РУ
O’Z
UZS
/
/
Bloger bolalarini xona tozalashga o‘rgatish maqsadida soxta yangiliklar dasturini yaratdi. Boshqa onalar ham buni qo‘lladi (siz ham sinab ko‘ring)
01.07.2024

Bloger bolalarini xona tozalashga o‘rgatish maqsadida soxta yangiliklar dasturini yaratdi. Boshqa onalar ham buni qo‘lladi (siz ham sinab ko‘ring)

Bloger bolalarini xona tozalashga o‘rgatish maqsadida soxta yangiliklar dasturini yaratdi. Boshqa onalar ham buni qo‘lladi (siz ham sinab ko‘ring)

Sun’iy intellekt dunyoni zabt etishni va o‘zining ko‘p qirraliligi bilan barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda. Neyron tarmoq, boshqa narsalar qatori bolani tarbiyalashda ham yordam berishi mumkin va buni bloger onalardan biri @annatwinsies isbotladi. 

Instagram’da 330 ming, Tiktok’da esa 130 mingga yaqin obunachiga ega bo‘lgan bloger Anna Braun barcha ota-onalar uchun antiqa layfhak ko‘rsatdi. Unga amal qilsangiz, bolangiz zavq bilan o‘yinchoqlarini yig‘ishtirib, xonasini tartibga solishni boshlaydi. Ammo buning uchun bloger texnologiya olamining kuchli tomonlariga e’tibor qaratdi. 

Anna sun’iy intellekt yordamida haqiqiy bo‘lmagan yangiliklar dasturini (deepfake) yaratdi, unda “tartibsiz xonalardan”, aniqrog‘i bolalarining xonasidan reportaj olib borildi. Soxta dastur boshlovchisi xonalar tezda tozalanmasa, maxsus xizmatchilar  to‘rt nafar “jinoyatchilar”ning o‘yinchoqlarini yo‘q qilish operatsiyasini boshlashini aytdi. 

Bu yangilik bolalarni shunchalik hayratda qoldirdiki, ular darhol chiqindilarni tozalashga, xona bo‘ylab yoyilgan o‘yinchoqlarni yig‘ishga, shuningdek, bolalar xonasidagi mebellar changini tozalashga shoshildi.

Bolalarga o‘yinchoqlarini yig‘ishtirishni o‘rgatadigan layfhak ijtimoiy tarmoqlarga shunchalik keng tarqaldiki, uni boshqa onalar, shuningdek, G‘arb ommaviy axborot vositalari ham amalda qo‘llashni boshladi. 

Agar sizga ham bu hiyla yoqqan bo‘lsa, “ChatGPT” funksiyalarini o‘rganishni boshlashni taklif qilamiz. Ishonchimiz komilki, u kundalik hayotingizda as qotadi.