Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Barchin Gʻofurova shaxsiy hayotiga oid katta sirni ochiqladi
20.02.2025

Barchin Gʻofurova shaxsiy hayotiga oid katta sirni ochiqladi

Barchin Gʻofurova shaxsiy hayotiga oid katta sirni ochiqladi

Aktrisa Barchin Gʻofurova “Sayyod” YouTube kanaliga bergan intervyusida ismini oʻzgartirishiga sabab boʻlgan voqea haqida gapirdi.  

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Uning soʻzlariga koʻra, baʼzi insonlarga ularning ismi ogʻir kelishi mumkin. Bir necha yil avval u aslida Umida boʻlganini, biroq maʼlum sabablarga koʻra ismini oʻzgartirishiga toʻgʻri kelganini aytdi.  

Aktrisaning taʼkidlashicha, u bir yigit bilan 9 yil davomida sevishib yurgan, ammo yigitning oilasi uni kelin sifatida qabul qilishni istamagan. U aktrisa boʻlgani sababli bu qarorga kelishgan. Shu tufayli unga “issiq-sovuq” qilishgan va natijada u ogʻir ruhiy holatga tushib qolgan.

Oʻz hududlarida bunday holatni “vos-vos” deb atashlarini bildirgan aktrisa, bu narsa unga kuchli taʼsir qilgani sababli bir necha marta oʻz joniga qasd qilishga uringanini ham qoʻshimcha qilgan.  

U oʻsha davrda yoʻl oʻrtasida turib mashina tagiga oʻzini tashlash haqida oʻylagan paytlari boʻlganini, onasi esa uni turli shifokorlarga olib borgani, biroq hech biri unga yordam bera olmaganini aytdi.

Hatto toʻylarda kuylash vaqtida ongida oʻzgarishlar yuz berib, “Bu yerda men nima qilyapman?” degan fikrlar kelgan. Unga hatto qulogʻiga kimdir “oʻzingni oʻldir” deb shivirlagandek tuyulgan. Shu sababli 2018—2019-yillarda u oʻz ismini Barchinga oʻzgartirganini maʼlum qildi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.