верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Auksionda eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 421,1 mln so‘mga sotildi
16.05.2025

Auksionda eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 421,1 mln so‘mga sotildi

Auksionda eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 421,1 mln so‘mga sotildi

Bu ko‘rsatkich o‘n kun avvalgi rekord narxga deyarli teng. Xaridor avtoraqamni rasmiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshirishi va uni ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

13-may kuni avtoraqam.uzex.uz savdo platformasida o‘tkazilgan onlayn auksionda jami 659 ta avtoraqam sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 644 tasi jismoniy shaxslar, qolgan 15 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan avtomobil raqamlariga to‘g‘ri keladi. Eng arzon avtoraqam 1,9 mln so‘mga sotildi.

Savdo maydonchasida xarid qilingan eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 421,1 mln so‘mni tashkil etdi.

Bu 2-may kuni auksionda qayd etilgan rekord narx (422,3 mln so‘m) bilan deyarli teng ko‘rsatkichdir. Endi savdoni yakunlash uchun xaridor to‘lovni amalga oshirishi va avtoraqamni ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Joriy yilning o‘tgan davri bo‘yicha eng qimmat avtoraqam 10-yanvar kuni birja savdolari orqali sotilgan avtoraqam bo‘lib qolmoqda. Uning qiymati 509,6 mln so‘mni tashkil etgan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.