РУ
O’Z
UZS
/
/
Avval va hozir: “Opa-singillar” seriali aktyorlari 12 yilda qanchalik oʻzgardi?
04.10.2024

Avval va hozir: “Opa-singillar” seriali aktyorlari 12 yilda qanchalik oʻzgardi?

Avval va hozir: “Opa-singillar” seriali aktyorlari 12 yilda qanchalik oʻzgardi?

Rejissyor Zamira Begimqulovaning eng mashhur asari sifatida aytiladigan serial 2012-yilda suratga olingan. Kartina saundtrekini xonanda Abzal Husanov kuylagan.

“Opa-singillar” seriali 2012-yilda rejissyor Zamira Begimqulova tomonidan suratga olingan. U loyiha suratga olinishiga oʻgʻil tugʻmaslikda ayblangan ayollar hayoti sabab boʻlganini aytadi.

Serialda taniqli ijodkorlar: Kamola Arslonova, Nargiza Roʻziboyeva, Gavhar Sharipova, Saida Rametova, Dilorom Karimova, Rasulxon Qodirxonov va Behzod Mirzayevlar rol ijro etgan.

Toping.uz muharrirlari serial aktyorlarining 12 yil ichida qanchalik oʻzgarganiga qiziqdi va ularning avvalgi hamda hozirgi suratlarini bitta maqolaga jamladi. Kelgusi 10 daqiqa vaqtingizni maroqli oʻtkazasiz, degan umiddamiz.

Serialdagi asosiy qahramon Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yili vafot etgan. Rejissyor ushbu aktrisa bilan ishlash doim qiyin boʻlganini aytadi.

Murod rolini ijro etgan aktyor Behzod Mirzayev hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida talabalarga aktyorlik mahorati fanidan saboq beradi.

Javlon rolini ijro etgan aktyor Elbek Fayziyev hozirgi kunda suratga olinayotgan koʻplab tarixiy filmlarda suratga tushmoqda. U “Mendirman Jaloliddin” serialida ham ajoyib rolni ijro etgan.

Nargiza Shermatova 21 yoshida “Opa-singillar” serialida Nasiba rolini ijro etgan. U hozirgi kunda oilali va farzandi Yasinbekning tarbiyasi bilan band. Aktrisa goh-goh kinolarda suratga tushmoqda.

Ikrom rolini ijro etgan aktyor Rasulxon Qodirxonov Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqiy teatrida faoliyat yuritadi. U 25 yoshida “Opa-singillar” serialida suratga tushgan.

Aziz Qobilov “Opa-singillar” seriali orqali debyut rolini ijro etgan. U ayni kunda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi. Aktyor, shuningdek, bir nechta filmlarda ham bosh rollarni ijro etgan.

Ushbu maqola yordamida sizga xotiralar olamiga shoʻngʻishga yordamlasha olgan boʻlsak, oʻz vazifamizni toʻliq bajargan boʻlamiz. Toʻplamni filmni sevib tomosha qilgan yaqinlaringizga ham ulashib, ularni hayratda qoldirishni unutmang. Keyingi maqolalarda koʻrishguncha, oʻzingizni ehtiyot qiling!