РУ
O’Z
UZS
/
/
Yotib, chaynab va kaloriyani yo‘qotishning boshqa noodatiy usullari
12.07.2024

Yotib, chaynab va kaloriyani yo‘qotishning boshqa noodatiy usullari

Yotib, chaynab va kaloriyani yo‘qotishning boshqa noodatiy usullari

Orzuingizdagi qomatga erishish uchun sport zalda “yashab” yoki qattiq dieta qilish yo‘li bilan emas, balki kichik va organizmingiz uchun hatto yaxshi odatlar bilan boshlash mumkinligini bilarmidingiz? Biz tez va oson kaloriyani yo‘qotish va ozishning g‘ayrioddiy 10 ta usulini topdik. 

Dietasiz kaloriyani qanday yo‘qotish mumkin?

Yoting 

Bu hazil emas, balki to‘shakda mushaklarning progressiv tinchlanishidir! Yuqoriga qarab yotib, qo‘llaringizni yon tomonga qo‘ying. Endi, oyoq barmoqlaridan boshlab, tananing barcha qismlarining mushaklarini torting va bo‘shating. Masalan: oyoq barmoqlarini siqib, darhol bo‘shating, so‘ngra oyoqning kaftiga o‘ting. Asta-sekinlik bilan pastki a’zolardan yuqoriga qarab tananing har bir mushaklarini ishga soling. Shu tarzda siz nafaqat kaloriyalarni yo‘qotasiz, balki tinchlanasiz ham. Bu usul bilan uyqusizlikka qarshi kurashish ham mumkin. 

Chaynang 

Albatta, pitssa yoki tort emas, balki saqich chaynash kerak. Ma’lum bo‘lishicha, “reklamadagi kabi” nafasni yangilash va og‘iz gigienasidan tashqari, saqich 12 daqiqada 11 kaloriya yo‘qotishga yordam berar ekan. To‘g‘ri juda kam, lekin baribir yoqimli. Ammo oshirib yubormang: saqich tishlardagi plombalarga zararli ekanligini unutmang. 

Avtomobilni tuzating 

Mashinangiz g‘alati tovushlar chiqarib, hadeb buzilishi sizni asabiylashtirmoqda, ammo tuzatish uchun hamyoningizda yetarlicha pul yo‘qmi? Unda mexanik usta rejimini yoqib, mashinani o‘zingiz tuzatishga harakat qiling! Shunda siz ham pulingizni tejagan bo‘lasiz, shuningdek qomatingizni yaxshilab olasiz. Bir soat davomida “kapot ostida” g‘ayrat bilan ishlash 100 dan ortiq kaloriyani yo‘qotadi. 

Pishiring va dasturxonni bezang 

Ma’lum bo‘lishicha, kechki ovqatga tayyorgarlik ko‘rish qomatingiz uchun ham foydali ekan. Bu vaqt ichida (30-40 daqiqa deb olsak) siz 100 kaloriya yo‘qotishingiz mumkin! Ovqat tayyorlashda to‘g‘rash, maydalash, oshxona bo‘ylab yurishlar va dasturxonni oila a’zolaringiz uchun bezatishlar – sizga kichik bir shirinlik uchun joy ajratishga yordam beradi. 

Kuling 

Kulgi – nafaqat uzoq umr ko‘ruvchilar, balki barcha qomatlilarning ham siridir. Komediya, qisqa kulgili seriallar yoki stend-up’ni tomosha qilish, do‘stlaringiz bilan qiziqarli oqshom o‘tkazish – organizmga, shuningdek qomatingizga ham foyda keltiradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, kattalar kulganda (o‘rtacha) minutiga bir yarim kaloriya yo‘qotadi.

Telefonda gaplashing

O‘tirgan holda emas, u yerdan bu yerga yurib gaplashing! Agar siz ham shunday yurib telefondan gaplashishingiz yomon odat va boshqalarni asabiga tegadigan jarayon deb o‘ylasangiz adashasiz! Shunday yarim soat mazza qilib gaplashishingiz minus 100 kalorigaya tengligini bilish yoqimli, to‘g‘rimi? 

Liftdan voz keching 

To‘g‘ri, u kerakli manzilga yetib borish vaqtini qisqartiradi, lekin qomatli bo‘lishga yordam bermaydi. Zinadan ko‘tarilayotganda esa bir daqiqada o‘rtacha 8 dan 10 kaloriya va tushayotganda yarim baravar kamroq kaloriya yo‘qotishingiz mumkin. Juda kammi? Unda ushbu mashqni hamma yerda va hamma joyda bajarishga harakat qiling – nafaqat ofisda va uyga qaytishda, balki savdo markazida aylanganda va metroda ham. Hech qanday eskalatorlardan foydalanmang! 

Baliq oviga boring 

Agar orangizda baliq ovlash ishqibozlari bo‘lsa (yoki eringiz bu hobbiga qiziqsa), shahar tashqarisiga baliq oviga boring. Sohil bo‘yida yoki qayiqda uzoq o‘ttirishlar avvalo sizga xotirjamlik hissini beradi, baliq ovlash qarmog‘i bilan 30 daqiqa “mashq qilish” esa taxminan 100 kaloriyani yo‘qotadi. Uyda esa sizni mazali “Baliq sho‘rva” kutadi! 

Sakrang

Bolalikni eslash va sport mashg‘ulotlarini kundalik ishlarga qo‘shish vaqti keldi. Yo‘q, biz sizga yugurishni boshlash yoki gantellarni ko‘tarishni taklif qilmaymiz, shunchaki sakrashingizning o‘zi kifoya. Arqon bilan 10 daqiqa sakrasangiz, 110 kaloriya yo‘qotasiz, shuningdek limfani “yurgizib yuborasiz”, shunda nafaqat ortiqcha vazn, balki shishlarni ham unutasiz. 

Bog‘da sayr qiling 

Agar o‘z yozgi uyingiz yoki hovlida bog‘ingiz bo‘lsa (podyezd yaqinidagi gulzor ham bo‘laveradi), ular yordamida kaloriyalarni yo‘qotishingiz mumkin. Hech tugamaydigan shanbalik, mavsumiy hosilni yig‘ish, gullar ekish, barglarni supurish kabi yer ishlarini bajarsangiz, yarim soat ichida 100 kaloriyadan xalos bo‘lasiz.