$100 верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
5-dekabrda qanday bayramlar nishonlanadi? Ko‘ngillilar kuni va eng noshud kun
05.12.2024

5-dekabrda qanday bayramlar nishonlanadi? Ko‘ngillilar kuni va eng noshud kun

5-dekabrda qanday bayramlar nishonlanadi? Ko‘ngillilar kuni va eng noshud kun

5-dekabrda Xristofor Kolumb Gaitiga yetib borgan, amerikalik Aaron Allen o‘rindiqli kresloga patent olgan, Londonda “Buyuk tutun” boshlangan va “Sektor Gaza” guruhi tashkil topgan. Bu – bugungi kunda sodir bo‘lgan esda qolarli tarixiy voqealar. Xo‘sh, bugun – 5-dekabr bizni qanday bayramlar bilan xursand qiladi? Batafsil o‘qing.

image

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

icon

Xalqaro ko‘ngillilar (volontyorlar) kuni

5-dekabr munosabati bilan sizni ko‘ngillilar safiga qo‘shilib, hayrli ishlar qilishga taklif qilamiz. Fondlar, hayvonlar boshpanalariga yordam berish yoki qariya qo‘shningizga g‘amxo‘rlik qilish – hammasi inobatga olinadi.

Nindzya kuni

Ba’zi manbalarga ko‘ra, ushbu bayram 5-dekabrda “Oxirgi samuray” filmi premyerasiga bag‘ishlangan. Ammo bu bayramning yanada madaniy sababi bor: bu yapon bayrami bo‘lib, unda “nindzyutsu” jang san’ati ustalari sharaflanadi.

Onlayn tadbirkorlar kuni

Bu kun uyda o‘tirib, internet orqali ishlayotgan va daromad qilayotgan insonlarga bag‘ishlangan. Aksariyat hollarda ular o‘z onlayn biznesini boshqaradi va yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanadi. Bu inson siz bo‘lishingiz yoki bolalar ta’tilida bo‘lgan tortlar pishirayotgan onangiz bo‘lishi mumkin.

Eng noshud kun

Rasmiy bo‘lmagan va hazil tariqasida nishonlanadigan bayram. Bu kuni odamlar nolish va kundalik hayotidan shikoyat qilishadi (agar ish kuniga to‘g‘ri kelsa). Kimningdir boshi og‘riydi, yana kimdir ish ko‘pligidan shikoyat qiladi, yoki pul yo‘qligidan noliydi. Xullas, kun yurishmaydi.

“Zaxer” torti kuni

Dunyoning eng mashhur desertlaridan biri bo‘lib, uni asosan Venada yeyishadi. Agar Motsart mamlakatiga sayohatga chiqmagan bo‘lsangiz, ushbu tortni uyda pishib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Eng yoqimli tomoni shunda-ki, uni tayyorlash unchalik qiyin emas.

“Zaxer” torti retsepti (20 sm qolip uchun)

Торт Захер, пошаговый рецепт с фото на 602 ккал

Xamiriga:

Shakar – 120 gr

Un – 120 gr

Qora shokolad – 120 gr

Sariyog‘ – 120 gr

Tuxum – 6 dona

Nachinka va glazuriga:

O‘rik jem (murabbo) – 200 gr

Limon sharbati – 1 osh qoshiq

Shokolad – 100 gr

Sariyog‘ – 20 gr

30% qaymoq – 80 ml

Tayyorlanishi:

  • Ishni biskvit tayyorlashdan boshlaymiz: shokolad va yog‘ni eritib, aralashtiramiz.
  • Tuxum oqini sarig‘idan ajratamiz. Sarig‘ni shakar bilan aralashtirib, havoli massa hosil qilamiz. Unga shokolad-yog‘ aralashmasini qo‘shamiz va lopatka yordamida aralashtiramiz.
  • Unni qo‘shamiz va yana aralashtiramiz. Oqlarni shakar bilan ko‘pik holiga keltiramiz.
  • Oqlarning uchdan birini shokoladli massaga qo‘shib, aralashtiramiz, keyin qolgan qismini ham solamiz.
  • Xamirni sariyog‘ surtilgan shaklga quyib, 40 daqiqa davomida (180 darajada) pishiramiz. Bu vaqtda jemni elakdan o‘tkazamiz.
  • Biskvitni sovutib, ikki qismga bo‘lamiz. Yarmiga jem suramiz. Qolgan jemni limon sharbati bilan qaynatib, tortni shimdiramiz.
  • Glazur tayyorlash: qaymoqni isitib, unga shokolad va sariyog‘ni eritib qo‘shamiz. Tayyor aralashma bilan tortni qoplab, sovutishga qo‘yamiz. 3-4 soatdan keyin yoki kechasi bilan sovutib, dasturxonga tortamiz.

5-dekabrda tug‘ilgan mashhur insonlar

Patrisia Kaas – fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi 

23 мая Патрисия Каас привезет в Минск живое шоу | ЖЖ. Женский журнал

Doktor Dre – amerikalik reper 

Dr. Dre раскритиковал социальные сети за разрушение «магии артистов»

Timur Alixanov – o‘zbek blogeri

Что привлекает блогера Тимура Алиханова в девушках

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.