur transport vositalaridan biri. Qiziqarli fakt: mototsikl “qimmatbaho” bo‘lishi mumkinligini bilarmidingiz? Masalan, rassom Jek Armstrong bilan birgalikda yaratilgan dizaynerlik “Harley” mototsiklining narxi 1 million dollardan oshadi!
Tuzsiz dieta kuni
29-avgustda bayram sharafiga bir kun davomida tuzdan voz kechish, kimyoviy va do‘kondan sotib olingan ziravorlarni xushbo‘y tabiiy o‘tlar bilan almashtirishni taklif qilamiz. Bugun bozorga borib, kerakli tabiiy o‘tlarni sotib olish, organizmni tozalash va hatto shishlardan xalos bo‘lish uchun yaxshi sabab.
Limon sharbati kuni
Bugun ko‘proq limon sharbati qo‘shilgan H2O ichamiz. Tongni limon sharbati qo‘shilgan bir stakan iliq suv bilan boshlasangiz, toksinlardan xalos bo‘lasiz va metabolizmingizni yaxshilaysiz, degan fikrni nutritsiologlar va ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar aytdi.