“Kapitan Amerika: Yangi dunyo”: Marvelning yangi filmi syujetini tushunish uchun oldin qaysi filmlarni ko‘rish kerak


Marvelning “Kapitan Amerika: Yangi dunyo” filmi allaqachon kinoteatrlarda namoyish etilmoqda va baholarga qaraganda, 2025-yilning eng yaxshi blokbasterlaridan biriga aylanishi mumkin. Film superqahramonlik olamini sevuvchilar uchun ayni muddao: u Marvel koinoti hikoyasini davom ettiradi va avval tanish bo‘lgan qahramonlarni qaytaradi. Ushbu filmni to‘liq tushunish va syujetga tayyorlanish uchun oldindan ko‘rish tavsiya etiladigan filmlar ro‘yxatini tuzdik.
“Kapitan Amerika: Yangi dunyo” filmidan oldin qaysi filmlarni ko‘rish kerak?
Agar siz Marvel olamiga endi qadam qo‘yayotgan bo‘lsangiz, birinchi navbatda “Kapitan Amerika: Birinchi qasoskor” (2011) filmini tomosha qilish tavsiya etiladi. Bu film asosiy qahramonning qanday qilib oddiy askardan haqiqiy superqahramonga aylanganini hikoya qiladi.
Shu tariqa davom etamiz: “Birinchi qasoskor: Boshqa urush” (2014), “Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik” (2016). Avval Kris Evans bosh rolni ijro etgan bo‘lsa-da, u 2021-yilgacha Kapitan Amerika obrazida qolgan. Endi esa bu rolga yangi qahramon tayinlangan.
“Kapitan Amerika: Yangi dunyo” filmidan oldin qayta tomosha qilish tavsiya etiladigan filmlar shu bilan tugamaydi. Agar siz syujetni tushunmoqchi, barcha ishoralarni baholamoqchi, sevimli qahramonlaringizning qaytishidan xursand bo‘lmoqchi va ekranda nima bo‘layotganini sevgan yoringizga (yoki do‘stingizga) tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi filmlarni ham ko‘rib chiqishingiz kerak:
“G‘aroyib Halk” (2008)
Doktor Bryus Banner o‘zining g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lishiga sabab bo‘lgan kasalligiga davo izlaydi. Ammo hissiyotlarini boshqara olmasa, u yashil gigant Halkka aylanib ketadi. Bir guruh bosqinchilar bilan kurashib yurgan bir paytda, hammasi to‘satdan o‘zgaradi. Uning qarshisida esa nihoyatda kuchli dushman paydo bo‘ladi.
“Qasoskorlar: Intiho” (2019)
“Omon qolgan” Qasoskorlar jamoasi a’zolari va ularning ittifoqchilari qudratli Tanosni to‘xtatish uchun reja tuzish va birlashishga majbur bo‘ladilar. Tarixdagi eng dahshatli va fojiali jangdan so‘ng ular uchun xato qilishga imkon yo‘q: xavf ostida nafaqat superqahramonlarning hayoti, balki butun insoniyatning taqdiri turibdi.
“Qirg‘iy va Qishki askar” (2021)
Sem Uilson (Entoni Maki) yangi Kapitan Amerika sifatidagi debyutini amalga oshiradi. Unga oldingi Kapitan – Stiv Rojers tomonidan yuklangan vazifani ado etish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, Qishki askar Baki ham jamiyatga qaytib, zamonaviy dunyo imkoniyatlari bilan tanishishga harakat qiladi.
“Abadiylar” (2021)
Ming yillar oldin Yerga Olimpiya sayyorasidan bir guruh superqobiliyatli odamlar yuborilgan. Har biri o‘zining noyob qobiliyatiga ega bo‘lib, insoniyatni deviantlardan himoya qiluvchi Abadiylar safiga mansub edi. XXI asrga kelib, bir necha asr davomida barcha yovuz mavjudotlar yo‘q qilinib, superqahramonlar tinch hayot kechirishayotgandek edi. Ammo aslida shunday emas edi: bir deviant tirik qolgan edi. Endi dunyoning turli burchaklarida yashayotgan Abadiylar yana birlashib, dushmanga so‘nggi zarbani berishlari kerak bo‘ladi.