РУ
O’Z
UZS
/
/
4-sentabr: “Google”ning bayrami va O‘zbekistonda o‘quv yilining boshlanishi
03.09.2024

4-sentabr: “Google”ning bayrami va O‘zbekistonda o‘quv yilining boshlanishi

4-sentabr: “Google”ning bayrami va O‘zbekistonda o‘quv yilining boshlanishi

4-sentyabrda birinchi markaziy elektr stansiyasi ishladi – buning uchun amerikalik ixtirochi Tomas Edisonga minnatdorchilik bildiramiz. Xuddi shu kuni boshqa yillarda Nyu-Yorkda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi kafe ochildi, “Kodak” brendi yaratildi, Yevropa do‘konlari javonlarida ilk kolgotkalar paydo bo‘ldi, Rossiya televideniyasida “Nima? Qayerda? Qachon?” (“Что? Где? Когда?”) ko‘rsatuvining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu bugungi sanada sodir bo‘lgan voqealar, 4-sentabrda qaysi bayramlarni unutmaslik kerakligi haqida esa quyida ma’lumot oling. 

“Google” kuni 

Garchi “Google” 27-sentbrda o‘z tug‘ilgan kunini nishonlasa-da, aynan 1998-yil 4-sentabrda Larri Peyj va Sergey Brin kelishib olib, dunyodagi eng mashhur korporatsiya shartnomasiga imzo chekishgan. Buni bayramga tayyorgarlik deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston Respublikasida Bilimlar kuni 

O‘zbekistondagi Mustaqillik kuni sharofati bilan berilgan dam olish kunlari tugadi, demak barchamiz ish tartibimizga qaytishimiz kerak. 4-sentabrda barcha ota-onalar va bolalar uchun birinchi raqamli vazifa esa o‘quv yilini to‘g‘ri va yaxshi kayfiyatda boshlashdir. Maktabga oson moslashish haqida psixolog maslahatlaridan foydalaning. 

Taekvondo kuni 

Bugun butun dunyo Koreyada ixtiro qilingan mashhur jang san’atining bayramini nishonlaydi. Agar siz ham ushbu sport turi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, Toshkentdagi taekvondo markazlarini ko‘rib chiqishingizni taklif qilamiz. U yerga hatto farzandingizni ham yozdirib qo‘ying, kelajakda o‘ziga ishonchi ortadi.

“O‘zingizga qo‘shimcha shirinlik baxsh eting” kuni 

O‘zbekistondagi dam olish kunlaridan so‘ng ish tartibiga qaytish qiyin, ammo o‘zingizga juda qat’iy bo‘lmasdan – ko‘nglingiz tusagan shokolad yoki uyda tayyorlangan pirogni iste’mol qilishga ijozat bersangiz bunga erishish oson bo‘ladi. Faqat qondagi shakar darajasi ko‘tarilib ketmasligi uchun dietologlar va nutritsiologlar tushlikdan so‘ng iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. 

Makadamiya kuni 

Eng foydalilar ro‘yxatiga kiritilgan va tanamizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yong‘oqlarning kuni. Makadamiyani O‘zbekistonning istalgan bozoridan xarid qilib, bo‘tqalar, shirinliklarga qo‘shib yoki o‘zingiz bilan yengil tamaddi sifatida olib iste’mol qilishingiz mumkin. Ikki-uch dona yong‘oqni iste’mol qilsangiz, tushlik paytigacha sizni to‘q saqlaydi.