Andijonda 300 metrli osma koʻprik qurilmoqda
Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani togʻlarida 45 metr balandlikda uzunligi 300 metr boʻlgan osma koʻprik qurilmoqda. U turistik maskanga tegishli boʻlib, tez orada foydalanishga topshiriladi. Koʻprik bitgach, undan bir vaqtning oʻzida 40 nafar sayohatchi foydalanishi mumkin.
Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani togʻlarida 45 metr balandlikda osma koʻprik qurilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu prezidentning turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha bergan topshirigʻi doirasida bajarilmoqda.
Koʻprikning uzunligi 300 metr. Uning qurilishi tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Koʻprik turistik maskanlardan biriga tegishli boʻlib, “Orzu” deb nomlanadi, undan bir vaqtning oʻzida jami 40 nafar sayohatchi foydalanishi mumkin.
Viloyat hokimligi Xoʻjaobodda bu kabi yangi tashabbuslarni amalga oshirish harakatlari davom etishini maʼlum qildi.