Munisa Rizayeva onasini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi


Mashhur o‘zbek xonandasi Munisa Rizayeva onasini tug‘ilgan kuni bilan mehr-muhabbat ila qutlab, Instagram sahifasida onasi va turmush o‘rtog‘i bilan tushgan rasmlarini e’lon qildi.
Munisa o‘z murojaatida shunday dedi: “Onam. Onajonim. Sevimligim. Hayotimning har qanday vaziyatida ham men bilan bir xil his-tuyg‘ularga ega bo‘lgan yagona inson.
Bugun oilamizda katta bayram. Oilamizning ustuni, hayotimiz tarbiyachisi, har bir qadamimizni qo‘llab-quvvatlovchi inson bugun yana 18 yoshini nishonlamoqda.
Aynan siz bizning onamiz ekanligingizdan baxtiyorman. Agar menga 1000 ta ona tanlash imkoniyati berilganida, men har doim faqat sizni tanlagan bo‘lardim. Sevaman, qadrlayman va yonimizda bo‘lganingiz uchun shunchaki tashakkur aytaman!”, — deya o‘z fikrlarini bayon etdi Munisa.