верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“An-Nassr” Ronaldu klubdan ketishini e’lon qilishga tayyorlamoqda
30.05.2025

“An-Nassr” Ronaldu klubdan ketishini e’lon qilishga tayyorlamoqda

“An-Nassr” Ronaldu klubdan ketishini e’lon qilishga tayyorlamoqda

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi tajribali hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Marca nashriga tayanib Championat xabar bermoqda.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 29-may kuni klub matbuot anjumani o‘tkazadi. Unda tarkib va boshqaruvdagi bir qator o‘zgarishlar haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbir davomida Ronaldu bilan xayrlashishni ham e’lon qilishi mumkin.

Joriy mavsum “An-Nassr” Saudiya Pro Ligasida 70 ochko to‘pladi va turnir jadvalining uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Ular chempion “Al-Ittihod”dan 13 ochkoga ortda qoldi. 40 yoshli Ronaldu esa musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Portugal hujumchisi 25 ta gol urishni uddaladi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2023-yildan beri “An-Nassr” sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 30-iyun kuni yakuniga yetadi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.