РУ
O’Z
UZS
/
/
Avval va hozir: “Osmondagi bolalar” filmi aktyorlari 22 yilda qanchalik oʻzgardi?
22.09.2024

Avval va hozir: “Osmondagi bolalar” filmi aktyorlari 22 yilda qanchalik oʻzgardi?

Avval va hozir: “Osmondagi bolalar” filmi aktyorlari 22 yilda qanchalik oʻzgardi?

Rejissyor Zulfiqor Musoqovning shoh asari sifatida tilga olinadigan drama 2002-yilda suratga olingan. Filmda Sevara Nazarxon va Tohir Sodiqovning qoʻshiqlaridan foydalanilgan.

“Osmondagi bolalar” filmi 2002-yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan. Kinoloyiha ssenariysini Musoqov Rixsiboy Muhammadjonov bilan birgalikda yozgan.

Unda taniqli ijodkorlar: Muzaffar Saʼdullayev, Timur Musoqov, Kristina Toirova, Aziz Sultonov, Malika Alimova, Jumadulla Rametov va Rajab Adashevlar rol ijro etgan.

Toping.uz muharrirlari serial aktyorlarining 22 yil ichida qanchalik oʻzgarganiga qiziqdi va ularning avvalgi hamda hozirgi suratlarini bitta maqolaga jamladi. Kelgusi 10 daqiqa vaqtingizni maroqli oʻtkazasiz, degan umiddamiz.

Muzaffar Saʼdullayev (Hamdam) kinokarerasi unchalik uzoqqa choʻzilmagan boʻlsada, aktyor unutilmas rollarni gavdalantirishga ulgurgan. U “Osmondagi bolalar”da ham, “Vatan”da ham bosh rollarni ijro etgan. Bu filmlar hozirda milliy kino sanʼatining oltin durdonalaridir.

Timur Musoqov (Baxtiyor) 1984-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U film rejissyori Zulfiqor Musoqovning oʻgʻli hisoblanadi. Ushbu aktyorning karyerasi ham u qadar omadli kechmadi. Kichik Musoqov bir nechta filmlarda rol oʻynadi va rejissyorlik qildi.

Kristina Toirova (Lola) “Osmondagi bolalar” filmidagi bosh roli bilan kino olamida shov-shuv koʻtargan aktrisa negadir keyinchalik kartinalarda koʻrinish bermadi. U faqatgina oradan 20 yil oʻtib suratga olingan oʻsha mashhur filmning uchinchi qismida suratga tushdi xolos.

Aziz Sultonov (Javohir) ham anʼanani buzmadi. Aktyorning eng mashhur roli deb bemalol “Osmondagi bolalar”dagi ijrosini aytish mumkin. Sultonov undan keyin ham bir qancha filmlarda suratga tushdi. Ammo bu uning karyerasini muvaffaqiyatli davom ettirishiga yordam bermadi.

Davron Gʻulomov (Xurshid) kvartetning soʻnggi ishtirokchisi boshqalardan farqli ravishda boshqa filmlarda umuman suratga tushmagan. U bir nechta takliflar boʻlganini, ammo oʻzi bu sohada ishlashni xohlamaganini aytadi. Gʻulomov hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi.

Jumadulla Rametov (Hamdamning otasi) filmda piyonista va masʼuliyatsiz ota obrazini gavdalantirgan. Dadasining oʻxshamagan hayoti deb qiyinchiliklarda yashayotgan oilani hali maktabni ham tugatmagan Hamdam boqishga urinadi. Hozirda mashhur aktyor Jumadulla Rametov ogʻir xastalikka chalingan.

Ushbu maqola yordamida sizga xotiralar olamiga shoʻngʻishga yordamlasha olgan boʻlsak, oʻz vazifamizni toʻliq bajargan boʻlamiz. Toʻplamni filmni sevib tomosha qilgan yaqinlaringizga ham ulashib, ularni hayratda qoldirishni unutmang. Keyingi maqolalarda koʻrishguncha, oʻzingizni ehtiyot qiling!