1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda hafta oxirida: 12–15-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
10.09.2025 (yangilandi 10.09.2025)

O‘zbekistonda hafta oxirida: 12–15-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta oxirida: 12–15-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 12–15-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 sentyabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 13-15 sentyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 sentyabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-15 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 13-15 sentyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi, 13-15 sentyabrda kechasi 9-14° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 sentyabrda 15-20°, 15 sentyabrda 12-17°, kunduzi 12-13 sentyabrda 30-35° bo‘ladi, 14-15 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentyabrda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi, 13-15 sentyabrda kechasi 12-17° gacha, kunduzi 25-30° gacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 sentyabrda 15-20°, 15 sentyabrda 12-17°, kunduzi 12-13 sentyabrda 30-35° bo‘ladi, 14-15 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi. Harorat 12-13 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi, 14-15 sentyabrda kechasi 7-12° gacha, kunduzi 12-17° gacha pasayadi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.