РУ
O’Z
UZS
/
/
Toping.uzʼda afisha: “Osiyo goʻzali” Shaxrizoda dam olish kunlarida qayerlarga borishni rejalashtirayotganini aytdi
23.08.2024

Toping.uzʼda afisha: “Osiyo goʻzali” Shaxrizoda dam olish kunlarida qayerlarga borishni rejalashtirayotganini aytdi

Toping.uzʼda afisha: Shaxrizoda dam olish kunlarida qayerlarga borishni rejalashtirayotganini aytdi

Avgust oyining yakuniga ham kirib keldik. Endi buyogʻiga shaharni shoʻx-shodon oʻquvchilar va talabalarning kulgilari toʻldiradi. Shu sababli bu dam olish kunlari sokin shahar hayotidan bahramand boʻlish uchun eng qimmat imkoniyatlardan biridir. Taniqli bloger Shaxrizoda Madaminova 24–25-avgust kunlari qayerlarga borishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumot berdi.

Shaxrizoda Madaminova taniqli bloger va model hisoblanadi. U 2024-yilning may oyida Livan poytaxti Beyrut shahrida boʻlib oʻtgan “World next top model” tanlovida ishtirok etib, “Osiyo goʻzali” unvonini qoʻlga kiritgan. Ushbu maqolada modelning Toshkentdagi eng sevimli manzillari haqida soʻz boradi.

Hordiq

Yapon bogʻi va uning tevarak-atrofidagi yashil maydon eng koʻp keladigan manzillarimdan biri hisoblanadi. U yerda sokinlik va xotirjamlikni his qilaman. Shovqin shahar hayotidan yiroqda, oʻz fikrlarim bilan yolgʻiz qolishim mumkin.

Bogʻ atrofida dam olish va piknik uyushtirish uchun koʻplab qiziqarli manzaralarga ega joylar bor. Jumladan, ekspo markazning yon tomonida soy boʻyida oʻtirib, hordiq chiqarish mumkin. Bu manzarani oʻzingiz koʻrib, his qilmasangiz, men tasvirlab berishim qiyin.

Kino

Men filmlarni koʻplab insonlar orasida, muhokama qilib tomosha qilishni yoqtiraman. Shu sababli kinoteatrlarga tez-tez borib turaman. Hozir eng sevimli kinoteatrim bu albatta UGL Cinema klubidir.

Yakkasaroy tumanidagi sobiq “Bobur” bogʻi hududida joylashgan kinoteatr jahon va oʻzbek kinosi shedevrlarini doimiy tarzda namoyish etadi. Bu safargi dam olish kunlarida “Sen bilan uchrashguncha” va “Bir kun” kabi kinolar namoyish etilarkan.

Taom

Men milliy taomlar shaydosiman. Chet ellardagi safar vaqtida darrov oʻzbek oshxonasinin sogʻinib qolaman. Albatta, hech qaysi bosh oshpaz onamdek ovqat tayyorlab berolmaydi. Ammo Kebabika restorani ovqatlarini alohida taʼkidlashni xohlardim.

Restoranning Ganga va Minorda ikkita filiali mavjud boʻlib, ularning har ikkisida ham xizmat koʻrsatish sifati, ovqatlar mazasiga gap boʻlishi mumkin emas. Eski China Shashlik oʻzining turli-tuman mazali kaboblari bilan mashhur hisoblanadi. Unda shashlikning 10 dan ortiq turi bor.

Goʻzallik

Men tashqi koʻrinishimni, ayniqsa, tirnoqlarimga parvarishni faqatgina Express Beauty jamoasiga ishonaman. Bu salon Toshkentda yangicha formatda ishlaydi, yaʼni undan butun oila foydalanishi mumkin. Shaharda salonning 7 ta filiali mavjud.

Xizmat koʻrsatish sifati betakror: mutaxassislar mijozlar bilan eski qadrdonlardek iliq munosabatda boʻlishadi va doim kayfiyatni koʻtarishadi. Narxlar ham bozor uchun oʻrtacha, bu narxga bunday yuqori sifatli ish qilish tahsinga sazovor. Agar salonga bormoqchi boʻlsangiz, oldindan joy buyurtma qilishni unutmang.

Meʼmorchilik

Qadimiy va doimo navqiron Toshkent meni arxitektura majmualari bilan ham oʻziga rom etib kelgan. Eski shahar qismida Chorsu bozori, Koʻkcha masjidi, Navoiy koʻchasida esa nisbatan yangi tarixga oid obidalarni tomosha qilishni yoqtiraman. Ular odamga koʻp narsalarni soʻzlaydi.

Shu bilan birga, shaharning markazi hisoblangan Mirobod va Yakkasaroyda ham sayr qilishni xush koʻraman. Bu yerda zamonaviy meʼmorchilik sanʼatining eng yangi namunalarini koʻrish mumkin. Baland binolar xalqona ruh bilan uygʻunlashtirilgan holda qurilayotgani meni doim hayratda qoldirgan.