РУ
O’Z
UZS
/
/
Avval va hozir: “Tutash taqdirlar” seriali aktyorlari 15 yilda qanchalik oʻzgardi?
17.10.2024

Avval va hozir: “Tutash taqdirlar” seriali aktyorlari 15 yilda qanchalik oʻzgardi?

Avval va hozir: “Tutash taqdirlar” seriali aktyorlari 15 yilda qanchalik oʻzgardi?

Rejissyor Zamira Begimqulovaning eng mashhur asari sifatida tilga olinadigan serial 2009-yilda tasvirga olingan. Kartina ssenariysini Nazar Eshonqul yozgan.

“Tutash taqdirlar” seriali 2009-yilda rejissyor Zamira Begimqulova tomonidan suratga olingan. Loyiha inson hayotidagi turli qiyinchiliklar va ularni matonat bilan yengib oʻtish haqida.

Serialda taniqli ijodkorlar: Yulduz Hamidova, Jamshid Arslonov, Jaʼfar Moʻminov, Nilufar Hamidova, Gulbahor Yoʻldosheva, Nafisa Mamadiyorova, Feruz Burhonov va Mehriddin Rahmatovlar rol ijro etgan.

Toping.uz muharrirlari serial aktyorlarining 15 yil ichida qanchalik oʻzgarganiga qiziqdi va ularning avvalgi hamda hozirgi suratlarini bitta maqolaga jamladi. Kelgusi 10 daqiqa vaqtingizni maroqli oʻtkazasiz, degan umiddamiz.

2010-yillarning eng mashhur aktyorlaridan biri hisoblangan Jaʼfar Moʻminov (Aziz) ayni paytda AQSHda yashaydi. U “Opa-singillar” seriali toʻliq tasvirga olib boʻlinmasdan turib, qoʻshma shtatlarga koʻchib ketgan.

Nilufar Hamidova (Nargiza) oʻsha paytlarda uzun sochli oʻzbek kelini obrazini gavdalantirgan mashhur aktrisa edi. U ham bir nechta omadli loyihalarda suratga tushgan. Aktrisa ayni paytda Instagramʼda faol ravishda blog yuritadi.

Yulduz Hamidova tomoshabinlar uchun juda “yopiq” ijodkor hisoblanadi. Sababi aktrisa OAVga deyarli intervyu bermaygan, ijtimoiy tarmoqlarda faol emas. U 10 yildan ortiqroq AQSHda istiqomat qilib kelmoqda.

Oʻzbek Medeyasi nomi bilan tanilgan aktrisa Gulbahor Yoʻldosheva (Jamila) uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 2019-yil 11-iyun kuni vafot etgan. U rejissyor Bahodir Yoʻldoshevning rafiqasi, aktyor Bobur Yoʻldoshevning oʻgay onasi hisoblanardi.

Serialdagi Raʼno obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Nafisa Mamadiyorovaning asl kasbi raqqosalik hisoblanadi. U serial ommaga taqdim etilgach, turmushga chiqqan. Nafisa bir nechta rollar uchun tushgan takliflarni rad etganini aytadi.

Mehriddin Rahmatov (Rustam) ayni paytda teatrda faoliyat yuritadi. U kino va pul uchun ishlangan mahsulot oʻrtasida katta farq borligini aytib, Ahad Qayum tomonidan ishlangan filmlar haqiqiy sanʼat asari emasligini taʼkidlagan. Aktyorning aytishicha, hali ham yaxshi filmlar ishlash uchun imkoniyat bor.

Serial saundtrekini taniqli xonanda Shuhrat Daryo ijro etgan. Qoʻshiqda tilaklar ushalmagani uchun shoʻrlik yurakka oʻziga xos tarzda dalda beriladi. Muallif goh kim aybdor ekanini izlasa, goh barchaga taskin berishga harakat qiladi.