Bella Hadiddan qirolicha Letisiyagacha: Mashhurlardan kimlar “Zara” kiyadi?
Mashhur va zamonaviy uslub namoyondalari faqat qimmatbaho brendlarni kiygan davrlar o‘tmishda qolganga o‘xshaydi. Hozirgi kunda moda sahnasida hashamatli brend kiyimlarni mass-market kiyimlari bilan uyg‘unlashtirish oddiy holga aylanmoqda. Bu shunchalik trendga chiqdiki, uni supermodellar, blogerlar, aktrisalar va hatto qirollik oila a’zolari ham faol qo‘llamoqda. Yulduzlar mass-market ichidan “Zara” kiyishni yaxshi ko‘radi. Ular brend kiyimlarini qanday uyg‘unlashtirishini va Toshkentda shunga o‘xshash kiyimlar ham borligini ko‘rib chiqamiz.
“Zara”dan kiyadigan yulduzlar:
Keyt Middleton
Uels malikasi va Buyuk Britaniyaning uslub ramzi sanaladigan Keyt ham nafaqat Vindsor qal’asi ichida, balki undan tashqarida – rasmiy tadbirlar paytida ham “Zara” kiyadi. Middleton ikki yoqali “Zara” bleyzerini ikki marta – Marselda boʻlib oʻtgan Regbi jahon chempionatida, shuningdek, Londonda boʻlib oʻtgan mukofot marosimida kiygan. Aytgancha, malika uni 99 dollarga sotib olgan.
O‘zbekistondagi Zara bleyzeri:
Qirolicha Letisiya
“Zara”ning asosiy embassadori – Ispaniya qirolichasi Letisiya hisoblanadi. Va bu ajablanarli emas, axir u shu tarzda “bir o‘q bilan ikki quyonni otadi”: ham moda tendensiyalaridan xabardor bo‘ladi, shuningdek, mahalliy brendni targ‘ib qiladi. Qirolicha Letisiyaning bu yengil pushti ko‘ylagi haqiqiy xitga aylandi va qidiruv tizimlaridagi barcha rekordlarni ortda qoldirdi.
O‘zbekistondagi Zara ko‘ylagi:
Rouzi Xantingron-Yaytli
Supermodel va Jeyson Steytemning rafiqasi bir necha marta tan olgan: uning garderobidagi sevimli kiyimi - Zara brendi topidir, uni Rozi 20 dollarga xarid qilgan. Bu top unga shunchalik yoqqanidan mashhur supermodel uni barcha ranglarda – qora, qaymoq va oq rangda sotib olgan. Topning ushbu modeli bir oy ichida sotilgani bejiz emas.
Emili Ratakovski
Yana bir mashhur model va aktrisa Emili Ratakovski ham “Zara” kiyimlarini kundalik hayotda, qizil gilamlarda va hatto o‘z to‘yida kiyishdan uyalmaydi (u kelinlik libosi o‘rniga “Zara” kostyumini kiygan). Ammo muxlislariga uning bu kechki obrazi — Emilining mukammal figurasini ko‘rsatuvchi qizil ko‘ylagi eng ko‘p yoqqan.
O‘zbekistondagi Zara ko‘ylagi:
Bella Hadid
Dunyodagi eng go‘zal ayollardan biri – Hadid “Vogue” muqovalarida faqat eng qimmat brenlarni reklama qilib chiqadigan supermodel bo‘lishiga qaramay – oddiy qiz. Chunki Bella uyiga qaytgach, sevimli oddiy futbolkasi, shuningdek, mass-marketdan olgan kiyim-kechaklarini kiyib oladi. Masalan, uning mazkur “metall” sandali ham "Zara”dan olingan. Biz shunga o‘xshash, ammo Toshkentda yozda sayr qilishda qulay past poshnaligini topdik.
Siyenna Miller
Britaniyalik aktrisa va ikki farzandning onasi qulay kiyimlarni yaxshi ko‘radi. Miller shorti, keng bluzkalar, uzun yubka va “Zara”dan mana bu ko‘ylakni kiyishni afzal ko‘radi. Yaxshi tanlov, axir bunday model harakatlarni cheklamaydi, issiq emas, shuningdek, zamonaviy ko‘rinadi. Agar bolangiz bilan sayrda qanday kiyim kiyishni bilmasangiz, quyidagi variantni ko‘rib chiqing.
O‘zbekistondagi Zara ko‘ylagi:
Valiahd-malika Viktoriya
Zara kiygan qirollik oilasining yana bir aʼzosi (bu safar shved) – valiahd-malika Viktoriya. Biznes uslubidagi kiyimlar va yorqin ranglarni yaxshi ko‘radigan Viktoriya yashil nimcha va kalta shimdan iborat “Zara” kostyumini tanlagan. Darvoqe, kaprilar 2024-yilning yozgi trendi hisoblanadi.
O‘zbekistondagi Zara kostyumi:
Heyli Biber
Jastin Biberning rafiqasi, AQSHdagi eng zamonaviy qiz va “Rhode” kosmetik brendining asoschisi Hayli Biber jinsi-shimlarni yaxshi ko‘radi va ularni deyarli har kuni kiyadi. Blond sochli Heylining eng sevimli jinsi-shimlaridan biri esa yirtilgan “Zara” jinsisidir. Aytgancha, 2024-yil bahor-yoz mavsumida brend yanada qiziqarli model – yuqori kiyiladigan va to‘q ko‘k rangligini chiqardi.
O‘zbekistondagi Zara jinsi shimi:
Megan Markl
Shahzoda Garrining xotinini qimmat liboslar va ko‘p ortiqcha sarflagani uchun tanqid qilishgandan so‘ng, Markl ancha o‘ziga kelib qoldi. O‘tgan yilgi “Invictus Games” musobaqalarida u “Zara” yozgi kombenizonini kiyib, yutqazmadi – sobiq aktrisa va gersoginyaga mass-market kiyimlari yaxshi ma’noda juda mos keldi. Kombenizon ancha vaqt oldin “sold out” bo‘lgan va brend shunga o‘xshash kombenizonni jinsili variantini chiqardi.
O‘zbekistondagi Zara kombenizoni:
Oliviya Palermo
Mashhur stilist va bloger Oliviya Palermo har bir qiz o‘xshagisi keladigan uslub ramzidir. Bunga sabab esa uning obrazlari har doim mavsum tendentsiyalarini o‘z ichiga oladi va ko‘p kiyimlarini mass-market do‘konlarida sotib olish mumkin. Masalan, pijama uslubidagi mana bu obrazini “Zara”da, yozga mos ranglarda topish mumkin.