“Gremmi 2025”: Yilning eng nufuzli musiqa mukofoti sovrindorlari – kimlar bo‘ldi?
Yilning eng shov-shuvli musiqa mukofoti taqdim etildi. “Gremmi 2025”ning asosiy toifalari bo‘yicha natijalarni jamladik. Sevimli ijrochilaringizning qo‘shiqlarini pleylistingizga qo‘shishni unutmang!
67-“Gremmi-2025” mukofotlari taqdimot marosimi mavsumning eng muhokama qilingan voqeasiga aylandi. Bu nafaqat an’anaviy musiqa yilining yakunlari, balki Kaliforniyadagi yong‘in oqibatlarini bartaraf etish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida tashkil etilgan tadbir bo‘ldi. Ushbu yong‘in tufayli oddiy odamlar bilan bir qatorda yulduzlar ham o‘z uylarini yo‘qotdilar.
Los-Anjelesda “Gremmi” oldidan o‘tkazilgan ko‘plab kechalar motam tufayli bekor qilindi: dahshatli yong‘inlar natijasida 29 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va mingdan ortiq binolar vayron bo‘ldi.
“Gremmi” direksiyasi: “Musiqa bizni birlashtirishi va nafaqat shunchaki bayram, balki qalbimizga shifo ham berishi mumkin’, — deya ta’kidladi.
“Gremmi 2025”: g‘oliblar (asosiy toifalar)
- “Yil albomi” — Cowboy Carter, Beyonse
- “Eng yaxshi yangi pop ijro” — Sabrina Karpernter, Espresso
- “Eng yaxshi raqs pop yozuvi” — Charli XCX, Von Dutch
- “Eng yaxshi raqs/elektron albom” — Charli XCX, Brat
- “Eng yaxshi remiks” — Sabrina Karpernter, Espresso (Mark Ronson versiyasi)
- “Eng yaxshi kantri duet ijrosi” — Beyonse va Mayli Sayrus, II Most Wanted
- “Yilning eng yaxshi qo‘shiq muallifi” — Emi Ellen (Short n’ Sweet albomidagi qo‘shiqlar hammuallifi)
- “Eng yaxshi R&B qo‘shiq” — SZA, Saturn
- “Eng yaxshi progressiv R&B albomi” — Avery*Sunshine, So Glad to Know You va NxWorries, Why Lawd?
- “Eng yaxshi rep ijro” — Kendrik Lamar, Not Like Us
- “Eng yaxshi melodik rep ijro” — 3:AM Rhapsody va Erika Badu
- “Eng yaxshi rep qo‘shiq” — Kendrik Lamar, Not Like Us
- “Eng yaxshi musiqa klipi” — Kendrik Lamar, Not Like Us
- “Eng yaxshi musiqali filmi” — American Symphony
- “Eng yaxshi plastinka muqovasi” — Charli XCX, Brat
- “Eng yaxshi yangi ijrochi” — Chappell Roan
“Gremmi 2025”: yakunlari
Kechaning asosiy natijalaridan biri shuki, endi Beyonse nafaqat pop-sahnaning qirolichasi, balki “Eng yaxshi kantri albomi” va “Yil albomi” toifalarida g‘olib chiqqan birinchi qora tanli ijrochi bo‘ldi.
2025-yilning eng mashhur san’atkorlaridan biri va o‘tgan yilning fenomeni — Sabrina Karpernter o‘zining ilk “Gremmi” haykalchalarini qo‘lga kiritdi. Eng ko‘p nominatsiyaga ega bo‘lgan Kendrik Lamar esa 5 ta toifada g‘olib chiqdi!
Biroq, bir nechta nominatsiyalarga qaramay, qo‘shiqchi Teylor Svift hech qanday mukofotga ega bo‘lmadi. Muxlislar uning Greysi Abrams bilan “Eng yaxshi pop duet ijrosi” toifasida g‘alaba qozonishiga umid qilishgan edi, ammo natija boshqacha bo‘ldi.