3-avgust: tarvuzlar bayrami va uyni umumiy tozalash kuni
3-avgustda dengiz sayohatchisi Xristofor Kolumb Yangi dunyoni kashf qilish uchun birinchi ekspeditsiyaga yo‘l oldi, Moskvada XXII Olimpiya o‘yinlarining yopilishi bo‘lib o‘tdi, Londondagi Pikkadilly maydonida birinchi svetoforlar o‘rnatildi, Nyu-Yorkdagi radiostansiyalardan birida esa tinglovchilarni yangi tovush effekti – eshikning qarsillashi (u ikkita yog‘och bo‘lak yordamida yaratilgan) tovushi bilan hayratda qoldirishdi. Bugun – 3-avgust taqvimida yana qanday ajoyib va qiziqarli voqealar va bayramlar borligini ko‘rib chiqamiz.
Tarvuzlar kuni
Eng shirin va suvli meva, to‘g‘rirog‘i juda katta rezavorning bayrami. Bolalar va o‘z qomatlarini ayaydiganlar uchun ideal shirinlik. Tezroq bozorga borib, mavsumiy bir suvli tarvuzni sotib oling, yaxshisi – ikkita, butun oila a’zolaringiz bilan mazza qilib yeyish uchun.
Qumdan yasalgan qasrlar kuni
Ushbu bayramni nishonlash uchun samolyot chiptalarini sotib olib, dengizga uchib borishingiz shart emas (agar bunga tayyor bo‘lsangiz, biz siz uchun faqat xursand bo‘lamiz). Shahar sharoitlarida qolganlar uchun biz alternativ variant – yozgi-hovli yoki qumdonda qumdan qasrlar yasashni taklif qilamiz. Hech bo‘lmaganda, qumdan bolalikdagi kabi nonchalarni yasash ham hisobga o‘tadi.
Blyuz musiqasi kuni
Haqiqiy musiqa ixlosmandlariga yoqadigan bayram. Agar siz afro-amerikaliklarning “aristokratik” va lirik musiqasini tinglashni yoqtirsangiz, eng mashhur blyuz san’atkorlarining hit qo‘shiqlarini tinglang: Erik Klepton, Bessi Smit, B.B. King. Ular sizni bu musiqa janrini sevib qolishga undashadi.
Pollarni yuvish kuni
Hozirgi issiqda ayni kerakli narsa – uyni umumiy tozalash va shanbalik uyushtirish. Uydagi barcha tozalash vositalarini olib, ishga kirishamiz. Faqat buning bugun bitta sharti bor, tozalash ishlarini a’lo kayfiyat va yaxshi musiqa (o‘sha blyuz janri musiqasi) bilan birga amalga oshiramiz. Aytgancha, bu fitnes va sport mashg‘ulotlariga ajoyib alternativa bo‘la oladi, axir bir soatlik pol yuvish – 150-180 kaloriyani ketkizadi.
Alopetsiya (sochlarning to‘kilishi)ga qarshi kurashish kuni
Bugungi kun trixologlar autoimmun kasallik haqida eslatadigan kun bo‘lib, ular alopetsiyaning oldini olish haqida gapirishadi, kosmetologlar esa soch to‘kilishiga qarshi layfhaklar va maskalar bilan bo‘lishadi. Bu borada o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida, sochni tez o‘stirish usullarini o‘rganib chiqdik.