РУ
O’Z
UZS
/
/
Namanganda III xalqaro asal festivali boʻlib oʻtdi
04.11.2024

Namanganda III xalqaro asal festivali boʻlib oʻtdi

Namanganda III xalqaro asal festivali boʻlib oʻtdi

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bogʻida 1−3-noyabr kunlari III xalqaro asal festivali boʻlib oʻtdi. Festival doirasida asalarichilik sohasidagi rivojlanish va Oʻzbekistonda asalni qayta ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, festivalda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya kabi mamlakatlardan kelgan mehmonlar va mahalliy asalarichilar ishtirok etdi. 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchi oʻz mahsulotlarini taqdim etgan, ular orasida turli xildagi asal mahsulotlari bilan ishtirok etgan asalarichilarning ishlari alohida qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, tadbirning soʻnggi qismida 50 dan ortiq mahalliy va xorijiy asalarichiga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi. Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy asalarichilar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Unda 2025−2026-yillarda amalga oshiriladigan 8 million dollarlik eksport shartnomalari tuzildi.

Festival davomida konsert dasturlari, sport tadbirlari va asalarichilik sohasidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazilgan. Namangan viloyatida oʻtkazilgan ushbu festival asalarichilik sohasini rivojlantirish va mahalliy tadbirkorlarning xalqaro bozorlarga chiqishini taʼminlagan.